. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy
tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi:
Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko`rinishlari va xususiyatlarini
ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o`t o`chiruvchilar trenirovkasi
va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib,
printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya
nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.
Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi deb
guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini
o`tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik
jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo`nalishga soladi. Pedagogik
jarayon
va amaliy
faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi,
yoki faoliyatga yo`riqchi (ko`rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish
uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy
tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi:
Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini
ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va
hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bogliq bo’lib,
printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya
nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy
tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi; b) shaxsni har tomonlama
rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi deb
guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini
o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik
jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik
jarayon
va amaliy
faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi,
yoki faoliyatga yo’riqchi (ko’rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish
uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi
Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi
shugullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo’lishida ularni sogligiga
javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari,
trener-lar, davlat, xalq oldida shugullanuvchilarning sogligiga javob beribgina
qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shugullanilsagina, u
ijobiy effekt beradi. Noto’gri foydala-nish esa shugullanuvchi sogligiga salbiy ta’sir
etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini hisobga
olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan
uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yo’qlamaning umumiy
miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugullanuvchi uchun o’ta
qimmatga tushishi mumkin.
Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi,
jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi
uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan
yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy
e’tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy
oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirish bilan boglab olib borish printsipi vrach,
pedagog va shugul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya printsiplari
bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliqlikni
taqazo etadi.
Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi uning yetakchi
printsipidir. Shu printsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy
qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va
Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
2. Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi
rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini
jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga
ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali
tashkillaydilar.
1. O‘quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi
barcha o‘quvchilarni birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil vazifanihal
qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu uslubiyatning afzalligi
mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab olini-shidir va ularni
birvarakayiga band qilishi bo‘lib, dars (mashg‘ulot)da yuqori zichlikka
erishiladihamda yuklamani suroati, intensivligi va meoyori barcha uchun bir bo‘lishli-
gidadir. Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi
materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi
o‘quvchilar bilan mashg‘ulot-larda foydalaniladi.
2. O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish
navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘r-satmalarniharakatni bajarish ritmiga
moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka erishish
maqsadidaharakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu
uslubiyatning afzalligi yuklama meoyorini, unihajmini, intensivligini guruhdagi
barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy nazar) bir xilda
bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy
tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga
nisbatan o‘zharakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati
yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlarihamda yangi materialni
o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.
3. O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy
rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi,
unihal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarnihisobga olish bilan, ko‘p sonli o‘quvchilar
guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy
qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslu-
biyati taolim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarliginihisobga olib
shug‘ullanish imkoniyatini yara-tadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga
yarasha, jismoniy imkoniyatinihisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va
taolim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi.har bir guruh o‘qituvchi
topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifanihal qilishga yo‘naltiriladi. Bu uslubiyathar
bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan,
mavzuni texnikasidan xabar-dor, guruhcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga
yuklaydi.
4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv
yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan
mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. O‘quvchilar faoliyatini yakkama-
yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jihatdan maolum nazariy va amaliy
bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruhdoshinihavfisizligini taominlay bilish,
mashqni ko‘r-sata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan,
mustahkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali, o‘quvchilar uchun
oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim
darslardahar bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki
mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab
yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
5. O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali
tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali
o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining buyrug‘i
(signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsadida boshqa
jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt
tejaladi, o‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil
shug‘ullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu usuliyatning
«Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud.
O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashg‘ulotlarni tashkillashning alohida shakli
sifatidaham, belgilangan vazifalarnihal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash
ususliyati tarzidaham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil ishlashni o‘rgatishning
asosiy va xususiy maqsadi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullantirilishini
tarbiyalash.
O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari,
tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali
namoyon bo‘ladi.
O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari
va o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq.
3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Sport mashguloti ikki yo’nalishni;
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
(MJT) jarayonini
tarkiban birlashtiradi
.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)
jarayonida organlar, sistemalar va
funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-
sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va
malakalarining munosabatlarini boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik
esa, muayyan sport turi uchun
–
xos bo’lgan sifat va
qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim
va malakalar bilan qurollantiradi.
Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan
olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va
maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan
chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport
trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa
umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va
shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik
sport ixtisosining muhim omilidir,
umumiy jismoniy
tayyorgarlik
esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil
aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi
lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy
ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab
turadi.
Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi,
ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar
davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining
mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va
unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning
hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy
tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot
turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha
ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT
ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-
chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish
shaklida markaziy o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |