Bir qatordan uch yonma - yon qatorga saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: “Uch qatorga- saflan!”. Bu buyruqqa ko‘ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar, birinchi raqamdagilar o‘ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo‘yadilar va o‘ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o‘tadilar. Uchinchi rakamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‘ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o‘tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: “Bir qatorga saflan!”. Qayta saflanish, saflanishga teskari tartibda bajariladi.
Qatordan qirra bo‘lib qayta saflanish. Guruhda dastlabki (“6-3 joyda, 6-4-2-joyda” va hokazo, o‘tkazilgandan so‘ng quyidagi buyruq beriladi: “Sanoqlar buyicha - Yuring!” bolalar sanoq buyicha zarur bo‘lgan odimni tashlab, so‘ng oyoqlarini juftlaydilar. Jismoniy tarbiya instruktori birinchi qator to‘xtaguncha sanab turadi.
Qayta saflash uchun quyidagi buyruq beriladi: “O‘z joyinga qadam bos!”, safdan chiqqanlarning hammasi orqaga burilib, o‘z joylariga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.
Jismoniy tarbiya instruktori safga oxirgi qator turib, orqaga burilgunga qadar (“bir”, “ikki” deb) sanab turadi.
Ikkinchi buyruq: “Guruh- to‘xta!” Yana kayta saflanish uchun quyidagi buyruqlar beriladi:
“Ort-GA!”
“Bo‘linmalar bir qatorga o‘ng (chap) yelkani ilgarilab qadam- bos!”
“Guruh tuxta!”
So‘nggi buyruq bolalarlar qatordagi o‘z joylariga yetgan.
Bir ketma-ket qatordan “kirra bO‘lib” uch ketma-ket qatorga saflanish. Uchtadan sanab chikilgandan keyin quyidagi buyruq berildi. “Birinchilar ikki , uch, to‘rt va hokazo qadam o‘ng-ga, uchinchilar ikki, uch to‘rt va hokazo, qadam chapga “Qadam-bos!”.
Yana avvalgi holatga kayta saflanish uchun quyidagi buyruq berildi: “O‘z joylaringizga Qadam-bos!” kayta saflanish juftlama qadam bilan bajariladi.
Yurib ketayotganda bir ketma-ket qatordan ikki, uch va hokazo ketma- ket qatorga burilish. Guruh chapga aylanib yurib ketayotganida quyidagicha buyruq beriladi: “Ikki, uch, to‘rt va hokazo, qator bo‘lib, chap tomonga maydonchaning yukori yoxud pastki tarafida bo‘lgan chog‘ida beriladi. Birinchi ikki, uch, to‘rt va hokazo, kishi burilgandan keyin, navbatdagilar o‘z safining oxiridagi kishining buyrug‘i bilan, birinchilar burilgan joydan buriladilar.
Keyinchalik orani yana kayta ochib o‘rtimaslik uchun shu yerning o‘zida oralik va masofa to‘g‘risida ko‘rsatma berish mumkin.
Yana avvalgicha saflanish uchun quyidagi buyruqlar berildai:
“O‘ng-ga!”
“Bir ketma-ket qator bo‘lib o‘ng (chap) tomonga aylanib qadam bos!”. O‘rgatayotgan paytda bir necha bolani olib taaluqli buyruqlar beriladigan joylarda to‘xtatib, qayta saflanishni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Bir ketma - ket safni ikki, to‘rt, sakkiz ketma - ket safga bo‘lish va biriktirish orqali kayta saflash. Kayta saflanish harakat davomida bajariladi. Buyruqlar:
“Markazdan – Qadam-bos!”, odatda, bu buyruq zalning, maydonchaning, o‘rtasidan beriladi.
“Bittadan ketma- ket qator bo‘lib, o‘ng va chap tomonlarga aylanib- Qadam-bos!”, Bu buyruq bo‘yicha birinchi rakamdagilar o‘ngga, ikkinchi rakamdagilar chapga aylanib yuradilar.
”Ikki kolonnada markazdan Qadam-bos!”, bu buyruq qatorlar zalning, maydonchaning, kayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi.
Avvalgi holiga kayta saflash ajratish va ko‘shilish deyiladi: ikki ketma - ket qatordan bir ketma - ket qatorga kayta saflash.
Buyruq: “Bittadan qator bo‘lib, o‘ng va chap tomonlarga aylanib- Qadam-Bos!”.
Bu buyruq bo‘yicha o‘ng tomondagi ketma- ket qator o‘ngga, chap tomondagi ketma- ket qator chapga yuradi. Qarama-qarshi tomonda qatorlar uchralganda quyidagi buyruq beriladi: “Bir kolonna bo‘lib markazdan qadam- bos!”.
Do'stlaringiz bilan baham: |