Mavzu: Mexanik energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda mexanik energiyaning saqlanish va aylanish qonuni haqida tasavvurlar hosil qilish, ularni hayotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish.
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, hayotiy misollarni fan bilan bog’lashga o’rgatish
d) O’quvchilarning tasavvurlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, fanga qiziqtirish
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni so’rash
1) Potensial energiya deb nimaga aytiladi?
2) m massali jismning yerdan h balandlikdagi potensial energiyasi qanday ifodalanadi?
3) Og’irlik kuchining bajargan ishi bilan potensial energiya orasidagi munosabatni ta’riflab bering
3. Yangi mavzu bayoni:
4. Mavzuni mustahkamlash
Masala yechish
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
62-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi: Mexanik energiyaning saqlanish qonunini o’rganish
Darsning maqsadi:
a) Prujinaga osilgan jism pastga vertikal yo’nalishda harakatlanganda prujina va jism potensial energiyalarining o’zgarishi, to’liq mexanik energiya esa saqlanishini o’rganish, energiyaning saqlanish qonuni bo’yicha berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash
b) O’quvchilarning darsda olgan bilimlarni amaliyotda sinashga o’rgatish, axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, o’lgan bilimlarini hayotda tadbiq etish ko’nikmasini rivojlantirish
Darsning turi: malakalarni shakllantirish darsi
Dars jihozlari: darslik, chizg’ich, dinamometr, qadoq tosh
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. Ish haqida tushuncha berish
3. Laboratoriya ishining borishi
Laboratoriya daftarlari terib olinadi
4. Mustahkamlash: Bajarilgan ish haqida xulosa yoziladi.
5. Uyga vazifa: Darslikning 125 – 126 betidagi savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanish
63-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Quvvat. Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda quvvat haqida tasawurlar hosil qilish, uni hayotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish.
b) Olgan bilimlarini hayotga tadbiq etishga o’rgatish
d) O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish
Darsning turi:yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni so’rash
1) h balandlikdan erkin tushayotgan m massali jismning potensial energiyasi yerga kelib urilguncha qanday o’zgaradi?
2) Mexanik energiyaning saqlanish qonuni qanday ifodalanadi?
3) Mexanik energiyaning saqlanish qonunini ta’riflang va tushuntirib bering
4) h balandlikdan erkin tushayotgan m massali jismning kinetik energiyasi yerga kelib urilguncha qanday o’zgaradi?
3.Yangi mavzu bayoni:
Quvvat va uning birliklari
Bir xil mexanik ishni turli mashina turlicha \ aqtda bajarishi mumkin. Masalan, yerda turgan 101 g'ishtni 20 m balandlikka kichik kran besh marta ko'tarib 15 minutda, katta kran esa bir marta ko'tarib J minutda olib chiqishi mumkin. Bunda ikkala kran bir xil ish bajardi, lekin uni bajarish uchun turlicha vaqt sarfladi.
Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning ish bajara olish lmkoniyatini taqqoslash uchun quwat deb ataladigan fizik Vattalik kiritilgan. Bir xil ishni bajaruvchi mashinaiardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt ichida bajarsa, shunisi quwatliroq bo'ladi. Mexanizmning quvvati vaqt birligida bajargan ishi bilan ifodalanadi.
Xalqaro birliklar sistemasida quwat birligi qilib vatt (W) olingan. 1W — bu 1 s ichida 1 J ish bajaradigan qurilmaning quwati qabul qilingan. Bu quwat birligining nomi bug' mashinasini ixtiro qilgan ingli/ olimi Jeyms Vatt (Watt) sharafiga qo'yilgan.
Amalda quvvatning hosilaviy birliklari — millivatt (rr.W), gektovatt (gW), kilovatt (kW), megavatt (MW) ham qo'llaniladi. Quwatning asosiy va hosilaviy birliklari orasidagi munosabat quyidagichadir:
1 mW = 0,001 W
1 gW = 100 W
1 kW = 1000 W
1 MW = 1 000000W
Quvvat ish va vaqt kabi skalyar kattalik.
Quwat formulasidan ma'lum vaqt ichida bajarilgan ishni topish mumkin:
A= Nr.
Bu formula ish va energiyaning yana bir birligini kiritishga imkon beradi. Ish birligi q i b 1 W quwatli mexanizmning 1 s davomida bajaradigan ishini olish mumkin. Bu birlik vatt sekund (W • s) deb ataladi. Amalda ish va energiyaning kilovatt-soat (kW ■ soat) va megavatt-soat (MW • soat) birliklari ham ko'p qo'llaniladi. Ish va energiyaning asosiy birligi bilan bu birliklar orasidagi munosabat quyidagicha bo'ladi:
1 kW • soat = 3,6 ■ 106 J,
1 MW • soat = 3,6 ■ 109 J.
Quvvat, kuch va tezlik orasidagi munosabat
Transport vositalari ko'pincha o'zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. u tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan avtomobil t vaqt davomida s = vt masotani bosib o'tadi. Avtomobil o'zgaimas tezlik bilar. harakat qilishi uchun uni harakatga keltiradigan motorning F kuchi ta'sir etib turishi kerak. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik qiladigan kuchlarga (turli ishqalanish kuchlariga) moduli jihatidan teng va qarama-qarshi yo'nalgan. Shuning uchun avtomobil 5 masofani bosib o'tganda uning motori bajargan ish A = Fs = Fvt ga teng bo'ladi. Agar A = Nt ekanlig.ni hisobga olsak, quvvatning quyidagi formulasi kelib chiqadi:
N= Fv.
Bu formuladan ko'rinadiki, motorning quwati qancha katta boisa. avtomobiining tezligi ham shuncha katta bo'ladi. Shuning uchun katta tezlikda harakat qiladigan samolyot, poyezd, avtomobillarga katta quvvatli motorlar o'rnatiladi.
Yuqoridagi formuladan yana shuni anglash mumkinki, motorning quwati o'zgarmas bo'lganda tezlik qancha katta bo'lsa, kuch shuncha kichik bo'ladi. Shuning uchun qivalik bo'yicha tepalikka chiqishda avtomob-lning tortish kuchini oshirish uchun tezlik kamaytiriladi.
Savollarga javob og’zaki olinadi..
1. a) Bola uyning 3 qavatiga chiqdi. Bunda uning bajargan ishini qanday hisoblash mumkin.
b) Pastga o’zi bilan 1,5 kg massali sumkasini ko’tarib tushdi. Bunda uning bajargan ishi oldingisidan farq qiladimi ?
2. Energiya qanday qilib ishga aylanadi?
5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uyga vazifa : Masalalar ustida ishlang
-
Ot massasi 1 t bo'lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib bordi. Agar aravaning harakatiga qarshilik koeffitsienti 0,02 ga teng bo'lsa, ot quwatining foydali qismini toping, g = 10 m/s2 deb oling.
-
Samolyot 900 km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziq bo'ylab tekis uchmoqda. Motorining quwati 1,8 MW bo'lsa, havoning qarshilik kuchi nimaga teng?
64-dars sana: 7-sinf
Mavzu: Energiyaning aylanishi va undan mashinalarda foydalanish
Darsning maqsadi. O'quvchilarda tabiatda energiyaning aylanishi va undan mashinalarda foydalanish haqida tasawurlar hosil qilish, ularni hayotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish, foydali ish koeffitsientini hisoblash ko'nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars jihozlari: darslikning 43-§ matni, mavzuga oid ko'rgazmali qurollar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni so’rash:
-
Ot massasi 1 t bo'lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib bordi. Agar aravaning harakatiga qarshilik koeffitsienti 0,02 ga teng bo'lsa, ot quwatining foydali qismini toping, g = 10 m/s2 deb oling.
-
Samolyot 900 km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziq bo'ylab tekis uchmoqda. Motorining quwati 1,8 MW bo'lsa, havoning qarshilik kuchi nimaga teng?
3. Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu bayonining rejasi.
-
Tabiatda energiyaning saqlanishi haqida suhbatlashish.
-
Yopiq sistemada energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmasligi va yo'qdan bor bo'lmasligini asoslab berish.
-
Foydali ish koeffitsientini hisoblashni o'rgatish.
-
Mavzuga doir masalalar yechish.
Tabiatda energiyaning saqlanishi
Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o'rinli. Bu hodisalarda energiya bir turdan boshqa turlarga aylanishi mumkin. Ishqalanish kuchi ta'sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi ichki energiyaga, ya'ni iss'qlikka aylanadi. Xuddi shu kabi issiqlik mexanik energiyaga, elcktr energiyaga va boshqa turdagi energiyaga aylanishi mumkin. Quyoshning yorug'lik energiyasi issiqlikka aylanadi, bu energiya Yer yuzini isitadi, atmosferada issiqlik hodisalari yuz beradi, yog'in yog'adi, bu yog'inlar daryolardagi suvni hosil qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to'g'ondan tushishida kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroeiektrstansiyalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo'ladi, elektr energiya esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug'lik energiyasiga aylanadi va h.k.
Tabiatda energiya yo'q bo'lib ketmaydi. u faqat bir turdan boshqa turga aylan?di. Bu eneig.yaning saqlanish qonunidir. Energiyaning saqlanish va bir turdan boshqa turga aylanish qonuni shunday ta'riflanadi:
Yopiq sistemadagi barcha hodisalarda energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga yoki bir jismdan boshqa jismga o'tib, miqdor jihatdan o'zgarishsiz qoladi.
Yuqori sinflarda fizikaning boshqa bo'limlai ini o'rganganingizda tabiatda eneigiyaning bordan yo'q Do'lmasligini, yo'qdan boi bo'lmasligini yanada batafsilroq o'rganasiz.
Foydali ish koeffitsienti
Har qanday mashina yoki dvigatelning foydali ishi to'liq sarflangan energiyadan kichik bo'ladi. Chunki barcha mexanizmlarda ishqalanish kuchlari mavjud bo'lib, bu kuchlar natijasida qurilmalarning turli qismlari qiziydi. Sarflangan to'liq energiyaning bir qismi issiqlikka aylanib isrof bo'ladi, qolgan qismi foydali ish bajaradi.
Mashina va dvigatellar o'ziga sarflanayotgan energiyaning qancha qismi foydali ish berishini ko'rsatadigan kattalik — foydali ish koeffitsienti (qisqacha FIK) kiritilgan.
Foydali ishning sarflangan ishga nisbati foydali ish koeffitsienti deb ataladi va 7] harfi bilan belgilanadi.
FIK protsent hisobida ifodalanadi. Agar foydali ishni Ap sarflangan ishni At bilan belgilasak, u holda FIK formulasi quyidagicha yoziladi:
ŋ= Af/ At *100%.
FIK birdan (100% dan) katta bo'lolmaydi. Mashina va dvigatellarda ishqalanish kuchlarining ishi tufayli to'liq energiyaning bir qismi isroflanadi va shu sababli FIK har doim birdan kichik bo'ladi. Energiya isroflning boshqa sabablari ham bor.
4. Mustahkamlash:
-
Avtomobilga quwati 100 kW bo'lgan dvigatel o'rnatilgan. U 1 minutda 2,5 MJ foydali ish bajardi. Avtomobilning FIK ni toping.
-
Ko'tansh krani 10 kW quwatli dvigatel bilan ishlaydi. Dvigatelning FIK 83% ga teng bo'lsa, massasi 2 t bo'lgan yuk 50 m balandlikka qancha vaqtda chiqariladi? g = 10 m/s2 deb oling.
-
Samolyot to'g'ri chiziq bo'ylab 800 km/soat tezlik bilan tekis uchmoqda. Dvigatellarining quwati 1800 kW va FIK 70% ga teng bo'lsa, tortish kuchi qancha?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uyga vazifa :
Gidrostansiyaning balandhgi 30 m bo'lgan to'g'onidan har sekundda 170 t suv tushadi. Elektr stansiyaning quwati 10 MW. To'g'ondan tushayotgan suv mexanik energiyasining elektr energiyaga aylanish FIK qancha? g= 10 m/s2 deb oling.
65-dars sana: 7-sinf
Mavzu: Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) o’tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
-
Tashkiliy qism - 2 minut.
-
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
-
Masalalar yechish - 25 minut.
-
o’quvchilarni baholash-5 minut
-
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
-
1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2.O’tilgan mavzularni so’rash:
-
Avtomobilga quwati 100 kW bo'lgan dvigatel o'rnatilgan. U 1 minutda 2,5 MJ foydali ish bajardi. Avtomobilning FIK ni toping.
-
Ko'tansh krani 10 kW quwatli dvigatel bilan ishlaydi. Dvigatelning FIK 83% ga teng bo'lsa, massasi 2 t bo'lgan yuk 50 m balandlikka qancha vaqtda chiqariladi? g = 10 m/s2 deb oling.
-
Samolyot to'g'ri chiziq bo'ylab 800 km/soat tezlik bilan tekis uchmoqda. Dvigatellarining quwati 1800 kW va FIK 70% ga teng bo'lsa, tortish kuchi qancha?
3.Masala yechish namunasi.
-
v0 boshlang'ich tezlik bilan yuqoriga otilgan jism qanday h balandlikka ko'tariladi?
Yechilishi. Ko'tarilish balandligini jism otilgan nuqtadan boshlab hisoblaymiz. Bu nuqtada jismning potensial energiyasi nolga teng, kinetik energiyasi esa mv2J2 ga teng. Demak, jismning to'liq energiyasi 0 + mv2J2 = mv2J2 ga teng. h balandlik yuqori nuqtada jismning potensial energiyasi mgh ga, kinetik energiyasi nolga teng. To'liq energiya 0 + mgh = mgh. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan, mv2J2 = mgh. Bundan: h = v2J2g.
-
Massasi m = 3 kg bo'lgan shar prujina ustiga o'rnatilgan stolcha ustidan h = 3 m balandlikda turgan edi. Sharcha stol ustiga erkin tushganda prujinaning eng ko'p I siqilishini toping.
Prujinaning bikirligi k = 700 N/m. Stolcha va prujinaning massalarini hisobga olmang.
Yechilishi. Sharchaning stol ustiga tushib, prujinani eng ko'p siqqan vaziyatdagi (nolinchi sathdagi) potensial energiyasini nolga teng deb hisoblaymiz. Unda sharchaning boshlang'ich paytdagi potensial energiyasi: Epl = mg(h + I). Bu paytda sharcha va prujinaning kinetik energiyasi nolga teng. Binobarin, «sharcha — prujina» sistemasining boshlang'ich paytdagi to'liq E1 energiyasi sharchaning potensial energiyasiga teng: ' E = mg(h + I).
Sharcha tushganidan so'ng, prujina eng ko'p siqilgan paytda sharchaning kinetik energiyasi nolga teng, prujinaning potensial energiyasi kl2—2 ga teng. Bu bir vaqtning o'zida «Sharcha— prujina» sistemasining prujina eng ko'p siqilgan paytdagi to'liq E2 energiyasidir.
Demak: E = kL2/2.
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan Ex = E2 yoki mg(h + l) = kl2/2.
Hosil bo'lgan bu kvadrat tenglamani yechib va masala shartida berilgan ma'lumotlarni qo'yib, I ~ 0,5 m ekanligini hisoblab topamiz.
4. Mustaqil ish
-
Jism biror balandlikdan yer yuziga tushadi. Uning yerga kelib urilishidagi tezligi 30 m/s. Jism qanday balandlikdan tushgan?
-
To'pdan otilganda 280 m/s boshlang'ich tezlik olgan snaryad tik yuqoriga uchadi. Otilish joyidan qanday balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo'ladi?
-
Kopyor to'qmog'i 8 m balanddan tushib urganda 18000 J kinetik energiyaga ega bo'ladi. To'qmoqning massasi nimaga teng?
-
Massasi 2 kg bo'lgan jism Yer yuziga 30 m balandlikdan tushadi. Bu jismning erdan 15 m balandlikda bo'lgandagi kinetik energiyasini va yerga kelib urilish paytidagi kinetik energiyasini hisoblab toping.
-
Cho'zilgan prujina qisqarayotib, 50g massali jismni gorizontal sirtda ishqalanishsiz ergashtirib ketadi. Prujinaning deformatsiyasi nolga teng bo'lgan paytda jismning tezligi 5 m/s bo'lgan. Prujinaning bikirligi 10000 N/m. Prujina qanchaga cho'zilgan ekan?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi faol ishtirokiga ko’ra baholanaadi.
6.Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlash
66-dars sana: 7-sinf
Mavzu: 7 – sinf bo’yicha umumlashtiruvchi takrorlash darsi
Darsning maqsadi.
a) o’tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |