Jip hám shiyki ónimlerdiń siziqli tiġizliġİ Laboratoriya jumısınıń maqseti



Download 0,79 Mb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#277113
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-курс лабор

Noto’qima to’qimachilik materiallari ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi
Jahonda noto’qima materiallar ishlab chiqarishning rivojlanish yo’nalishlarini tahlili shuni ko’rsatdiki, noto’qima materiallar ishlab chiqarish texnika na texnologiyasining keng miqyosda joriy etila boshlaganiga 40 yil bo’ldi. Bu tarmoqning an`anaviy to’qimachilik texnologiyalaridan asosiy farqi va istiqboli uning yuqori texnik iqtisodiy samaraga egaligidir.

Bundan tashqari noto’qima materiallar texnologiyasini samaradorligi uning yuqori darajada avtomatlashtirilganidadir va ishlab chiqarishning keng assortimenti boshqaruvidan iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda ishlab chiqarishni moslashuv qobiliyatini an`anaviy to’qimachilik ishlab chiqarishga qaraganda ancha yuqoriligidadir.

Noto’qima to’qimachilik materiallari ishlab chiqarishni rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatib turibdiki, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari asosida uch xil usul qabul qilingan - mexanik, fizik-kimyo, mexanik kimyo va qo’shma texnologiyalar.

AQSh da noto’qima materiallar asosan fizik-kimyoviy texnologiya (70%) bo’yicha, Germaniyada mexanik va fizik-kimyoviy texnologiya bo’yicha ishlab chiqariladi. Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda fizik-kimyoviy va qo’shma texnologiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish tendentsiyalari kuzatilmoqda.

Mexanik texnologiya bo’yicha qayta ishlanayotgan materialga maxsus asbob-uskunaning ishchi organlari ta`sir etadi va buning natijasida to’qib tikilgan va ignateshikli (bog’lov bilan ishlanmagan) noto’qima materiallar ishlab chiqarilmoqda.

To’qib tikilgan materiallarni ishlab chiqarish tolali xolst xalqalarini mexanik usulda to’qish bilan amalga oshiriladi (xolst tikilgan materiallar) yoki karkasli materialni yuz tarafida patli xalqalarni hosil qilib olinadi (karkas qilib to’qilgan).



Fizik-kimyoviy texnologiya tolali materiallarga bog’lovchi moddaning ta`siri bo’yicha amalga oshadi va quritish hamda termik ishlash natijasida pishiq holga o’tadi. Bu texnologiya bo’yicha quyidagi usullar bilan noto’qima materialar olinadi: bog’lovchi moddaning singdirilishi, eritmadan qoliplash, issiq holda presslash, qog’oz tayyorlash.

Qo’shma texnologiya bo’yicha ishlanayotgan tolali materialga bir paytning o’zida mashina ishchi organlari ham kimyoviy ta`sir ko’rsatadi, buning natijasida tayyor mahsulot pishiqlanish holatiga o’tadi. Bunday usul bo’yicha qo’llanilgan ikki texnologiyadan biri asosiy bo’lib hisoblanadi, chunki u tayyor mahsulotni ko’rinishini va sifatini belgilaydi, ikkinchisi esa xolstning texnologik o’tishini yaxshilaydi yoki olinayotgan mahsulotga yangi xususiyatlar beradi.



Valikli tarovchi mashinalarda paxta qatlamini shakllantirish usuliga xos bo’lgan xususiyatlar tolali chiqindilarni noto’qima materiallarga aylantirishga juda ham mos keladi. Mexanik xolst hosil qiluvchi takomillashtirilgan usul tarovchi mashina unumdorligini uzluksiz oshirish bilan xarakterlanadi. Tarovchi mashina asosan xolst hosil qiluvchi elementlar bilan jihozlangan bo’ladi. Noto’qima materiallar ishlab chiqarishga mo’ljallangan valikli tarovchi mashinalarni hamda junni qayta ishlovchi mashinalarning rivojlanish yo’nalishlari bir-biriga mos keladi. Ishlab chiqarish unumdorligi mashinaning tezlik rejimi va uni ishlovchi elementlarga hamda kengligiga bo’lgan yuklanishni oshirish hisobiga oshadi.

Tarash mashinalari yordamida chiqindilardan yoki ular qo’shib borilgan xom ashyodan noto’qima materiallarni ishlab chiqarishda (tolani uzunligi 60 mm gacha yoki kimyo tolalarni hamma turlari va yigirilmagan paxta tolasi chiqindilari) Vibrachut turidagi moslamalar ishlatiladi. Noto’qima materiallarni ishlab chiqarishda qo’llaniladigan Vibrafeed moslamalari universal moslamalar vazifasini bajaradi. Ularning unumdorligi ishchi kengligi 2,5 metrni tashkil etganda 500 kg/soatga etadi, butun uzunligi va kengligi bo’yicha bir tekisligi ta`minlanadi. Kerakli paytda vibrota`minlash moslamalar ta`minlagichlar bilan jihozlangan bo’ladi. Bu variant mashinani masalan, oldindan aralashmani toy shaklida shakllangan holda qo’l yordamida ta`minlashni ko’zda tutadi.



CU 311d, CU 3211 e va CU 331f tarash agregatlariga xolstni bir tekisligini ta`minlash borasida yuqori talablar qo’yildi. CU 331 f va CU322 h tarash agregatlarining texnologik sxemasi 24, 25-rasmlarda ko’rsatilgan.

CU3121, CU322 h va CU312 m tarash agregatlari xolst qavatini o’rta va yuqori bir tekislikda chiqarish uchun mo’ljallangan. Barcha agregatlar ikkinchi tarash mashinasini ta`minlash moslamalari bilan jihozlangan, bu esa vatkani taxlanishida tolani ko’ndalang (4FA turi) yoki uzunasiga (4GA turi) joylashishini ta`minlaydi. Hamma tarash agregatlari yuqori tezlikdagi tizimli oqimlarda ikkitasi va undan ko’p bulgan holda bir-birlari bilan birga butlanishi mumkin, bu esa og’ir vaznli noto’qima matolarni ishlab chiqarish uchun zarur.

24-rasm. Befama firmasining CU 331 f tarash agregati.



25-rasm. Befama firmasining CU322 h tarash agregati.


80-yillarning boshlarida tolali qatlamni tsentrifuga-dinamik usulda shakllantirish ishlab chiqildi. Shu usul asosida Germaniyaning Hergeth firmasi izotrop vatkani WSW/K5 ishlab chiqaruvchi tarash mashinasini yaratdi. Tsentrifuga-dinamik tarash mashinasi qayta ishlanayotgan xom ashyo vatkani strukturasiga qarab universalligi bilan ajralib turadi. Bu usulni qo’llab, texnologik parametrlarni tanlagan holda hamma xom ashyoni yaxshi chimdib, vatkada uning uzunasi bo’ylab tola orientatsiyasini aniq ifodalagan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

WSW/K5 mashinasi yordamida maxsus vositalarni ko’plab yoki termoplastik usul bilan noto’qima matolarni uzunasi va ko’ndalangi bo’yicha pishiqlik nisbati 1,2:1 dan 6:1 atroflarida bo’ladi, chunki xolstni zichligi oshishi bilan uning ko’ndalangi bo’yicha pishiqligi oshib boradi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish va ishtirok etuvchi mehnat resurslari kamayadi.

Maliwatt (№1) va Malivilies (№2) mashinalari asosida tuzilgan avtomatlashtirilgan tizimli oqimlar Polshaning Befama firmasining tarash mashinalari bilan butlangan bo’ladi. Tizimli oqimlar tarkibiga: IN turdagi ta`minlovchi moslama, 2V va 2VA ta`minlovchi guruh, 3RV, 3FF yoki 2V turdagi tarash mashinalari, 4FA va 4GA turdagi tasmali konveyerlar, 5Ts31-5 turdagi gorizontal xolst ishlab chiqaruvchilar, VV 30 turdagi kompensatsiya konveyeri va Maliwatt va Malivilies turdagi to’qib-tikish mashinalari kiradi.

Ishlov berilayotgan xom ashyo turiga, xolst va tayyor mahsulotning bir me`yorligiga qarab tizimni bir va ikki qator tikishni ta`minlaydigan agregatlar bilan butlash mumkin.

Tarash mashinalar turi avtomatlashtirilgan tizim oqimini hamma bo’laklarini maksimal holda ishlashini hisobga olib tanlanadi. 26-rasmda Maliwatt-M1 mashinasi bilan komplektlangan avtomatik potok liniyasi keltirilgan.

26-rasm. Maliwatt-M1 mashinali potok liniyasi.




6-lаbоrаtоriya ishi

PILLАNI YAKKА HОLDА CHUVISH VА PILLА IPINI ХUСUСIYATLАRINI TЕKSHIRISH


Ishning mаqsаdi: Pillаdаn ipаk mаhsulоtlаrini chiqishi, pillа ipining chiziqli zichligi, pillа ipini umumiy vа uzluksiz uzunligini аniqlаsh usulini o’rgаnish.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish