Jismlarning harakati. Fazo va vaqt darsning maqsadi a



Download 7,6 Mb.
bet2/12
Sana13.02.2017
Hajmi7,6 Mb.
#2427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Dars jihozlari: darslikning 3-§ matni, osmonda reaktiv samolyotning va meteorning iz qoldirib uchayotgan rasmi, o'yinchoq mashina.

Dars rejasi:



  1. Tashkiliy qism (2 minut).

  2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (15 minut).

  3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar o'tkazish (5 minut)

  5. O’quvchilarni baholash.(2 minut)

  6. Uyga vazifa berish (1 minut).

1.Tashkiliy qism:

2. O’tilgan mavzuni eslash:

1. Mexanik harakat ta’riflang.

2. Harakatning nisbiyligini tushuntiring.

3. Koordinatalar sistemasi, sanoq jismi, sanoq sistemasini tushuntiring.

3. Yangi mavzu bayonining rejasi.


  1. Fizik tushuncha va fizik kattaliklar, ularning o‘zaro farqini tushuntirib berish.

  2. Moddiy nuqtani misollar orqali tushuntirish.

  3. Trayektoriya haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish.

  4. Yo‘l va ko‘chish, ularning bir-biridan farqini tushuntirish, ularga misollar keltirish.

  5. Ilgarilanma harakat haqida tushuncha berish, jomadon, metropoliten ekskatori, istirohat bog'idagi charxpalak kabinalari va boshqalar nima sababdan ilgarilanma harakat qilishi haqida suhbatlashish.

  6. Skalyar kattaliklar haqida ma’lumot berish va skalyar fizik kattaliklardan misollar keltirish, ular ustida amallar qanday bajarilishini tushuntirish.

  7. Vektor kattaliklar haqida tushuncha berish, ularning skalyar kattaliklardan farqini ko'rsatish, vektor fizik kattaliklardan misollar keltirish.

  8. Vektor kattaliklarni qo'shish va ayirishni o'rgatish.

  9. Vektor kattaliklarni butun songa ko'paytirish va bo‘lish haqida o‘quvchilarda tasawur hosil qilish.

  10. Vektor kattaliklarning proyeksiyalari qanday olinishini ko'rsatish

Yangi mavzuni bayon etish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Moddiy nuqtani tushuntirishda ma’lum bir jismni bir holatda moddiy nuqta deb qarash mumkinligi, boshqa bir holatda esa moddiy nuqta deb qarash mumkin emasligi haqida ma’lumot beriladi. Masalan, Yer shari shunday ulkan bo‘lsa-da, Quyosh atrofida aylanishi qaralganda uni moddiy nuqta deb qarash mumkinligi aytiladi. Lekin kichik bir ruchka yozayotgan paytida uni daftarga nisbatan moddiy nuqta deb qarab bolmasligi, lekin ruchkani o‘zimiz bilan uyga olib ketganimizda, uning biz bilan birgalikdagi harakatini moddiy nuqtaning harakati deb qarash mumkinligi haqida aytish mumkin.

Trayektoriya haqida ma’lumot berishda o‘quvchilar jismlar harakatida iz qoldirsagina trayektoriya boladi, iz qoldirmasa, uning trayektoriyasi bo‘lmaydi, degan fikrga kelishlariga ehtiyot bolish kerak. Jismlar harakatlanayotganda doim trayektoriyaga ega ekanligi, shu trayektoriyaning uzunligi yol ekanligini qator misollar orqali tushuntirish lozim.

0‘quvchilar yo‘l bilan ko‘chish orasidagi farqni yaxshi anglab olishlariga erishish zarur bo‘ladi. Bunda har bir o'quvchi uyidan maktabga kelguncha qancha yol bosib kelgani, uyidan maktabga to‘g‘ri chiziq bo'ylab qancha masofa ekanlini chamalab hisoblashi so'raladi. Yol ko‘chishdan katta ekanligi, xususiy hollardagina (agar yol to'g'ri chiziqli bolsa) yol va ko‘chish o'zaro teng bolib qolishligi tushuntiriladi.

Ilgarilanma harakatni tushuntirishda o'yinchoq mashina qanday harakat qilganda u ilgarilanma harakat qilishi, qay holda ilgarilanma harakat bolmasligi uqtiriladi. Tevarakt-atrofdan bir nechta misollar keltiriladi. Kitobning harakati, istirohat bog'idagi charxpalak kabinalarining harakati, jomadonning harakati ilgarilanma harakat ekanligi tushuntiriladi.

Mavzu bo‘yicha qoshimcha materiallar Moddiy nuqta haqida

Biz jismlar deganimizda ularning qanday moddalardan tashkil topganligiga e’tibor bermaymiz. Jismlarning vaziyatlarini (o'rinlarini) qarash va ularning harakatlarini o‘rganish uchun juda muhim tushuncha — moddiy nuqta tushunchasi kiritiladi. Buni misollar orqali tushuntiraylik. Masalan, poyezd Samarqanddan Toshkentga keldi, deyilganda biz poyezdning uzunligiga (vagonlari ko‘p yoki ozligiga e’tibor bermaymiz; masalan, birinchi vagon Toshkentga keldi, qolganlari kelmadi, demaymiz); Ulug'bek uydan maktabga keldi, deyilganda, uning o'zining o'lchami ham, maktab va uy hovlisining o'lchami ham e’tiborga olinmaydi. Darhaqiqat, uy bilan maktab orasidagi masofa katta bo‘lganda (bir necha kilometr bo‘lsa), ularning o‘lchamlari e’tiborga olinmasa bo'ladi. Bu holda, masalan, Samarqanddan Toshkentga mashinada yo‘lga chiqqan bo'lsangiz, Samarqandni ham, Toshkentni ham, Siz kelayotgan mashinani ham nuqta ko‘rinishida tasvirlash mumkin.

Xuddi shuningdek, Yerni ham moddiy nuqta deb, Quyosh atrofida ma’lum tezlik bilan aylanayapti deb qaraladi (Yer har sekundda 30 km yo‘l bosadi. Yer fazoda o‘simliklami, hayvonlami va bizlarni shunday katta tezlik bilan sayr qildirib yuradi. Tovushdan tez uchadigan reaktiv samolyot har sekundda 0,5 km masofani bosib o'tadi).

Ilgarilanma harakat haqida

0‘lchamga ega jism, masalan, avtomobil harakatlanganda har xil nuqtalari har xil harakatlanadi: a) g‘ildirakning nuqtalari aylanma harakat qiladi; b) aylanish o‘qiga biriktirilgan prujina nuqtalari esa tebranma harakat qiladi.

Ammo shunday hollar mavjudki, bunda jismning barcha nuqtalari bir xil harakatlanadi. Xuddi shunday hoi avtomobil kuzovi harakatida kuzatiladi. Bu holda jismning barcha nuqtalarining harakatini qarash o‘rniga uning bitta nuqtasining harakatini o'rganish yetarlidir.

Agar harakat paytida jismda o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq o'ziga- o‘zi har doim parallel bo'lib qolsa, jismning bunday harakati ilgarilanma harakat deyiladi.

Skalyar va vektor kattaliklar haqida

Ckalyar (lotinchadan pog'onali) — faqat 'bittagina qijrmat bilan aniqlanadigan kattalik. Har bir qiymati bittagina son bilan aniqlanadigan kattalik skalyar kattalik deyiladi. Masalan, temperatura, hajm, zichlik, massa va boshqalar.

Vektor lotinchadan yurib turuvchi, eltuvchi degan ma’noni bildiradi.

Vektor son - qiymati va yo‘nalishi bilan tavsiflanadigan, aniqlanadigan kattalik. Masalan, kuch, tezlik, tezlanish va boshqalar.

Biz yuqorida skalyar kattalikning qiymati bitta son berilishi bilan aniqlanadi, dedik. Darhaqiqat, uzunlik, masofa skalyar kattalik va simning uzunligi 1 m deyilsa yoki yo'lning (masofaning) uzunligi 5 km deyilsa, to'la ma’no anglashiladi. Ular temperatura, hajm, massa va shularga o'xshash.

Vektor kattalik murakkabroq tushuncha bolib, uning qiymati son qiymatidan tashqari yo'nalishning ko'rsatilishi bilan aniqlanadi.



Faraz qilaylik, jism (nuqta) awal О nuqtada bolib, so'ng A1 nuqtaga, undan keyin A2 nuqtaga ko'chgan bolsin (1-rasm).

Jismning О nuqtadan Ax nuqtaga ko'chishi QA, = fj vektor bilan aniqlanadi. Ax nuqtadan A2 nuqtaga ko'chishi esa AXA2- Ar12 vektor bilan aniqlanadi. Demak, О nuqtadan A2 nuqtaga ko'chish гг va Ar12 vektorlar orqali aniqlanadi.

Shunday qilib, О dan A2 ga ko'chish ikki ko'chishlar yig'indisidan, ya’ni:

rравнобедренный треугольник 81 + r12

vektor yig'indisi orqali aniqlanadi.

Ikkinchi tomondan bu ko'chishni О nuqtadan to‘g‘ridan to‘g‘ri A2 nuqtaga ko'chish deb qarab, uni (bu ko'chishni) OA2= r2 vektor orqali aniqlashimiz mumkin. (Biz kesmaning, masalan, OA2 kesmaning yo‘nalishini aniqlash uchun uni strelka bilan yozamiz.) Ikki xil ko'chishlar usuli bilan bir xil natijaga erishildi.

Dравнобедренный треугольник 7emak, shunday ifodani yozish mumkin:

r1 + r12 = r2.

Bu ifoda vektorlarni qo'shish qoidasini ifodalaydi. Uni

rравнобедренный треугольник 91-r2 = r12

ko'rinishda ham yozish mumkin. U vektorlarning ayirmasini ifodalaydi.

Vektorlarning koordinata o'qlaridagi proyeksiyalari haqida

Agar harakat qilayotgan jismning boshlang'ich vaziyati ma’lum bolsa, jismning biror vaqtdan keyingi vaziyatini topish uchun bu vaziyatga jismning o'sha vaqt ichidagi ko'chish vektorini «qo'yish» kerak. Hayotda esa, albatta, vektorlarni bir-biriga taqashga to'g'ri kelmaydi. Vektor — bu matematik simvol. Lekin ko'chish vektorini bilish jismning ixtiyoriy paytdagi vaziyatini «taqash» yo'li bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan aniqlashga imkon beradi. Buning uchun vektor proyeksiyasi tushunchasi bilan tanishamiz.

Vektorning koordinata o'qlaridagi proyeksiyalari. 2-rasmda X koordinata o‘qi va у bilan bir tekislikda yotgan biror a vektor tasvirlangan. a vektorning A boshidan va В oxiridan X o‘qqa AAX va BBX perpendikular tushiramiz. Perpendikularning asoslari bo'lmish Ax va nuqtalar A va. В nuqtalarning X o'qdagi proyeksiyalaridir. Vektor a ning boshi bilan oxirining o'qdagi proyeksiyalari orasidagi AlBl kesmaning «+» yoki :<—» ishora bilan olingan uzunligi vektorning X o‘qdagi proyeksiyasi deyiladi.

Vektorning proyeksiyasi skalyar kattalik.




2-rasm 3-rasm

Agar vektor boshining proyeksiyasidan oxirining proyeksiyasiga o‘q bilan bir xil yo'nalishda yurib borilsa, proyeksiya musbat deb (2-rasmga qarang), aks holda proyeksiya manfiy deb hisoblanadi (3-rasm). Agar vektor o‘qqa perpendikular bolsa (4-rasm), yo'nalishidan qat’iy nazar, uning bu o'qdagi proyeksiyasi nolga teng bo'ladi.

Vektorning o'qdagi proyeksiyasi o'sha vektorning o'zi belgilangan strelkasiz harf bilan belgilanadi, lekin o'qning indeksi qo'yiladi. Masalan, a va b vektorlarning X o'qdagi proyeksiyalari (2 va 3-rasmlarga qarang) mos ravishda api va fcpr bilan belgilanadi.




6-rasm


Agar vektor o'qqa parallel bo‘lsa, u holda proyeksiyasining moduli shu vektorning moduliga teng. Agar bu holda vektor bilan o‘q bir xil yo‘nalgan bo'lsa (5-rasm), proyeksiya musbat bo‘ladi, agar vektor bilan o‘q bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan bo'lsa (6-rasm), proyeksiya manfiy bo‘ladi.

4. Mustahkamlash:



  1. Quyidagi hollarda jism harakatini moddiy nuqta harakati deb qarash mumkinmi: a) jism ilgarilanma harakatlanayotganda; b) jismning olchami uning o‘tgan (o'tadigan) yo‘liga nisbatan juda kichik bolganda?

  2. Poyezd, avtomobil, velosiped g'ildiraklarining harakatlari qanday harakatga misol bo‘ladi? Poyezd vagonlari, avtomobil kuzovi, velosipeddagi odam harakati-chi?

  3. Oyni moddiy nuqta deb qabul qilish mumkinmi? Agar mumkin bolsa, qanday hollarda?

  4. Avtomobilning spidometri ko‘chishni ko'rsatadimi yoki o‘tilgan yolni?

  5. Soat minut milining uchi bir soatda o‘tgan yo'lini tajribada aniqlang. Uning ko'chishi qanchaga teng bo'ladi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning dars davomida o’qituvchining savollariga bergan javoblarini e’tiborga olgan holda ular baholanadi

6. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish.




3-dars sana: 7-sinf

Mavzu: TO’G’RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA
Darsning maqsadi. Tekis va notekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat, ularning o‘zaro farqi haqida o'quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

b) Aqliy tarbiya berish

c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. BBB.

Dars jihozlari: darslikning 5-§ matni, tomizg‘ich o‘rnatilgan aravacha, jismlarning tekis harakati, to‘g‘ri chiziqli harakati, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini tasvirlovchi rasmlar.

Dars rejasi:



  1. Tashkiliy qism (2 minut).

  2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

  3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

  4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

  5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

  6. Uyga vazifa berish (1 minut).

1.Tashkiliy qism

2.O’tilgan mavzuni eslash: Nazorat ishi baholari o’tkaziladi va nazorat ishidagi xatolar tahlil qilinadi

3. Yangi mavzu bayonining rejasi



  1. Tekis va notekis harakat haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish.

  2. To‘g‘ri chiziqli harakat haqida o'quvchilarning fikr- mulohazalarini eshitish va to'ldirish.

  3. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni misollar orqali tushuntirish.

  4. Tekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat va to‘g‘ri chiziqli tekis harakatning o'zaro farqi haqida suhbatlashish.

Yangi mavzuni bayon etish bo‘yicha metodiktavsiyalar

Tomizg'ich o‘matilgan aravachani stol ustida notekis va tekis harakatlantirib, o'quvchilarda notekis va tekis harakat haqida tushuncha hosil qilinadi. 0‘quvchilardan notekis va tekis harakatga misollar keltirish so‘raladi.

Aravacha stol ustida awal to'g'ri chiziq bo‘yla.b, so'ngra egri chiziq bo‘ylab harakatlantiriladi. Yo‘lda odamlarning, mashinalaming harakati qay holda to‘g‘ri chiziqli harakat bolishi haqida o'quvchilarning fikr-mulohazalari eshitiladi.

Jism bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilsagina uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat bolishi uqtiriladi. Atrofdagi jismlar kamdan kam bunday harakat qilishi mumkinligi, shartli ravishda ayrim jismlarning harakatini yo‘lning ma’lum bir qismida ma’lum vaqt oralig‘ida shunday to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qiladi, deb olish mumkinligi aytiladi.

Ko'rgazmali rasmlardan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakati ko‘rsatiladi. Nima sababdan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakat ekanligi tushuntiriladi.

3. Yangi mavzuning bayon

Tekis harakat

Aravachaning notekis harakati.

Quyidagi tajribani qilib ko'raj lik. Aravachaga 16-rasm- da ko'rsatilganidek tomizg'ich o'rnatilgan bo'lsin. Tomizg'ichdan bir me'yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo'yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak aravacha bir xil vaqt oraliqlanda turhcha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan. Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiravlik. Bu gal origan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidag, masofa bir xii bo'lsin. Bu holda aravacha bir xil taqt oraliqlarida bir xil yo'lni bosib o'tgan deyish mumkin. Agar jism ixtiyony bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo'lni bosib o'tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.

Masalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bo^ib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi. Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi. Siz maktabga borishingizda qay holda tekis, qaj holda notekis harakat qilgan bo’lasiz?

To'g'ri chiziqli harakat

Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin. Jism trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, bunday harakat to'g'ri chiziqli harakat deyiladi.To'g'ri yo'ldan ketayotgan avtomobil harakatini, to g'ri temir yo'lda poyezdning harakatini, ma'lum balandlikka ko'tarilib olgandan keyin samolyotning harakatini to'g'ri chiziqli harakat deb olish mumkin.

To'g'ri chiziqli tekis harakat

16-rasmdagi aravacha to'g ri chiziqli. lekin notekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakatini to'g'ri chiziqli tekis harakat deb bo'lmaydi. Soat miliar uchining harakati tekis harakat qiladi, lekin to'g'ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uch.ning ha¬rakati ham to'g'ri chiziqli tekis harakat emas. 17-rasmdagi aravacha esa ham to'g'ri chiziqli, ham tekis haiakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakatdir. Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni bosib o'tsa, uning harakati to'g'ri chiziqli tekis Varakat deyiladi.

Eng oddiy mexanik harakat — to'g'ri chiziqli tekis harakatga misollar: 1. Tep-tekis to'g'ri yo ida avtomobil harakatlanayotgan bo'lsin. Agar avtomobil bir me'yorda, tezligmi o'zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o'zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz. 

4. Mustahkamlash.



    1. Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?

    2. To'g'ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.

    3. To'g'ri chiziqli tekis harakatni ta'nflab bering.

5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi ishtirokiga ko’ra baholanadi

6.Uyga vazifa. Siz maktabga ketayotganingizda yo'lning qaysi qismida to'g'ri chiziqli tekis harakat qilasiz?


4-dars sana: 7-sinf

Mavzu: To’g’ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri

Darsning maqsadi. Tekis va notekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat, ularning o‘zaro farqi haqida o'quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

b) Aqliy tarbiya berish

c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. BBB.

Dars jihozlari: darslik,

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. O’tilgan mavzuni eslash:


    1. Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?

    2. To'g'ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.

    3. To'g'ri chiziqli tekis harakatni ta'nflab bering.

3. Yangi mavzuning bayoni
Kuzatishlarimizdan bir jism ikkinchi jismdan tez yoki sekin harakatlanishini bilamiz. Masalan. velosiped odamdan tez, avtomobil odam va velosipeddan tez, poyezd- dan esa sekin harakat qiladi. Samolyotning harakati esa poyezdnikidan ham tezdir. Ular tekis harakatlanayotgan bo'lsin. 1 soatda odam o'rtacha 4,5 km, velosiped 30 km, avtomobil 90 km, poyezd 150 km. samolyot esa 900 km yo'lni bosib o'tishi mumkin.

Vaqt birligida bosib o'tilgan yo'l tezlik deb ataladi.

Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o'tgan yoining shu yo'lni bosib o'tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.

Yuqorida keltirilgan misolda odam tezligi 4,5 km/soat, velosiped tezligi 30 km/soat, avtomobil tezligi 90 km/soat, poyezd tezligi 150 km/soat, samolyot tezligi esa 900 km/soatga teng.

Harakat to'g'ri chiziqli bo'lganda ko'chish miqdor jihatdan bosib o'tilgan yo'lga teng bo'ladi. U holda tezlik formulasining vektor ko'rinishi quyidagicha ifodalanadi:


Ko'chish vektor kattalik bo'lganligi uchun tezlik ham vektor kattalikdir ya'ni uning yo'nalishi harakat yo'nalishida bo'ladi.



Tezlikning birligi

Xalqaro birliklar sistemasida uzunlik (yo'l) birligi — metr (m), vaqt birligi — sekund (s) ekanligmi bilasiz.

b' -- T h Uzunlik (yo'l) va vaqtning yana qanday birliklari bor? Ularning asosiy va hosilaviy L3£al birliklari orasidagi munosabatni ayting.

Xalqaro birliklar sistemasida tezlikning birligi m/s bo'lib, tezlik 1 m/s bo'l- ganida 1 s vaqtda 1 m masofa bosib o'tiladi.

Tezlikning asosiy birliklaridan tashqari 1 km/soat, 1 km/min, 1 km/s, 1 sm/s kabi hosilaviy birliklari ham qo’llaniladi.

Tezlik va yo'l grafigi

Tekis harakatda / vaqt o'ta borishi bilan jism tezligi o'zgarmay qolaveradi. Masalan, to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismning boshlang'ich tezligi 10 m/s bo'lsa, 5 s, 10 s, 15 s, 20 s dan keyin ham uning tezligi shu 10 m/s ga teng bo'laveradi. Bu holda tezlik grafigini 20-c lasmda ko'rsatilganidek tasvirlash mumkin.




21-rasm. Yo'l grafigi.
Umumiy hol uchun aytish mumkinki, tekis ha­rakatda tezlik grafigi tomonlari v va t bo'lgan to'g'ri to'rtburchakdan iborat bo'ladi. Shu to'rtburchakning yuzi son jihatdan jism bosib o'tgan 5 yo'lga tengdir (20-b rasm).

Endi yo'l grafigini ko'raylik. Jism v = 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsin. Yo'l formulasi s= vt dagi t vaqtga son qiymatlarini berib, unga mos kelgan 5 yo'lning tegishli qiymatlarini topamiz va natijalarni jadvalga yozamiz:




/, s

5

10

15

20

s, m

25

50

75

100

Jadvaldagi / vaqtning har bir qiymatiga to'g'ri kel­gan 5 yo'lning mos qiymatlarini koordinata o'qlaiida aks ettirsak, yo'l grafigini hosil qilamiz (21-a rasm). Yo'l grafigining umumiy holdagi ko'rinishi 21 -b rasmda tasvirlangan.

4.Mustahkamlash.

1.Tezlik formulasi qanday ifodalanadi?

2. Xa'qaro birliklar sistemasida tezlikning asosiy birligi nimadan iborat? Tezlikning boshqa qanday birliklarini bilasiz?

3. Spidometr yordamida avtomobil tezligini o'lchash qanday prinsipga asos- langan?

4. Tekis harakatda bosib o'tilgan yo'lni topish formulasi qanday ifodalanadi?

5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uyga vazifa . Tekis harakat tezligi formulasidan harakat vaqti qanday topiladi?

5-dars sana: 7-sinf

Mavzu: Takrorlash va masalalar ishlash

Darsning maqsadi. a)Darslikning “Kirish” qismida va I bobda o'tilgan mavzularni takrorlash hamda 1—4-darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

b) Aqliy tarbiya berish

c) Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

Darsning turi: O’tilganlarni xotirada mustahkamlash va nazorat darsi

Darsning usuli: nazorat

Dars jihozi: videoproyektor,
Dars rejasi:


  1. Tashkiliy qism (2 minut).

  2. 1—4-darslarda o'tilgan mavzularni suhbatlashish orqali qisqacha takrorlash (10 minut).

  3. Masalalar ishlash (30 minut).

  4. O’quvchilarni baholash (2 minut)

  5. Uyga vazifa berish (1 minut).


Dars jarayonini tashkil etish rejasi.

  1. 1—4-darslarda o'tilgan mavzular bo'yicha suhbatlashish. Suhbatlashish jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash.

Suhbatlashish chog'ida o'quvchilar noaniq fikr yuritgan savol-javoblarga aniqlik kiritish, o'quvchilarga tushunarsizroq bo'lgan mavzularning eng muhim joylarini takrorlash.

  1. Darslikning I bob yakunida berilgan test topshiriqlari bo'yicha o'quvchilarning javoblarini eshitish. Noto'g'ri javob berilgan topshiriqlarning to'g'ri javobini aytib berish va tushuntirish. Test topshiriqlariga javob berishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash (bunda o'quvchining test topshirig'i javobini tushungan holda yoki taxminan javob berganligiga e’tibor berilishi lozim).

  2. O'qituvchi o'zi tuzgan test topshiriqlari bo'yicha qisqa muddatli test sinovini o'tkazish.

Test savollari

1. Quyidagi qaysi hollarda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin?

a) ekvator uznnligini hisoblashda;

b) Yerning Quyosh atrofidagi orbita bo'ylab o'tgan yo'lini hisoblashda;

d) Yerning o'z o'qi atrofida sutkalik aylanishida ekvator nuqtasining harakat tezligim hisoblashda;

e) Yerning Quyosh atrofidagi orbitasi bo'ylab harakat tezligini hisoblashda.

2. Quyidagi qaysi hollarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin?

a) poyezdning bekatga yaqinlashayotganida;

b) poyezdning ikki shahar orasidagi harakatida;

d) odamniug xonadagi harakatida:

e) qishloo markaziga keta>otgan odamning harakatida; 0 to'pning futbol majdonidagi harakatida;

g) to'pning diametrini aniqlashda.

3. Taksida biz pulni yoiga to'laymizmi yoki ko'chishga? Samolyotda bir shahardan ikkinchi shaharga uchganda-chi?

4. Bola to'pni 1,5 m balandiikdan yerga tashladi. To p yerga urilio, 0,5 m balandlikka chiqqanida bola uni ilib oldi. To'pning yoii va ko'chishini toping.

5. Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomonga 10 km, so'ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g'arb tomonga 12 km. shundan so'ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning yo'li va ko'chishini toping.

4. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi faol harakatlariga ko’ra baholanadi.
5. Uyga vazifa: Yangi mavzuni o’rganish


6-dars sana: 7-sinf

Mavzu: NOTEKIS HARAKATDA TEZLIK
Darsning maqsadi. 0‘quvchilarda notekis harakatda o‘rtacha tezlik va oniy tezlik haqida tasavvurlar hosil qilish, o‘rtacha tezlikni topish ko‘nikmasini hosil qilish.

b) Aqliy tarbiya berish

c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. BBB.

Dars jihozlari: darslik, aravacha, jismning notekis harakatini ifodalovchi tezlik grafigi

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).



Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. O’tilgan mavzuni so’rash

1.Tezlik formulasi qanday ifodalanadi?

2. Xa'qaro birliklar sistemasida tezlikning asosiy birligi nimadan iborat? Tezlikning boshqa qanday birliklarini bilasiz?

3. Spidometr yordamida avtomobil tezligini o'lchash qanday prinsipga asos- langan?

4. Tekis harakatda bosib o'tilgan yo'lni topish formulasi qanday ifodalanadi?

3. Yangi mavzuning bayoni:

Yangi mavzu bayonining rejasi:



  1. Notekis harakatda tezlik qanday bo'lishi haqida suhbatlashish.

  2. Notekis harakatda o'rtacha tezlik qanday ifodalanishi va ta’riflanishini bayon qilish.

  3. Oniy tezlikni misollar orqali tushuntirish.

  4. Notekis harakat uchun tezlik grafigi chizish va undan oniy tezlikni ko'rsatish.

  5. Mavzuga doir masalalar yechish.

0‘rtacha tezlik haqida

Tabiatda tekis harakat kam uchraydi. Ko‘p hollarda harakat o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, avtomobil to‘g‘ri tekis yo‘lda harakatlanganda ham chorrahalarda sekinlashadi yoki to‘xtaydi, so‘ng yana tezligini oshirib boradi, burilishlarda yana tezligini kamaytiradi. Bunday o'zgaruvchan harakatlarda tezlik o'zgaruvchan bo'ladi (7-rasm).

Aytaylik, avtomobil shunday o'zgaruvchan harakatlanib, bir soatda 60 km o‘tdi. Bu holda yo‘lni vaqtga nisbati bilan topilgan tezlik, tabiiyki, avtomobilning o'rtacha tezligi boladi.

Avtomobil, masalan, birinchi 20 minutda 90 km/soat tezlik bilan, keyingi 40 minutda 45 km/soat tezlik bilan harakatlangan bolsin. Uning o'rtacha tezligi umumiy' o‘tilgan yo'lning shu yo'l uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni 20 minutda s1= = 30 km, keyingi 40 minutda s2 = v2t2 = 30 km natijalar olinadi. 0‘rtacha tezlik quyidagicha topiladi: uoVt = (s1 + s2)/( t1+ t2)= = (30 km + 30 km)/(20 min + 40 min) = 1 km/min = 60 km/soat.

Bunday harakatning tezligi grafigi 8-rasmda ko'rsatilgan. Umumiy holda notekis harakatda tezlik grafigi 7-rasmda ko'rsatilgandek egri chiziqli bo'ladi. Notekis harakatda bosib o'tilgan yo'lning son qiymati esa shu egri chiziq ostidagi yuzaga teng bo'ladi.

Ikkinchi misolni olaylik. Avtomobil ikki shahar orasidagi yolnining yarmisini vx = 30 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yarmisini v2 = 90 km/soat tezlik bilan o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi qancha ekanligini aniqlaylik. O'rtacha tezlikni uo.rt = (v1 + v2)/2 kabi topish noto‘g‘ri ekanligini eslatamiz.






7-rasm 8-rasm

Umumiy qoidaga asosan umumiy yo‘l s topiladi, so‘ngra uning uchun sarflangan vaqtga nisbati olinadi, ya’ni:



Vo‘rt.=s/t

Oniy tezlik haqida

Harakat qilayotgan har qanday jismning tezligi bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, jism trayektoriya bo'ylab qiladigan harakatida uning hamma nuqtalaridan o‘tadi. Bunday nuqtalar esa cheksiz ko‘p. Bulaming har biri orqali jism ma’lum bo‘lib paytda o‘tadi. Bunday paytlar ham cheksiz ko‘p. Shuning uchun jism har bir paytda va trayektoriyaning har bir nuqtasida biror tezlikka ega boladi. Mana shu tezlik oniy tezlik deb ataladi. Jismning oniy tezligi deb, uning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum bir nuqtasidagi tezligiga aytiladi.

To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda jismning tezligi uning ko'chishining o‘sha ko'chishga ketgan vaqt oralig'i nisbatiga teng. Notekis harakatda o'rtacha tezlik ham bu nisbatga teng. Bu nisbat oniy tezlikning ham ma’nosini anglab yetishga imkon beradi.

Biror jism to‘g‘ri chiziq bo'ylab notekis harakat qilyapti, deb faraz qilaylik (har galgidek, biz bu jismning ma’lum bir nuqtasini nazarda tutamiz). Bu jismning o‘z trayektoriyasidagi biror A nuqtadagi oniy tezligini qanday qilib hisoblab topamiz (9-rasm)? Bu trayektoriyada A nuqtani o‘z ichiga olgan kichikroq 1-qismni ajratamiz. Jismning mana shu qismdagi juda kichik ko‘chishini sx bilan, mana shu ko'chish yuz beradigan juda kichik vaqt oralig‘ini t1 bilan belgilaymiz. Sj ni tl ga bolib, biz mana shu qismdagi o‘rtacha tezlikni topamiz, chunki tezlik uzluksiz o'zgaradi va 1-qismning turli joylarida turlicha boladi.




Endi qismning uzunligini kamaytiramiz. 0‘z ichiga A nuqtani oladigan 2-qismni tanlab olamiz. Mana shu qismdagi ko‘chish s2 ga teng (s2 < s1) va jism o‘sha ko'chishni t2 kichikroq vaqt oralig'ida bosib o‘tadi. Ravshanki, 2-qismda jismning tezligi kamroq o‘zgarib ulguradi. Lekin sjt2 nisbat mana shu kichikroq qismdagi o'rtacha tezlikni ifodalaydi. 1- va 2-qismlarga qaraganda kichik bolgan va o‘z ichiga A nuqtani olgan 3-qismda tezlik yanada kam o'zgaradi. S3 ko‘chishni t3 vaqt oraliglga bolib, biz trayek-toriyaning mana shu juda kichik qismidagi o‘rtacha tezlikni topamiz.

Jismning ko'chishi tekshirilayotgan vaqt oralig'ini asta-sekin kamaytiramiz. U bilan birga jismning ko‘chishi ham kamayadi. Pirovardida vaqt oraligl shunchalik kichik boladiki, bunda shu vaqt ichida tezlik o‘zgarishini hisobga olmaslik mumkin (harakat tekis bolar edi). Trayektoriyaning jism nuqtasi bosib o'tgan qismi (ya’ni A nuqtaga tegib turgan qismi) A nuqtaning o‘ziga aylanib qoladi. Ana shu paytda o‘rtacha tezlik jism turgan A nuqtadagi oniy tezlik bolib qoladi. Chunki juda kichik qismda tezlik shu qadar oz o‘zgaradiki, bu o'zgarishni hisobga olmaslik va, demak, tezlik o‘zgarmaydi (ya’ni harakatni tekis harakat) deb hisoblash mumkin.Oniy tezlik, ya’ni mazkur nuqtadagi tezlik trayektoriyaning o'sha nuqtaga tegib turgan qismidagi yetarlicha kichik ko‘chishining shu ko'chish yuz bergan juda kichik vaqt oralig'i nisbatiga teng.

Oniy tezlik — vektor kattalikdir. Uning yo‘nalishi mazkur nuqtadagi harakat yo'nalishi bilan mos tushadi. Bundan buyon notekis harakat tezligi tilga olinganda biz oniy tezlikni nazarda tutamiz.

Tekis harakatda ham oniy tezlikni tilga olish mumkin. Farq faqat shundaki, tekis harakatda oniy tezlik har qanday nuqtada va har qanday paytda bir xil bo'ladi.'Notekis harakatda esa oniy tezlik har xil nuqtalarda va har xil paytlarda turlicha bo‘ladi.

4. Mustahkamlash.



  1. Jismning ma’lum bir vaqt oralig'idagi o'rtacha tezligini bilgan holda jismning o'sha vaqt oralig'ining istalgan bir qismidagi ko‘chishini topish mumkinmi?

  2. Oniy tezlik vektori qanday yo‘nalgan?

  3. To'g'ri chiziqli tekis harakatdagi oniy tezlik notekis harakatdagi oniy tezlikdan nimasi bilan farq qiladi?

5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi

6. Uyga vazifa: masalalarni ishlash

  1. Avtomobil bir punktdan boshqa punktga borishda yo'lga ketgan vaqtning yarmida o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan yurdi. Agar harakatning o'rtacha tezligi 65 km/soat ga teng bolsa, avtomobil qolgan vaqt davomida qanday o'zgarmas tezlik bilan harakat qilishi kerak?

  2. Avtomobil manzilgacha bo'lgan yo'lning birinchi yarmini o'zgarmas 50 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan bosib o'tdi. Avtomobilning o'rtacha tezligini toping.


7 –dars sana: 7-sinf

Mavzu: TEKIS O'ZGARUVCHAN HARAKATDA TEZLANISH
Darsning maqsadi. O'quvchilarda tekis o'zgaruvchan harakat haqida tasawurlami hosil qilish, bunday harakatda tezlanishni topish ko'nikmasini shakllantirish.

b) Aqliy tarbiya berish

c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. BBB.

Dars jihozlari: darslik,

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. O’tilgan mavzuni so’rash:

1. Avtomobil bir punktdan boshqa punktga borishda yo'lga ketgan vaqtning yarmida o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan yurdi. Agar harakatning o'rtacha tezligi 65 km/soat ga teng bolsa, avtomobil qolgan vaqt davomida qanday o'zgarmas tezlik bilan harakat qilishi kerak?

2. Avtomobil manzilgacha bo'lgan yo'lning birinchi yarmini o'zgarmas 50 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan bosib o'tdi. Avtomobilning o'rtacha tezligini toping.
3. Yangi mavzuning bayoni

Yangi mavzu bayonining rejasi.



  1. Misollar keltirish orqali tekis o'zgaruvchan harakat haqida tushuncha berish.

  2. Tekis o‘zgaruvchan harakatga ta’rif berish va ta’rifning mazmunini tushuntirish.

  3. Misollar keltirish orqali tezlanish haqida tushuncha berish, uni ta’riflash va formulasini keltirish.

  4. Tezlanishning asosiy birligini keltirib chiqarish, uning hosilaviy birliklaridan bir nechtasini aytish, asosiy va hosilaviy birliklarini bir-biriga aylantirishni o‘rgatish.

  5. Mavzuga doir masalalar yechish.

Mavzu bo'yicha qoshimcha materiallar Tekis o‘zgaruvchan harakat haqida

Tekis harakat tabiatda каш uchraydi. Juda ko'p hollarda, jumladan, avtomobil, poyezd, saomolyot va boshqalarning harakati kuzatilganda, umuman, ular o‘zgaruvchan harakat qiladi. Masalan, avtomobil yurishi boshlanishida tezligi ortib, tezlashib boradi; to'xtash chog‘ida esa uning tezligi kamayib, sekinlashib boradi va to'xtaydi. Umuman, tezlik vaqt bo'yicha o‘zgarib boradi.




10-rasm


Bir qancha fizik hodisalarda tezlikning vaqt bo'yicha o'zgarishi kuzatiladi. Tezlikning vaqt bo'yicha o'zgarishi umumiy holda murakkab hodisadir.

10-rasmdan ko'rinadiki, harakatdagi yo‘l shu grafik ostidagi yuzaga teng. Bu yuza vaqtning juda kichik intervallarida olingan to'g'ri to'rtburchaklar yuzalarining yig'indisiga taqriban teng deb qaralishi mumkin. Bu har bir to'rtburchakda tezlikning o'rtacha qiymatini o'zgarmas (doimiy) deb qaraladi.

Umumart, tx momentda tezlik vv t2 momentda tezlik v2 bolsa va i>1 tezlik v2 tezlikka teng bo'lmasa, u holda tezligi o'zgaruvchan, tezlanishli harakat boladi. Harakatning tezlanishi a harfi bilan belgilanadi va uning o'rtacha qiymati o'rtacha tezlik aniqlangan kabi ariiqlanadi,

Vaqt oralig'i nihoyatda kichik bolganda, o'rtacha tezlanish harakatning haqiqiy (real) tezlanishi a ga juda ham yaqin bo'ladi.

Tezlilt narakat davomida yo'lning vaqt bo'yicha o'zgarishining o'lchovi, tezlanish esa harakat davomida tezlikning vaqt bo'yicha o‘zgarishining o‘lchovidir.

4. Mustahkamlash.


  1. Sekinlanuvchan to‘g‘ri chiziqli harakat tezlanuvchan harakatdan nima bilan farq qiladi?

  2. Jism katta tezlik, lekm juda kichik tezlanish bilan harakat qila oladimi?

  3. To‘g‘ri chiziqli notekis harakatda tezlanish vektori qanday yo'nalgan boladi?

5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uyga vazifa.

1. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan "Neksiya" 25 s davomida tezligini 45 km/soatdan 90 km/soatga oshirdi. "Neksiya"ning tezlamshini toping.



  1. Joyidan qo zg algan jism 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakat qilib, qancha vaqtda 9 m/s tezlikka erishadi?

  2. Samolyot qo nish paytida g'ildiraklari yerga tekkandagi tezligi 360 km/soat. Agar uning tezlanishi —2,0 m/s2 bo'lsa, u qancha vaqtdan keyin to'xtaydi?


8-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Tekis o’zgaruvchan harakat tezligi

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda tekis o'zgaruvchan harakat tezligi haqida tasavvurlar hosil qilish, bunday harakatda o'rtacha tezlikni topish, tezlik grafigini chizish ko'nikmalarini shakllantirish.

b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, kasbga yo’llash

d) O’quvchilarning hozirjavoblik va ijofkorlik qobiliyatini takomillashtirish, dunyoqarashini rivojlantirish



Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslikning 9-§ matni, tekis o'zgaruvchan harakatda tezlik grafigini ifodalovchi rasmlar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (3 minut).

2. o’tilganlarni so’rash (15 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).

4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).

5. O’quvchilarni baholash(4 minut)

6.Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi

1. Tashkiliy qism

2.O’tilgan mavzuni so’rash

1) Tekis o’zgaruvchan harakat deb qanday harakatga aytiladi?

2) Tezlanish deb nimaga aytiladi?

3) Tezlanish formulasi qanday izohlanadi?

4) Xalqaro birliklar sistemasida tezlanish birligi qanday ifodalanadi?

5) Tezlanuvchan harakatda a tezlanishning ishorasi qanday bo’ladi? Sekinlanuvchan harakatdachi?



3. Yangi mavzu bayoni:

Agar tekis o'zgaruvchan harakatda jismning boshlang'ich tezligi va tezlanishi ma'lum bo'lsa, uning harakat davomidagi ixtiyoriy vaqtda erishgan tezligini hisoblab topish mumkin Tezlanishning a=(v- v0)/t formulasidan jismning ixtiyoriy t vaqtdagi ν tezligi uchun quyidagi ifodani olish mumkin:

v = v0 + at.

Tekis o'zgaruvchan harakatda jismning tezligi vaqt o'tib borishi bilan bir tekis oshib boradi yoki bir tekis kamayib boradi. Jism boshlang'ich tezliksiz (ν0 = 0) tekis tezlanuvchan harakat qilgandagi tezlik grafigini 24-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin. Grafikdan foydalanib a tezlanishni hisobIab topish mumkin. Buning uchun harakat davomidagi ixtiyoriy t vaqtdagi v tezligini grafikdan aniqlaymiz. Masalan, t = 4 s da v = 8 m/s. Tezlanish formulasidan:

a =(8 m/s - 0)/4 s = 2 m/s2.

Endi jism boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan (a > 0) va tekis sekinlanuvchan (a < 0) harakat qilgan hollari uchun tezlik grafigini ko'raylik.

25-a rasmda ν0 = 3 m/s ga teng bo'lib, t = 8 sda ν= 7 m/s. Bu hol uchun tezlanishning qiymati quyidagicha hisoblanadi:

a = (7 m/s — 3 m/s)/8 s = 0,5 m/s2.

25-b rasmda ν0 = 8 m/s ga teng. t=8sdaν=3 m/s. Bu hol uchun tezlanishning qiymati quyidagicha bo'ladi:

a = (3 m/s - 8 m/s)/8 s = - 0,625 m/s2.

Odatda jismlar tinch holatdan harakatga kelganda ular avval tezlanish bilan harakatlanib, ma'lum tezlikka erishadi va shu tezlik bilan harakatlanadi. So'ngra sekinlanuvchan ha­rakat qilib to'xtaydi. Masalan, joyidan qo'zg'algan avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qilib, 120 s davomida tezli­gini 25 m/s ga oshirsin. Shu tezligini o'zgartirmasdan 240 s yursin, so'ngra tormoz berib, 60 s davomida tekis sekin­lanuvchan harakat qilib to'xtasin.

O'rtacha tezlik

Boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning vaqt davomidagi harakati uchun o'rtacha tezligi ixtiyoriy vaqtdagi tezlikning yarmisiga teng bo'ladi, ya'ni:



v0 boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning t vaqt davomidagi harakati uchun o'rtacha tezligi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:




4.Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1. Har qanday notekis harakatda tezlik o'zgaradi. Tezlanish bu o'zgarishni qanday ifoda qiladi?

    2. Tezlik — vektor kattalik bo'lib, uning moduli ham, yo'nalishi ham o'zgara oladi. To'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining moduli o'zgaradimi yoki yo'nalishi o'zgaradimi?

    3. Jismning tezlanishi nolga teng bo'lmagan paytda tezligi nolga teng bo'lishi mumkinmi?

Masala yechish namunalari.

      1. Avtomobil kuzatuvchining yonidan 10 m/s tezlik bilan o'tadi. Shu paytda haydovchi tormozni bosadi va bunda avtomobil moduli bo'yicha 1,1 m/s2 ga teng tezlanish bilan harakat qila boshlaydi. Avtomobil to'xtaguncha qancha vaqt o'tadi?

Yechilishi. Kuzatuvchi turgan joyni sanoq boshi deb olamiz va koordinata o'qini avtomobil harakatlanayotgan tomonga yo'naltiramiz. Avtomobilning kuzatuvchi yonidan o'tayotgan paytdagi tezligini v0 bilan, tormoz bosilgandan keyingi tezlanishini a bilan belgilaymiz.

Avtomobil to'xtaguncha o'tgan vaqtni vx = uQx + at formuladan foydalanib topamiz, bu yerda vx, v0x va ax - mos ravishda avtomobilning oxirgi v va boshlang'ich v0 tezliklarining va a tezlanishining X o'qdagi proyeksiyalari.

Avtomobilning tezligi X o'q bilan bir xil yo'nalgan, shuning uchun vQx = v0, tezlik kamaygani uchun ax = - a bo'ladi. To'xtash paytida vx = 0. Binobarin, 0 = v0 - at yoki at = v0. Bundan t=v1aBu ifodaga v0 va a ning qiymatlarini qo'yib, quyidagini olamiz: t = (10 m/s)/(l,0 m/s2)= 10 s.

5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish. Mavzu yuzasidan savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanish

9-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish

Dars jihozlari: darslik, tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l grafigi tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Boshlang’ich tezlik nolga teng bo’lgan hol uchun yo’l formulasini yozib bering

2) Tekis o’zgaruvchan harakatda jism bosib o’tgan yo’lining formulasi qanday ifodalanadi?
Masalalar yechish namunalari:

1. Yo’lda ikki avtomobil bir – biriga qarab harakat qilyapti: birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisining tezligi 90 km/soat.







O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

Uyga vazifa: darslikning 33 – betidagi 3 – 4 masalalarni yechib kelish, yangi mavzuga tayyorlanish

10-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Takrorlash va nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) bob mavzularini takrorlash hamda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

b) O’quvchilarga estetik tarbiya berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, fanga qiziqtirish



Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

              1. Tashkiliy qism - 2 minut.

              2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 15 minut.

              3. Test sinovini o'tkazish - 20 minut.

              4. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, test sinovini o'tkazishga tayyorgarlik ko'riladi. O’quvchilarni uch guruhga bo’ladi.

  2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Har bir guruhga bob mavzulari bo’yicha uchtadan masala beradi. 30 minut davomida o’quvchilar bu masalalarni yechib topshirishlari kerak.

  3. Test sinovini o'tkazish. Uchta variantda tuzilgan 8 tadan test topshiriqlari o’quvchilarga beriladi va qisqa muddatli test sinovi o’tkaziladi.

  1. Жисмнинг фазодаги вазиатининг вакт утиши билан бошка жисмларга нисбатан узгаришига ....... деб аталади.

А) утган йули B) механик харакати С) кучиш D) тезлиги Е) харакат траекторияси


  1. Агар автомобил соатида 120 км, 30 мин.да 60 км ва хар 60 сек.да 2 км. Йулни босиб утган булса, у кандай харакатланган?

А) нотекис B) секинланувчан С) текис D) тезланувчан Е) айлана буйлаб


  1. Жисм 5 м. Баландликдан полга тушди ва полдан кутарилаётганда 2 м. Баландликда тутиб олинди. Жисмнинг йули ва кучишини топинг?

А) 2,5 м ; 0,4 м B) 5м; 3 м. С) 7 м; 3 м. D) 7 м; 2 м. Е) 3м; 5 м.


  1. Текис харакатда йул формуласини топинг

А) S = V0 t + at 2 /2 B) S = a*b C) S = V * t D) S = V0+ V / 2 * t

E) S = V/t




  1. Графикда курсатилган харакат учун 5 сек.да босиб утилган йулни топинг

V (m/s) A) тугри жавоб йук

B) 300 м


  1. С) 200 м

D) 100 м

  1. Е) 4 м

  1. t(S)

6. Жисмда 900 бурчак остида F1 =3 N ва F 2 = 4 N кучлар таъсир этади. Тенг таъсир этувчи кучни топинг.

А) 7 N B) 1 N С) 5 N D) 25 N Е) 0,75 N
7. Автомобил 10 м/сек тезликда радиуси 100 м булган айланма йулда харакатланмокда. Марказга интилма тезланишни топинг.

А) 1m/s 2 B) 10 m/c 2 C) 0.1 m/s 2 D) 0 E) тугри жавоб йук.


8. Моддий нукта айлана буйлаб текис харакатланмокда. Расмдаги кайси нукталарда чизикли тезлик йуналиши тугри курсатилган

A) 1 B) 2 С) 3 D) 4



Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish