Жисмоний маданият соҳасида илғор хорижий тажрибалар


Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish



Download 0,49 Mb.
bet43/53
Sana09.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#763018
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
3.2.BOShLANGICh-GIMNASTIKA-MAZhMUA-2020

2.3. Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish
Bolalarga yordam ko‘rsatish. Har bir bola tomonidan mashqning bajarilishini ta'minlash maqsadida, jismoniy tarbiya instruktori kuzatish hamda aytib turish orqali yordam ko‘rsatadi. Agar bolaning harakat sifatlari talab darajasidan past bo‘lsa va agar bola topshirilgan mashqni birinchi marta bajarishga urinayotgan bo‘lsa, unga uslubiy yordam ko‘rsatiladi.
Texnikaning muhim tarkiblaridan biri – bu harakat maromidir. Ko‘pgina hollarda bolalar aynan maromni egallay olmaydilar. Jismoniy tarbiya instruktori mashq bajarish davomida kerakli paytda tovushi yoki bolalarga qo‘li bilan tegib, zarur harakat maromini aytb berishi lozim.
Kuzatish va xatolarni tuzatish. Mashqning bajarilmaganligi yoki biror bir xato oqibatida noto‘g‘ri bajarilganligini sezish qiyin emas. Buning uchun alohida bilimlar talab qilinmaydi. Buning ustiga, bunday kuzatish natijalarini bolaga aytib berish, bolaga xafagarchilikdan boshqa, hyech narsa bermaydi. Muhimi, mashqning noto‘g‘ri bajarish sababini ko‘ra bilish hamda uni bartaraf etish lozim.
Mashqlarning bajarilish xavsizligini ta'minlash choralari. Mashg‘ulotlarning bir me'yorda tartibiga rioya qilish hamda mashqlarni to‘g‘ri tanlash va mashg‘ulotlarning xavfsizligini ta'minlaydigan muhim shartlaridan hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish gimnastika mashqlari texnika elementlarini o‘rganish vazifasini muvaffaqiyatli hal etishga emas, balki tarbiyalanuvchilarning jarohatlanishi ro‘y berishiga ham yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi.
Tarbiyalanuvchi mashq bajarish jarayonida muvaffaqiyatsizlikka uchraganda jismoniy tarbiya instruktori unga o‘z vaqtida yordam berishga tayyor turishini muhofaza qilish, deb tushunish kerak. Muhofaza qilishdan yordam ko‘rsatishning farqi, yordam ko‘rsatganda qo‘llab yuborish, turtki berib qo‘yish, tarbiyalanuvchi bajarayotgan mashqlarning ketma-ketligini ta’minlash uni «surib borish» deb nazarda tutiladi.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish, ayniqsa, murakkab harakatlar bajarilayotganda katta ruhiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Turli gimnastika mashqlari texnikasini o‘zlashtirayotganda jismoniy tarbiya instruktori tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish tarbiyalanuvchilarda aniq harakat tasavvurining shakllanishiga ko‘maklashadi.
Quyidagilar amaliy yordam ko‘rsatishning asosiy turlariga kiradi:
a) mashqlar bajarishda harakatning yo‘nalishi bo‘ylab «surib borish»;
b) harakatning eng murakkab qismida biroz ko‘mak berish;
d) tarbiyalanuvchini statik holatda qo‘llab-quvvatlash.
«Surib borish» harakatni bir butun holda o‘rganib olishni osonlashtiradi. «Surib borish»dan foydalanilganda jismoniy tarbiya instruktori tarbiyalanuvchining faoliyatini buzmaydigan darajada jismoniy kuch sarflab yordam berishi lozim. Biroz yordamlashib (turtki berib) yuborish harakatning alohida qismlari bajarilayotganda qo‘llaniladi, xolos.
Tarbiyalanuvchi dastlabki, oraliq va pirovard holatlarda bo‘lganida, ayniqsa, gimnast o‘z kuchini yetarlicha to‘g‘ri sarflay olmaydigan vaqtlarda jismoniy tarbiya instruktori uni qo‘llab-quvvatlab turadi. Jismoniy tarbiya instruktori qo‘llab-quvvatlash paytida tarbiyalanuvchining gavdasi jihozga nisbatan to‘g‘ri holatda (masalan, osilish, tayanish) bo‘lishiga ko‘maklashadi yoki kerakli vaqtda tarbiyalanuvchiga qo‘llarni almashtirishga imkon yaratib beradi.
Amaliy yordamning turli xillaridan foydalanish natijasida tarbiyalanuvchida to‘g‘ri harakat tasavvurlari shakllanadi, bu tasavvurlar mashqlarni mustaqil bajarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Mashqlarni bajarish texnikasi takomillasha borgan sari tarbiyalanuvchilarga yordamlashishda sarflanadigan kuch darajasi kamaya borib, keyinchalik mutlaqo to‘xtatiladi. Muvozanat saqlash mashqlari, jihozlardan sakrash va boshqa mashqlarni bajarishda, odatda, tarbiyalanuvchilarning bilagi yoki yelkasidan tutib yordam beriladi. Ayrim paytlarda ko‘maklashishda ikki kishi qatnashadi.
Asabi mustahkam bo‘lmagan jismoniy tarbiya instruktorida yangi va murakkab mashqlarni bajarish jarayonida qo‘rquv paydo bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni tezda yengib keta olmaydi. Tarbiyalanuvchining bu salbiy hissiyotiga qarshi mashqlarning murakkablik darajasini asta-sekin oshirib borish yo‘li bilan kurashish kerak bo‘ladi. Bunga esa o‘rgatilayotgan mashqlar tuzilmasini o‘zgartirish yo‘li bilan, jihozlar balandligini asta-sekin ko‘tarish, amaliy yordam ko‘rsatish darajasini kamaytirish.
Mashq noto‘g‘ri bajarilsa, tarbiyalanuvchiga shu elementni darhol takrorlash tavsiya etiladi. Mashqlarning xavfli elementlarini bajarishga tarbiyalanuvchini undash uchun jismoniy tarbiya instruktorilar har xil yo‘l tutishadi. Ba’zi hollarda tarbiyalanuvchi qo‘rqadigan hech narsa yo‘qligi va muhofazaning pishiq ekanligiga ishontirishga harakat qilinadi, ba’zan esa buyruq beriladi. Ba’zan tarbiyalanuvchining asab tizimini tiklash maqsadida, o‘rgatishni biroz to‘xtatgan ma’qul.
Muhofaza qilish va jismoniy yordam ko‘rsatish bir-biri bilan bog‘liq. Mashqlar mustaqil bajarilib, amaliy yordam ko‘rsatish bilan muhofaza qilish minimal darajada bo‘lganida esa o‘z-o‘zini muhofaza qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.Tarbiyalanuvchi mashqlarni mustaqil bajarar ekan, u o‘zini o‘zi muhofaza qilish usullarini bilib olishi zarur.
Tarbiyalanuvchi muhofaza vositalari yordamida mashq qilayotganida muhofaza qiluvchi shaxs (jismoniy tarbiya instruktori yoki jismoniy tarbiya instruktori) mashq batamom tugagunga qadar, jismoniy tarbiya instruktorining harakatini diqqat bilan kuzatib turishi, ayniqsa, yerga qo‘nishini kuzatishi zarur, chunki biror muvaffaqiyatsizlik natijasida qulab tushib, shikastlanishi mumkin.
Muhofaza qilish usullari muhofaza qiluvchining va tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlariga (bo‘yi, vazni, jismoniy kuchi, harakat tezligi, kaftlarining o‘lchami va h.k.larga) bog‘liq. Muhofaza qiluvchi quyidagilarni bajarishi shart:
a) mashqni bajarish texnikasini yaxshi bilishi va sharoitga qarab, muhofaza qilish hamda yordam ko‘rsatishga qulay joyni tanlashi;
b) tarbiyalanuvchining mashq bajarishiga xalaqit bermay, muhofaza turlaridan mohirona foydalanishi;
d) tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini bilishi, jarohatlanishning oldini olish maqsadida tarbiyalanuvchilardan so‘rov yo‘li bilan o‘rganiladigan mashqlar texnikasi (jihozni qo‘yib chiqish, tanani yozish, siltama harakatlar va h.k.lar) haqida jismoniy tarbiya instruktorilar qanchalik yuqori bilimga ega ekanliklarini aniqlab olgan ma’qul.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish