Jism va jismlarsiz bajariladigan mashqlarni


O’quvchi yoshlarni jismoniy sifatlarini tarbiyalashda qo’llaniladigan



Download 97,59 Kb.
bet2/6
Sana04.11.2022
Hajmi97,59 Kb.
#860499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JISM VA JISMLARSIZ BAJARILADIGAN MASHQLARNI O’RGATISH METODIKASI

O’quvchi yoshlarni jismoniy sifatlarini tarbiyalashda qo’llaniladigan

Mamlakatimizda «Sog‘lom avlod vuchun» keng kо‘lamli chuqur о‘ylab chiqilgan о‘ta hayrli ish xalq tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Davlatimizning hozrigi kuni va istiqloli yoshlarni sog‘lom qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. О‘zbekiston Respublikasining «Taolim tо‘g‘risida»gi qonuniga kо‘ra (7-modda) davlat taolim standarti, davlatning taolim sohasida о‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlarning aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.
О‘qituvchining muvaffaqiyat bilan ishlashni muhim sharti bu dastur materialini tо‘g‘ri rejalashtirishdir. О‘quv ishlarini rejalashtirganda о‘quvchi yashayotgan xududning iqlim-geografik xususiyatlarini, maktabni moddiy-texnika bazasini, dasturning har bir bо‘limi materiallarining muvaffaqiyatli egallash uchun ketadigan ilmiy asoslangan vaqtni hisobga olish zarur. Rejalashtirishda о‘quv yuklamasining barcha qismlarini takrorlash miqdori, mashg‘ulotlarda о‘quv yuklamasini asta-sekin va tо‘lqinsimon oshirib borish kerakligini inobatga olish lozim.
Bilimlarni rejalashtirish kо‘nikmalarining shakllanishi, harakatlanish qobiliyatlarining rivojlanishi va ahloqiy, irodaviy sifatlarning tarkib topishi bilan ham bog‘liq bо‘ladi.
О‘quv ishlarini rejalashtirishda о‘quvchilarga berilgan va о‘zlashtirilgan mashqlarni shunday rejalashtirish kerakki, ular shu vaqt ichida yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini о‘zlashtirib olishlari kerak.
Yengil atletika turlarini balandlikka sakrash uchun maktabda sharoit yо‘q bо‘lsa, uni boshqa mashq bilan, yaoni uzunlikka sakrash bilan almashtirish mumkin.
Sport о‘yinlari bо‘limi о‘tilayotganda sport о‘yinlarini har birini chuqurlashtirib о‘tishga harakat qilish kerak.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun turli estafetalar, aylanma trenirovka, о‘yinlar, ikki tomonlama о‘yinlar, aerob va aerob holatlarini rivojlantiradigan davomiyligi 20 sek 18 min bо‘lgan о‘yinlar qо‘llaniladi.
«Dastur bо‘limi» grafasini har bir sport turi bо‘yicha asosiy faoliyati shakli yoziladi. Masalan, «Yengil atletika» 60 m, 1600 m uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, tо‘pni uloqtirish, mokisimon yugurish mashqlari.
Keyin sport о‘yinlaridan «Basketbol» sport turi bо‘yicha yoziladi.
«Soatlar soni» grafasiga, sport turlari bо‘yicha belgilangan soatlar о‘tkaziladi. Bunda har bir о‘qituvchi maktabdagi sharoit va anjomlari hamda о‘zini mutaxassisligini hisobga olgan holda soatlarni choraklarga taqsimlaydi (bunda taqsimlash tamoyiliga rioya qilish zarur).
1-IV-chorakda qoidagi asosan yengil atletika sport о‘yinlari, futbol, suzish mashg‘ulotlarini ochiq havoda о‘tkazish rejalashtiriladi. II-III-chorakda (zalda) gimnastika, sport о‘yinlari, kurash rejalashtiriladi. Masalan, yengil atletika I-IV choraklarda (8, 10 nisbatan), gimnastika II-III chorakda (6-8 soat), sport о‘yinlari – hamma IV-chorakda (chunki zalda ham, ochiq havoda ham о‘ynash mumkin. 1-chorakda-6, 2-chorakda-4, 3-chorakda-6, 4-chorakda-4 soat).
Futbol esa I-IV-choraklarda (4 soatdan –12 soat) rejalashtiriladi.
Yengil atletika, gimnastika va boshqa sport turlarida bir necha tur faoliyati bо‘lganligi sababli ularni choraklarga aniq tarqatish zarur.
1-chorakda yengil atletika tezkorlik, koordinatsiya qiyinchiligi kam bо‘lgan turlar (60 m yugurish, mokisimon yugurish, uzunlikka sakrash), IV-chorakda esa (bolalar gimnastikasi, sport о‘yinlari, kurash bilan shug‘ullanib kelganlaridan keyin, harakat koordinatsiyasi oshadi, kuchli va chidalilik bо‘lishadi) balandlikka sakrash, tо‘pni uloqtirish, 1600 m yugurish mashqlari beriladi, bular yoki daqiqalarda beriladi.
II-chorakda gimnastikadan, akrobatika, kanatga chirmashib chiqish, tayanib sakrash, osilish va tayanish mashqlarini rejalashtirish kerak (ular daqiqalarda beriladi).
Saf mashqlarini qaysi turdagi dars bо‘lishidan qatoiy nazar har tо‘rt chorakda taqsimlanadi.
Sport о‘yinlari IV-chorakga taqsimlagani sababli, ularni texnik murakkabligi bо‘yicha, I-chorakda-tо‘pni olib borish, uzatish va ilib olish, II-chorakda olib yurish, tо‘pni savatga tashlash, III-chorakda-tо‘pni uzatish, olib yurish, bir-biriga tashlashlar, oddiy qoida bо‘yicha ikki tomonlama о‘yinlar, IV-chorakda esa shuni о‘zi, lekin tartibga tushirilgan о‘yin qoidasi bilan о‘ynash rejalashtiriladi.
Xuddi shu uzluksizlik tamoyiliga о‘xshab I-III-IV-choraklar bо‘yicha futbol materiallari 4 soatdan taqsimlanadi.
Shu bilan birga sport turlari bо‘yicha takrorlash sonini kо‘paytirish uchun (soati kam bо‘lgan turlarda) boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini diqqatini sо‘ndirmaslik uchun) darslar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘linadi.
Masalan, 1-chorakda yengil atletika 8 soatga rejalashtirilgan bо‘lsa, 4 soat tо‘liq dars, 4-soati sport о‘yinlari va 2 soati futbol bilan birlashib kompleks dars tuziladi.
Futbol bilan darsda kо‘pchilikni jalb qilish mumkin bо‘lgani uchun faqat tо‘liq darslar ham о‘tish mumkin. Lekin yengil atletikani 8 soatida harakat kо‘nikmalarini egallash qiyin bо‘lgani uchun, u tо‘liq 8 ta kompleks dars qilib о‘tkazish mumkin.
Xuddi shu tamoyil bо‘yicha boshqa choraklarda ham darslarni tо‘liq va kompleks qilib о‘tkazish mumkin. Masalan, 3-chorakda 8 soat gimnastika, 6 soat basketbol, 4 soat futbol, 2 soat harakatli о‘yinlar berilgan (grafikaga qarang).
Rejalashtirishni quyidagicha qilish mumkin: 16 soat gimnastikadan kompleks dars, basketboldan 2 ta tо‘liq, 4 ta kompleks dars, 4 futbolni 8 ta kompleks va 2 soat harakatli о‘yinlarni 4 soatli kompleks dars qilganda (gimnastika – 16, basketbol 4q8 soatq4 harakatli о‘yinq16)q18 soat dars bо‘ladi.
Qolgan choraklarda ham xuddi shu tamoyilga qarab soatlar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘lib о‘rgatiladi.
Har darslik ish rejasini tuzish uslubiyati
Yillik grafik asosida har bir chorak uchun har darslik ish rejasi tuziladi (2-jadvalga qarang).
Dastur bо‘limlarining vazifalari grafasida bir chorak uchun taolim berish ma’lum harakatlarni takomillashtirish vazifalari qо‘yiladi. Keyin grafikka binoan har bir dars aniq qilib shu mashqni bajarish uchun vositalar tanlanadi. Masalan, 1 dan 6 darsgacha futbol rejalashtirilgan bо‘lsa, har bir dars ish rejasiga vosiatalar tanlab yoо‘iladi.


  1. Download 97,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish