Jinsiy va Reproduktiv salomatlik


Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar nazarga tutiladi



Download 189,62 Kb.
bet3/3
Sana10.03.2022
Hajmi189,62 Kb.
#488978
1   2   3
Bog'liq
Reproduktiv salomatlik nima

Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar nazarga tutiladi:
Kontratsepsiya xizmati bu istalmagan homiladorlikning oldini olish bo‘lib, hozirgi kunda kontratseptiv vositalarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ulardan mamlakatimizning har bir nuqtasida ayollarimiz salomatligi uchun ular bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Ulardan bachadon ichi vositalari (BIV), og‘iz orqali qabul qilinadigan gormonal tabletkalar (OK), in’eksion vositalar (IK), to‘siq usullari (prezervativ), qolaversa, ixtiyoriy jarroxlik sterilizatsiyasi (IJK) zamonaviy laporoskopik usulda amalga oshiriladi.
Ayolni homiladorlik davrida erta hisobga olish, homiladorlikni kuzatish, tug‘ruqqa tayyorlash, tug‘ruqdan keyingi chilla davrini olib borishni o‘z ichiga oladi. Homilador ayolni homiladorlikning 14-20 haftaligida perinatal skrining tekshiruvidan, chaqaloq tug‘ilgandan keyin 5 kun ichida neonatal tekshiruvidan o‘tkazilishi bolalikdan nogironlikni oldini olish uchun zamin yaratadi.
Ayollarni jinsiy yo‘l orqali yuquvchi kasalliklar OIV , OITS va TORCH infeksiyalarga tekshirish va davolash. Bu bilan homila tushishi, o‘lik tug‘ish, homilaning nuqsonli rivojlanishi, homilaning o‘smay qolishi hamda bepushtlik oldi olinadi.
Xalqning tibbiy madaniyatini oshirish ayniqsa, mahallalar, kollej, maktab, oliygohlar bilan ishlash, ular orasida tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va buning uchun har bir insonning o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimining eng ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom oilani shakllantirish borasida muxtaram Yurtboshimiz tomonlaridan qator qarorlar chiqarildi.
Ayniqsa, 2009 yilda YUrtboshimizning «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida»gi hamda «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi tug‘risida»gi qarorlari qabul qilinib, joylarda aniq manzilli va malakali tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Har bir insonga o‘z sog‘ligi uchun o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish va bu borada etarli bilim , malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish bugun nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining, balki butun jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga ega» ekanligi aniq ko‘rsatildi va tibbiyotning kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi. 1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonuni, 1996 yil 29 avgustda «Fuqarolar sog‘ligini saqlash tug‘risida»gi qonuni, 1998 yilda «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi tug‘risida»gi Prezident Farmoni va qator boshka hukumat qarorlarining ham asosida tarzini shakllantirish masalalariga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ushbu qonun va farmonlarning ijrosi sifatida 2001 yilda Respublika salomatlik markazi negizida Salomatlik institutining tashkil etilishi, 2005 yilda Sog‘likni Saqlash Vazirligi Axborot-taxlil markazining Ushbu institut tarkibiga kiritilishi masalaga yanada chuqurroq, aholi kasalligidagi kursatkichlarini e’tiborga olgan xolda yondashish imkonini yaratadi.
Yuqorida qayd etilgan onalik va bolalikni himoya qilish sog‘lom avlodni kamol toptirish sohasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar va dasturlar asosida aholi orasida reproduktiv salomatlikni va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ommalashtirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish mutaxassis tibbiy xodimlar oldida turgan vazifalaridan biridir.
Download 189,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish