Жисмоний тарбиянинг ўзига хос воситаси



Download 123 Kb.
bet2/2
Sana31.07.2021
Hajmi123 Kb.
#134055
1   2
Bog'liq
Kurs ishi rejasi

Atmosferaning tarkibi Gazlar


Miqdori (%)

Azot (N2)


78,08

Kislorod (O2)

20,95

Argon (Ar)

0,93

Karbonat angidrid (CO2)

0,03

Neon (Ne)

0,0018

Geliy (Ge)

0,0005

Kripton (Kr)

0,0001

Vodorod (H2)

0,00005

Ksenon (X)

0,000009


Havo odam tanasi uchun eng zarur muhit bo’lib, u siz odam uzoq

vaqt yashay olmaydi. Havo nafas olishimiz uchun kerakli muhit bo’lib,

issiqlik almashinishida ham katta ahamiyatga ega. Atmosfera kuchini va

har xil nurlarning odam tanasiga o’tkazib beruvchi muhit bo’lib xizmat

etadi. Odam havo muhitining har xil shart-sharoitlarida ham o’z ish qobiliyatini

saqlab qolishga intiladi. Ba’zi-bir vaqtlarda havoning ta’sirini kamaytirish uchun harakat qilinsa, boshqa vaqtlarda havo muhitini odam

tanasini chiniqtirish maqsadlarida ishlatiladi. Yer yuzasida toza atmosfera

havosida 20,9% kislorod bor. Yer yuzasida toza atmosfera havosida

0,03-0,04% karbonat angidrid bor. Nafas chiqarilganda havo tarkibidagi

karbonat angidrid atmosfera havosidagiga qaraganda 100 marta ortadi.

Havo muhiti o’zi bevosita ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda ba’zan

kiyim-kechaklarga ta’sir etib, qurilish materiallariga ta’sir etib, tuproqda

ta’sir etib so’ngra ular orqali odam organizmiga ta’sir ko’rsatishi ham

mumkin.
Harorat(quyosh nuri)
Haroratning eng asosiy gigiyena ahamiyati shundan iboratki --

i^siqlik almashinishiga katta ta’sir ko’rsatadi, yuqori harorat issiqlik sarflanishini

kamaytiradi, past harorat issiqlik sarflanishini ko’paytiradi.

Markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati natijasida odam haroratning

o’zgarishiga mosiasha oladi. Kun davomida haroratning o ’zgarishi sog’-

lig’i yomon odamlarda, yosh bolalarda issiqlik balansini o’zgarishlariga

sabab bo’ladi. Odam tanasida issiqlik ishlab chiqarish osha boradi agarda

harorat 15°C ga yetsa, 'ounda odam tanasida ovqatiy moddalarning parchalanishi

ortadi, natijada ko’proq energiya hosil bo’ladi. Buning aksicha

agarda harorat 25°C boMganda issiqlik ishlab chiqarish kamayadi. Past

haroratda modda almashinishining oshishi ihtiyorsiz ravishda mushak

tolalarining harakati hisobiga ham ortadi (qaltirash).

Sport zallarida karbonat angidrid ruxsat etilgan miqdori 0,1%.

Sport o’yinlari zalida havoni haroratini optimal miqdori 15-17°C; yopiq

suv havzasi vannasida havoning harorati 28°C. Ochiq havoda musobaqa

o’tkazish +30°C dan ortiq va - 25°C dan past boMganda tavsiya etilmaydi. Jismoniy mashq bilan shug’ullangan vaqtda odamda issiqlik tezlikda

oshishi mumkin. jismoniy mashq davomida havo harorati odam haroratidan

5-10°C past boMishi kerak. Havoning yuqori harorati jismoniy

masliq bilan shug’ullanayotgan organizm diqqat-e’tiboriga, harakat koordinatsiyasiga,

reaksiya tezligiga, bir ishdan ikkinchi ishga tishiga ta ’sjr

etadi, oqibatda travmatizmga sababchi bo’lishi mumkin. Issiq iqlim sharoitida

yuqumli kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati ham kamayadi. Odam organizmi yuqori haroratga terlash, yog’ chiqarib terlash

bilan moslashadikim yog’ terni butun yuza bo’ylab bir me’yorda tarqalishiga

yordam beradi va uning parlanishi natijasida issiqlik yo’qoladi.

Past haroratning odam tanasiga ta’siri natijasida issiqlik yo’qotish

kuchayadi va organizmni sovuq qotish xavfi yuzaga chiqadi. Odam tanasiga

past haroratni umumiy hamda mahalliy ta’siri natijasida har xil oqibatlarga

sababchi bo’lishi mumkin. Masalan: oyoqda past harorat ta ’sirida

burun, tomoq, shilliq qavatlarining haroratining pasayishi, burundan

suv kelishi, yo’tal, angina kabi kasalliklarga olib keladi. Bunda odamni

yuqumli kasalliklarga blgan qarshilik xususiyati kamayadi. To’satdan

sovuq harorat ta’siri natijasida periferik nerv tizimida, mushaklarda, bo’-

g’im boylamlarida harorat pasayadi, oqibatda revmatizim, radikulit, nevrit,

shamollashlar sodir bladi. Bular asosida issiqlik almashish jarayoni

balansini buzilishi yotadi; Organizmga har vaqt sovuq ta’siri natijasida

to’qima va qonni immunobiologik xususiyati kamayadi. Tabiiy immunitet

sovuq harorat ta’sirida kuchsizlanadi (10°C dan past haroratda).Quyosh nurida melatanin hosil boladi.
Tuproq:
Tuproq odam hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, odam hayot

faoliyatida tuproq bilan uzviy bogMangandir. Tuproqning yuqori qatlamlarida

90-99% mineral birikmalar boMib 1-10% organik moddalardan

iboratdir. Tuproq har vaqt har xil mikroorganizmlar bilan ifloslanib turadi va

vaqtning o’tishi, kimyoviy. jarayonlar natijasida o’z-o’zidan tozalanish

jarayoni ham davom etadi. Bu jarayonlar ikki xil usulda aerob va

anaerob usulda ketadi. Tuproq har xil organik moddalar bilan ifloslanganligi

uchun mikroblarning taraqqiyoti, gijja tuxumlari taraqqiyoti hamda

hashorotlar lichinkasini taraqqiy etishi uchun yaxshi mupit hisoblanadi. Tuproqda har xil mikroblaming tarqalishi juda ko’p faktorlarga

bog’liq. Ular ayrim vaqtlarda tuproqdan suvga o ’tib, so’ngra odamga

o’tishi mumkin. Tuproq orqali stolbnyak, gangrena, yomon shish kasalini

chaqiradigan mikroblar boMib, ular bilan bevosita odam zararlanadi,

chunki bu mikroblar faqat tuproqda boMib, anaerob sporalilarga kiradi.

Ozgina teri shilinsa, qirilsa, qon chiqsa sportchilar bilishi kerakki

stolbnyakka qarshi ukol qildirilishi lozim. Tuproqda ba’zi-bir gijjalarning

tuxumlari axlat bilan chiqib, askarida, ankilostoma tuproqda taraqqiy

etadi va odamni zararlaydi. Bakteriyalar bilan tuproqda ifloslanishi

katta amaliy ahamiyatga ega boMib, ochiq sport inshootlari quriladigan

boMsa, ayrim vaqtlarda ustki qavatdagi tuproq almashtiriladi. Tuproqni landshafti - tuproq tarkibi, relefi, o’rab turgan tabiat ko’-

rish analizatorlari orqali odam organizmiga ta’sir etib odamni salbiy yoki

ijobiy emotsiyasiga sabab boMadi. Shuning uchun mashq o’quv-mashg’ulot

yig’ini boMadigan joylam i qurayotgan vaqtda ushbu faktorlami albatta

inobatga olish lozim. Dam olish lagerlari qurilishida ham inobatga

olish kerak. Kundalik va sport shikastlanishlarida gazli gangrena, kokshol

kasalliklari chaqiruvchilari odam tanasiga tushishi mumkin.
1,3 shaxsiy gigeniya
ozodalik kishi mehnati va vaqtini tejaydi. Pokiza

tutilgan barcha buyumlar: kiyim-kechak, poyabzal, shuningdek,

turar joylar uzoq vaqt xizmat qiladi. Ozodalik bilan turli ortiqcha

harajatlar tejaladi. Ozodalikka rioya qiladigan va chiniqqan odam sog‘lom bo‘ladi.

Ozodalik—terini toza tutishning birinchi qoidasidir. Nihoyat, har

bir odam, dastavval o‘z badanini ozoda tutishga e’tibor berishi

zarur. Bularni barchasi kishi shaxsiy gigiyenasi deyiladiOdam badanini qoplab turgan teri organizmni tashqi zararli

ta’sirlardan: sovuq qotish, qizib ketish, namlik, mexanik va

kimyoviy shikastlanishlardan himoya qiladi, modda almashinuvida

faol ishtirok etadi. U mikroblardan saqlaydi. Teri sirti undan

ajraladigan lizotsim birikmasi muhofaza vazifasini o‘taydi.

Teriga tushadigan ko‘pgina bakteriyalar lizotsim ta’sirida nobud

bo‘ladi, shuningdek, teri organizmning asosiy issiqlik muvozanatini

saqlaydi. to‘ldirib turadi.

Odam terlaganda teri orqali ter bilan birga organizm uchun

keraksiz va zararli moddalar bilan birga organizm uchun muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan osh tuzi va C vitamini ham ajralib chiqadi.

Terlash faqat organizm holatigagina emas, balki uni o‘rab turgan

tashqi muhitga ham bevosita bog‘liq.

Terining yog‘ bezlari orqali ajratiladigan yog‘ terini yumshatib,

uni qurib qolishidan va shikastlanishdan saqlaydi.

Quyosh yog‘dusi ta’sirida teri sathida D vitamini sintezlanadi.

Bu o‘z vaqtida K va Ca tuzlari almashinuvini yaxshilab, suyaklarning

to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Odam doimo pokiza bo‘lib, chiniqib yursa terisi sog‘lom

bo‘ladi. Tozalik—teri gigiyenasining eng muhim shartidir. Terini

ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda haftada bir-ikki

marta cho‘milish kerak. Yuz gigiyenasi. Sog‘lom teri bug‘doy rang yoki pushti rangli

bo‘lib tabiiy tusda bo‘ladi. U nozik, ajinsiz va mayin bo‘ladi.

Har bir odam o‘z yuz terisini ozoda, sog‘lom, nozik, tiniq va

ajinsiz bo‘lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni

berkitib turuvchi va sun’iy husn beruvchi turli xil pardoz

vositalaridan foydalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam

ravishda gigiyenik parvarish qilish, shuningdek, ichki a’zolar

va tashqi muhitning ta’sirlaridan asrash orqali erishish mumkin.

To‘g‘ri ovqatlanish, me’da-ichaklarning holatini kuzatib borish

masalalari, spirtli ichimliklar va har xil dorilarni bilarbilmas

iste’mol qilmaslik, sabzavot, mevalar va ko‘katlarni

ko‘proq yeb turish kerak. Vaqtida ishlab, vaqtida dam olish bularning

jami yuz terisini sog‘lomlashtirish va go‘zalligini saqlashning

asosiy shartidir.

Qo‘l gigiyenasida tirnoqlar ozodaligiga alohida e’tibor berish

lozim. Tirnoqning asosiy vazifasi barmoq uchini mexanik zararlanishdan

saqlash. Tirnoqni tez-tez olib turish kerak. Tirnoq o‘sib

ketsa, iflos bo‘lib, turli mikroblar saqlashidan tashqari, salga sinib,

barmoq terisini shikastlantiradi. Soch gigiyenasi. Sochni erinmasdan har kuni tarash, haftada

bir marta sovunlab yuvish kerak. Soch yuvilganda chang bilan

birga mikroorganizmlar ham yuvilib ketadi. Bosh terisi juda quruqshab ketmasligi uchun haftada 1—2 marta yuvsa ham bo‘ladi.

Soch moylarini ko‘p qo‘llanilishi yaramaydi, chunki bunda

sochlar-ning tabiiyligi yo‘qoladi. Tishlarni parvarish qilish uchun har kuni ertalab va kechqurun—

uxlash oldidan tish poroshogi yoki tish pastasi bilan tish

cho‘tkasi yordamida tishlarni tozalash lozim.

Tishlarni har kuni muntazam ravishda parvarish qilish ovqat

hazmini yaxshilaydi, yoqimsiz hidni yo‘qotadi, tishlarni sog‘lom

va chiroyliligini ta’minlaydi. Tish kasalliklarini oldini olish maqsadida

har yili 2—3 marta stomatologga borib, profilaktik tekshiruvdan

o‘tib turish zarur. Oyoq terisini ham parvarish qilib turish shart. Tovon terisi

ancha qalin bo‘lib, unda ter bezlari bo‘ladi. Oyoq yaxshi parvarish

qilinmasa, terlaydi, natijada yoqimsiz hid chiqadi va teri

bichiladi.

Barmoqlar orasi shilinmasligi va ozodalik uchun oyoqni yotishdan

oldin sovunlab yoki iliq suvda yuvishga odatlanish kerak.

Har kuni sovunlab yuvilsa, teri zaiflashib qoladi va tashqi

muhit ta’siriga chidamsiz bo‘lib qoladi. Kiyimning gigiyenik xususiyatlari

Havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, organizm haroratini

muvozanatda saqlay olish xususiyati kiyimga qo‘yiladigan

asosiy gigiyenik shart hisoblanadi. Kiyim, asosan, tabiiy (paxta,

zig‘ir), hayvon (jun, ipak), sun’iy (kapron, neylon, lavsan, shtapel

va b.) tolalardan to‘qilgan matolardan tikiladi.

Matoning havo o‘tkazuvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, uning

issiqni saqlash xususiyati shuncha past bo‘ladi. Bu xususiyat,

asosan, matoning xossasiga, qalinligiga, tolasining yo‘g‘on-ingichkaligiga,

to‘qilishi va g‘ovakligiga bog‘liq.

Namni yaxshi o‘tkazadigan matodan tikilgan kiyim terning

bug‘lanishiga yordam beradi. Yupqa va silliq matolar namni tez

bug‘lantiradi, jundan to‘qilgan kiyimlar esa, paxta tolasidan

to‘qilgan kiyimlarga nisbatan namni sekin bug‘lantiradi va organizm

haroratini bir me’yorda saqlaydi. Namgarchilikda bir necha

qavat kiyim kiygan ma’qul, chunki kiymlar orasidagi havo hisobiga

u yerda o‘ziga xos „mikroiqlim“ hosil bo‘ladi. Poyabzalga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

Baland poshna, tor poyafzal kishini tez charchatadi, oyoqda

qadoq paydo qiladi, tovonning uzoq muddat qisilib turishi tufayli

oldin panja, keyin oyoqning hamma yeri jabrlanadi. Oqibatda

yassi oyoqlik paydo bo‘ladi, doimo qisilib turishi natijasida

esa barmoqlar qiyshayib, shilinishi hamda bo‘g‘inlar yallig‘lanishi

mumkin.

Poyabzal yengil, qulay, chidamli, yil fasli, ob-havo va mehnat

sharoitiga mos bo‘lishi kerak.

Paypoqsiz rezina kalish kiyish mumkin emas. Rezina poyabzal

oyoqni terlatadi. Yog‘in-sochinda va sovuq kunlarda oyoq sovqotadi,

natijada oyoq og‘rig‘i va boshqa kasalliklarga chalinish mumkin.

Yoz faslida, mumkin qadar, usti ochiq, tagi charm tufli kiygan

yaxshi. Bunday poyabzal o‘zidan havoni va namni yaxshi o‘tkazadi.

Ichki kiyimlar

Ich kiyimlarni haftada bir marta almashtirib turish kerak. Tekshiruvlardan

ma’lum bo‘lishicha, ich kiyimda 6 kundan keyin

4—5 %, 10 kunda esa 11 % gacha kir yig‘ilar ekan. Ip gazlamadan

to‘qilgan ich kiyim qaynatib yuvilganda bir yo‘la ham kirdan, ham mikroblardan tozalanadi.

Ovqatlanish gigenyasi:

Ovqat ratsionini kun mobaynida taqsimlashning ahamiyati

katta, chunki bir yoki ikki galda tanovul qilingan mo‘l miqdordagi

ovqat bir necha marta yeyish uchun taqsimlangan

xuddi shu miqdordagi ovqatga qaraganda birmuncha yomon hazm

bo‘ladi. Bu hazm apparati kasallangan shaxslar uchun ayniqsa

muhimdir. Bu hol me’dasining hajmi kichkina va me’da shirasining

hazm qilish qobiliyati kuchsiz bolalar uchun ham taalluqlidir.

Sutkalik ratsion yoshga, odat bo‘lib qolgan kundalik rejimga,

mehnat faoliyatining xususiyatlari va boshqalarga asoslanib

taqsimlanadi. Yasli yoshidagi bolalar ovqatni har 3–3,5 soatda,

maktabgacha yoshdagi bolalar har 3,5–4 soatda qabul qilishlari

kerak. O‘smirlar odatdagi sharoitlarda 4 marta ovqatlanishlari

zarur. Katta yoshdagi odamlar uchun odatdagi hayot

sharoitlarida 3–4 marta ovqatlanish rejalashtiriladi. 4 mahalovqatlanishda nonushtaga sutkalik ratsionning 25%, tushlikka

— 35%, tushlikdan keyingi ovqatga–15% va kechki ovqatga —

25% tavsiya qilinadi.

Ovqat yaxshi singishi (hazm bo‘lishi) uchun ayrim taomlar

va mahsulotlarni navbati bilan berish, ovqat tanovul qilinadigan

sharoit ham muhim ahamiyatga ega.
1,4 umumiy gigeniya
Atmosfera havosining ifloslanishi aholi salomatligining

yomonlashuvi, atmosfera musaffoligining buzilishi va ko‘rish

uzoqligining kamayishi, o‘simliklarning shikastlanishi singari bir qator zararli ta’sirlarni yuzaga keltirishi mumkin. turar

joylar havosi xalq xo‘jaligini industrlashtirish va avtomobil

transportining rivojlanishi natijasida turli aralashmalar zararli moddalar hosil buladi. Atmosfera ifloslanishlarini kamaytirishda yashil o‘simliklar

va atmosfera yog‘inlari katta rol o‘ynaydi. Yashil o‘simliklar

chang-g‘uborlarni to‘sib qoladi. Atmosfera yog‘inlari havodagi

ifloslantiruvchilarni yuvib ketadi, yomg‘irdan keyin havoning

toza bo‘lishi shu bilan izohlanadi. Xonalar havosi katta gigiyenik va epidemiologik ahamiyatga

ega. Havo almashinuvining yetishmasligi, joylarda aholining

zich yashashi, quyosh nurlarining bakteritsid ta’sirining bo‘lmasligi

odam nafas yo‘llaridan tushadigan mikroblarning

to‘planishiga sharoit yaratadi Yaxshi obodonlashtirilmagan yoki tozalash ishlari ko‘ngildagidek

tashkil etilmagan aholi yashaydigan joylarda tuproq

organik moddalar chirishi natijasida atmosfera havosini iflos

qiladigan sassiq hidli gazlar hosil bo‘ladi. Kimyoviy birikmalarning aholiga surunkali ta’sir qilib turishi

ba’zi kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi

mumkin. Axlatxonalardagi uy-ro‘zg‘or chiqindilari kemiruvchilar va

hasharotlarning ko‘payishiga, yoqimsiz hid chiqishiga sabab

bo‘ladi. Gigiyenik nuqtayi nazardan organik moddalar saqlagan

chiqindilarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ular aholi yashash joyidan

o‘z vaqtida tashib ketilmasa, havoni ammiak, vodorod sulfit,

merkaptan va boshqa moddalarning parchalanish mahsulotlari

bilan ifloslantirishi mumkin. Bundan tashqari, axlatxonalar ichak

infeksiyasini qo‘zgatuvchilar, gelmint tuxumlarining yashashi

uchun qulay muhit hisoblanadi. Shahar va qishloqlarda chiqindilarning



yillik umumiy hajmi g‘oyat kattadir.
Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish