Jinsiy tarbiya



Download 28,94 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi28,94 Kb.
#637090
  1   2
Bog'liq
JINSIY TARBIYA


JINSIY TARBIYA
Reja:

  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar

  2. Balog’atga yetish davri

  3. Trixomoniaz




Jinsiy tarbiya - bolalar, o’smirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan
to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va
pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. J. t. shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. J. t.ning asosiy vazifasi yosh
avlodning yaxshi o’sib-unishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu
ko’st qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. J. t.ni bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga moc tushadigan qilib olib borish zarur.
Ko’plar J. t.ni balog’at yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu noto’g’ri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Ko’pgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb o’ylab yoshlarni
qiziqtiradigan masalalar to’g’risida so’zlashmaslikni lozim ko’rishadi.
Natijada, bolalar atrofdagilardan, ko’pincha tasodifiy manbalardan ko’r-ko’rona maʼlumotlar olib,
o’zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qoladilar.
Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida
tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki o’smirlik davriga kelib gormonal o’zgarishlar, balog’atga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo bo’ladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar bo’lishlari lozim. J. t. jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini o’rgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy
jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bog’liq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida
badanning erogen zona deb ataladigan (q. Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish,
ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari bo’lsa, vaqtida davolatish zarur. Shu
yoshdagi bolalarda, odatda, ro’zg’or ishlariga qarashish istagi paydo bo’ladi, ota-onalar bu istakni rag’batlantirib turishlari, o’g’il bolalardan qizlarga yordam berishni
talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band bo’lishi J. t.da muhim ahamiyatga ega. [[Balog’atga yetish davridagi J. t., birinchi galda, shu davrda o’smirning organizm va shaxsiyatida bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12—14 yoshda, o’g’il bolalar esa 13—15 yoshda o’smirlikka qadam qo’yishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy
bezlarining faoliyati kuchayadi, asta- sekin jinsiy mayl uyg’ona boshlaydi (q. [[Balog’atga yetish). [[Balog’atga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar
sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga o’tib kelayotgan oriyat tuyg’usi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yo’lidagi andisha tuyg’usi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yo’l-yo’lakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni aʼnaviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini ushuntirib
qo’yish muhim. Balog’at yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy o’rtoqlaridan emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz ko’rishga, o’g’il bolalarni esa ixtilom bo’lib turishga
tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena
qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, o’g’illariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Yoshlar o’zlarida paydo bo’lib boradigan allanechuk
istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi o’z tengqurlari oldida endi o’zlarini noqulay his qiladigan bo’lishadi.
Mana shu davrda yoshlar o’zlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band bo’lsa, ko’ngli odamlarga
xayrixohlik bilan to’lib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo bo’lmaydi. Shuning uchun yoshlardagi ijodiy mayllarni, ko’p qirrali qiziqishlarni tarbiyalab borish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlarini targ’ib qilish nihoyatda muhim. Chunki jismoniy tarbiya va sport yoshlarning ortiqcha kuch-quvvati va vaqtini
band qilib, organizmning har tomonlama kamol topishiga, baquvvat bo’lishiga yordam beradi
(q. Jismoniy tarbiya, Aqliy tarbiya). Ota-onalar va pedagoglar yeshlarni hurmat qilib, ularning fikrlari bilan qiziqishlari va o’rtoqlashishlari lozim. Odam jismonan va ruhan balog’atga yetganidan keyin chin muhabbat paydo bo’ladi. Bunday muhabbat o’zaro hurmat, dunyoqarash va qiziqishlarga hamohang bo’lsa insonning hayotini boyitadi va mustahkam oila qurish uchun negiz yaratadi.

Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan eng xavfli kasalliklar


O‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib esa, ularning soni 25tadan oshgan. Ularning ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib, tibbiyotchilar haligacha ularga qarshi samarali da’voni yarata olishmadi. Barchaga ma’lumu mashhur orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OIV) va genital gerpes virusi shular jumlasidan.Qizig‘i shundaki, inson papilloma virusi, sifilis va genital gerpes xastaliklari faqatgina teri orqali yuqib, bu holda maxsus himoya vositalari (prezervativlar) hech qanday yordam bera olmaydi.Eng yomoni, bu kabi xastaliklarga chalingan har uch bemorning ikki nafari hali 25 yoshga to‘lib ulgurmaganlardir. Dunyo bo‘ylab har 15 soniyada bir kishi ana shunday xastaliklarga chalinadi. Odamlar ko‘ngilxushlik qilish istagining shu qadar kuchliligidan oldida qanday ayanchli va og‘ir musibatlar kutayotganiga shunchaki ko‘z yumishadi. Bu tabiiy hol albatta. Vujud istak-xohishlardan o‘t bo‘lib yonsa, yurak qaynoq, o‘tli muhabbatni tusab tursa, fojeali qismat haqida qanday bosh qotirish mumkin?!E’tiboringizga havola etishni istagan quyidagi ma’lumotlar yoshlarni tizginsiz nafs ortidan ketsa ularni qanday natijalar kutishidan ogohlantiradi, bu yo‘ldan qaytaradi, degan niyatdamiz.
1. OIV-OITS
OIV – inson immuniteti yetishmasligi virusi bo‘lib, orttirilgan immun tanqisligi sindromining so‘nggi bosqichi sanaladi. Bunda odam organizmida ko‘p sonli xavfli o‘smalar paydo bo‘ladi, infeksiya, turli virus, bakteriya, zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi infeksiyalar avj oladi. Odatda sog‘lom kishilar organizmi ularga qarshi yetarlicha kurasha oluvchi immun tizimiga ega bo‘ladi.
OIV holatidan esa oddiygina shamollash virusi ham inson organizmini adoyi tamom qila oladi. Unutmaslik lozimki, OITSni davolash imkonsiz, uni qimmatbaho dori vositalari yordamida bir muncha vaqt ushlab turish mumkin xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra bugun dunyoda 42 million nafardan ziyod OITSga chalingan bemorlar ro‘yxatga olingan (Yana millionlab bemorlar o‘zining kasal ekanini bilmaydi yoki buni barchadan sir tutadi). Ular soni har kuni kamida 14 mingtadan oshib bormoqda.
OITSning yuqish yo‘llari: qon orqali — jinsiy aloqa, shprits, ba’zida homilador ayoldan go‘dagiga.
2. Sifilis
Jinsiy aloqa vaqtida yuquvchi kasallikni treponem mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Dastlab xastalik bir oy muddat inkubatsion rejimda yashirin kechadi. Shundan so‘ng teri, shilliq qavatlar, ichki organlar, suyaklar va asab tizimini shikastlaydi. Kasallik uzoq muddat, juda murakkab va anchagina qimmatga tushuvchi davolanishni taqozo etadi.
3. Xlamidioz
Klinik xaritasi: teri-tanosil kasalliklari ichida «lider». Har yili bu kasallikka o‘rtacha 100 million kishi chalinadi. Bu dunyodagi jinsiy faol bo‘lgan erkak va ayollarning 5-15 foizi demakdir.
Kasallikni xlamidioza – Chlamidia trachomatis keltirib chiqaradi va siydik yo’li kasalliklari, erektil funksiyaning sustlashuvi hamda bepushtlikka olib keladi.
Shuningdek, xlamidioz ateroskleroza, suyaklar zaiflashuvi, qon tomir kasalliklari, hattoki, qandli diabetning rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi. Uning ko‘rlika olib kelgan holatlari ham qayd etilgan. Xlamidioz muntazam ravishda immun tizimini zaiflashtirib, organizmning o‘z-o‘zini himoya qilish kuchidan mahrum etadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, bemor onadan homilaga.
4. Gonoreya
Mazkur infeksion xastalikni gonokokklar keltirib chiqaradi. Ular siydik chiqarish yo‘llari, ko‘z, og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri ichakning shilik qavatini shikastlaydi. Uning dastlabki alomatlari peshob qilish vaqtidagi og‘riq va siqishlar, turli ajratmalar bilan ko‘zga tashlanadi. Bu paytda shifokoga murojaat qilinsa, xastalikni arzonroq, osonroq va tezroq davolash mumkin. Aks holda asoratlari og‘irlashib, surankali tarzga o‘tadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, shaxsiy gigiyena vositalari — ichk kiyim, mochalka, sochiqlar.
5. Trixomoniaz
Eng keng tarqalgan siydik yo‘li kasalliklaridan. Yer yuzi aholisining taxminan 10 foizi ushbu xastalikka yo‘liqqan. Uning tarqatuvchisi bir hujayrali sodda trixomonad parazitidir. Mazkur kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, hattoki erkak va ayollar bepushtligiga sabab bo‘ladi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, unitazga o‘tirish.
6. Mikoplazmoz
Mikoplazmoz – urogenital zonalarning infeksion-yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, mikroorganizmlarning Mycoplasma turiga mansub mikroblar keltirib chiqaradi. Ular jonli organizmdagi hujayralarda parazitlik qilib, mustaqil yashashga layoqatli emas. Mazkur turdagi mikroblar yetarlicha tadqiq etilmagan.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador onadan go‘dakka.
7. Ureplazmoz
Ushbu teri-tanosil xastaligini ureaplazma deb nomlangan mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 70 foiz ayollar ularning tarqatuvchisi hisoblanadi. Eng xavfli jihati, kasalliklikning alomatlari yashirin tarzda kechadi. Odatda ureaplazma unchalik faol bo‘lmaydi. Biroq stress va immun tizimini susaytiruvchi boshqa hollarda ular kuchayadi. Ilmiy tadqiqotlarda ureaplazmalar spermatozoidlar faolligini yo‘qotib, ularni butkul yo‘q qilishi isbotlangan.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador onadan go‘dakka.
8. Genetal gerpes
Genital gerpes yoki ikkinchi darajali gerpes lablarda paydo bo‘luvchi uchuqni keltirib chiqaradigan gerpes virusining (uchuq) “qarindoshi” sanaladi. Bunda butun organizmga zarar yetadi. Jumladan, gerpes jinsiy a’zolar, teri, ko‘z, immunitet kuchsizlangan taqdirda, jigar, oshqozon va bosh miyani shikastlaydi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, tananing shikastlangan qismlari bilan aloqa — qo‘l, lab va boshqalar.
9. Pedikulez (qov biti)
Ushbu xastalik 20-asrning o‘rtalaridan keng tarqala boshladi. Asosiy alomatlari qattiq qichishish, kulrang-ko‘kimtir dog‘lar, yaralar, sochda sirkalarning paydo bo‘lishi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, buyumlar orqali (choyshab, kiyimlar va boshqalar).
10. Inson papillomavirusi
Inson papillomavirusi eng zamonaviy xastaliklardan biri. Turli manbalarda reproduktiv yoshdagi 70-95 foiz insonlarda u qaysidir darajada rivojlangani qayd etilgan. Ayni paytda kasallikning yuzdan ziyod turi aniqlangan. Ularning faqatgina 40 turi o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Qolganlari bezarar yoki yorqin alomatga ega emas. Bachadon bo‘yni saratoni xastaligining rivojlanishiga ham ushbu kasallik sabab bo‘lishi mumkin. Bunda inson papillomavirusi avvalo jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi va keyinchalik saratonning avj olishiga sabab bo‘ladi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa
11. Gepatit V
Gepatit V (HBV) dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va o‘ta yuqumli xastalik. Har yili o‘rtacha 4 million kishi mazkur kasallikning og‘ir turiga chalinadi. Bu xastalik virusi qonda uzoq muddat saqlanib turishi va ilk alomatlarini yillar o‘tganidan so‘ng namoyon etishi mumkin. Gepatit V virusi tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli. Qurigan qon tomchisi, ustara (lezviye) yoki igna uchida bir haftagacha jon saqlashi mumkin. Boshqa insonlar terisi yoki shilliq qavatiga tushishi bilanoq kasallik rivojlanishi boshlanadi.
Ilk alomatlari shamollashga o‘xshaydi. Bir necha haftadan so‘ng esa ishtahaning keskin tushib ketishi, o‘ng qovurg‘a osti qismida og‘riq, qayd qilish boshlanadi, peshob rangi quyuqlashadi, axlat rangsizlanadi. Immunitet kuchli bo‘lgan taqdirda, kasallik 90 foizga yo‘qoladi. Biroq kasallik surunkali tusga kirsa jigar hujayralariga shikast yeta boshlaydi va saraton avj olishi mumkin.
Gepatita Vning yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, bemor qoni tekkan buyumlarga teginish, homilador ayoldan go‘dakka.
Bugun ko‘pchilik sayoq yurishni hush ko‘ruvchilar “xavfsiz jinsiy aloqa” mavjudligiga o‘zlarini qattiq ishontirishgan. Ular o‘ylab ko‘rmaydilarki, bunday vositalar samara keltirayotgan bo‘lsa, teri-tanosil kasalliklari qanday qilib bu darajada avj olib ketayapti? Ishonch bilan aytish mumkinki, himoya vositalari (prezervativlar)ning ishonchliligiga hech kim hech qanday kafolat bera olmaydi!

Barchaga ma’lumki, 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Dunyoda aql bovar qilmas darajada ko’payib borayotgan OITS kasalligiga chalinish buxronini to’xtatish bugunning eng muhim masalalaridan biri ekanini anglash va tushunish har bir fikrlovchi fuqarolarga taaluqlidir.


Odamlarni bu ofatdan saqlashda asosiy e’tiborni jamiyatimizning qadimdan odat bo’lib kelgan sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, xalqimiz tomonidan qoralangan illatlar (narkomaniya, foxishabozlik, ichkilikbozlik)ni tag-tomiri bilan yo’qotish kabi masalalarga qaratish darkor.


OITS nima? OITS- orttirilgan immunitet tanqisligi sindomi so’zlarining qisqartmasidir. Ya’ni orttirilgan – tug’ilmagan, balki virus (OITV) ning ta’siri oqibatida olingan; immunitet – tizimga taaluqli; tanqisligi – kasallikni chaqiruvchi viruslar hozir bo’lganda immunitet tizimi tomonidan javob bo’lmasligidir; sindrom – bu insonning kasal ekanligini ko’rsatib beruvchi bir qator alomatlar va simptomlardir.
Shu o’rinda:

  • OITS o’z girdobiga ko’proq o’smirlar, yoshlarni qamrab olib, o’limga

olib kelishini;

  • Bu hol ota-oanlarga tuzatib bo’lmas ruhiy ta’sir o’tkazishini;

  • Xalq xo’jaligida eng samarali ishchilar soniga salbiy ta’sir

ko’rsatishi;

  • Vatanimiz mudofaa quvvatining susayishiga;

  • Kelajak avlodning sog’lig’i va faoliyatini ishdan chiqishiga olib

kelishi va buni hotirjamlik bilan kuzatish mumkin emasligini alohida
ta’kidlamoqchiman.
Gellap xizmatining m’alumotiga binoan 12 % so’ralganlar: “OITS – axloq-ma’naviy me’yorlarining susaygani uchun jazo”, deb javob berganlar. Gomoseksualizm va narkomaniyani qoralovchilar OITS insonning yashash qoidalarini buzgan gunohkorlar uchun haqiqiy jazo deb hisoblaydilar. Boshqa fikrdagilar “OITS bu baxtsizlik” deb hisoblaydilar. Mashxur olimlar va amaliyotchilar fikricha:
Kelib chiqishi, tibbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar masshtabi bo’yicha OITS epidemiyasini yadroviy falokatga tenglashtirish mumkin. (Rossiya Akademiyasi Prezidenti V.I.Pokrovskiy)
● Kelib, ketuvchi vabodan farqli o’laroq OITS hech qachon ketmaydi, doimo qoladi. Ba’zi mamlakatlar aholisi butunlay qirilib ketish xavfi bor. (“OITS kuzatuvchisi” ni AQSHda birinchi bor ochganlardan R.Gall.)
● Hozirda insoniyat shunday global portlash yuz berganidan daxshatda. Biz buni sezmay qoldik. Hozirda planetamizda 5 mln inson ushbu virusni yuqtirgan bo’lsa, natijada yaqin bir necha yil ichida millionlab kasallar paydo bo’ladi. Insoniyat OITSning yangi epidemiyasi oldida turibdi va bu urushda insoniyat yutqazish xavfiga duch keldi. (OITS bilan kurash va uni oldini olish bo’yicha VOZning global loyiha direktori D.Mann)
● Ba’zi Afrika mamlakatlarida, kasalxonaga yotqizilganlarning 80 % ida OITVga antitelolar bo’lsa, kimdan bola tug’iladi? Tranzit reyslar, avtomobil haydovchilarining 33% infeksiya bilan zararlangan va ular virus tashuvchilardir. (Buyuk Britaniyaning Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligining bosh tib eksporti D. Edison)

Immun taqchilligi qonquvvatlik va hatto organizmning kasallikka qarshi kurashuvchi himoya tizimining zararlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, virusning o’zi emas, kasalliklari o’limga sababchi bo’ladi. Kasallik hujayralar va immune tizimini chuqur izdan chiqaradi. Bunday holatlar esa so’zsiz yuqumli kasalliklar, somatic kasalliklar va o’sma kasalliklarni keltirib chiqaradi. OITS insonlar immun tizimining birlamchi kasallanishi bo’lib, avvalo bu immuna komponent to’qimalarning T-limfotsitlar (helper)larni parchalanishi hamda patologik jarayonlarga makrofaglarni ham jalb etadi.


1981-yilning iyun oyida birinchi marta AQSHning Nyu-York va San-Fransizko shaharlarida yosh erkaklar orasida yuqumli kasallik va teri o’smalarining ko’paygani haqida xabarlar paydo bo’ldi. Ularda, o’pka yallig’lanishining, parazitlar kuzatuvchisi pnevmotsista (karinini) keltirib chiqarayotgani, hamda shilliq qavatlarning zamburug’lar (kandida) bilan zararlanishi, o’smalar (limfoma) paydo bo’lishi, sporalar va virus bilan zararlanganlarda bosh miya kasalliklari kelib chiqishi kuzatilgan. Bu mikroorganizmlar sog’lom odamlar uchun xafvsiz bo’lgani holda, uning immun tizimi pasayganda, jadallik bilan rivojlanish xususiyatiga ega. 1986-yilda dunyoda 40 ming kishi OITS bilan kasallangan, AQSHda 30 mingga yaqin, Fransiya va Braziliyada 1 mingga yaqin, Markaziy Afrikada 4 mingga yaqin, Angliya va boshqa mamlakatlarda 0.5 ming atrofida kasallanganlar qayd etilgan. 1987-yilda Efiopiya, Mozambik, Gvineya-Bisaudan kelgan fuqarolarning OITV bilan zararlangani aniqlangan. 1989-yil mamlakatimiz fuqarosida ham OITV infeksiyasi aniqlanadi: bu ayol Afrika fuqarosiga erga tegib, uning ota-onasinikiga boradi. U yerda farzandli bo’ladi, ammo oilaviy kelishmovchilik natijasida qaytib keladi. Qaytgandan so’ng unda mazkur virus aniqlanadi.


XXI asr vabosi bo’lmish bu kasallik OITS nomini olguncha “Sayoq yurganlar chumasi”, “4 G” (ya’ni, gomoseksualistlar (75-77%), o’ziga geroin yuboruvchilar (16%), donorlar qonidan tayyorlangan dorilardan zararlangan gemofiliya kasallari hamda Amerikadan tashqari eng ko’p kasallik kuzatilgan Gaiti aholisi ) kabi nomlar bilan atalgan.


Fuqarolik jamiyati uchun eng og’ir oqibat bizning naslimiz-bolalarimizni OITV bilan zararlanishi va OITS bilan og’rishidir. Homilador ayol uchun OITV bilan zararlanish yoki kasallanishi tug’ilajak bola uchun o’lim xavfini keltirib chiqaradi. Chunki bola infeksiyaga o’ta beriluvchan bo’ladi. Bunday holatda bolaning tug’ilishi, sun’iy tug’dirish (kesarevo secheniye) ham yordam berolmaydi. Bolalarda OITV ona qornida va qon quyish natijasida, shu bilan birga kasallangan onani emish natijasida tarqaladi.


Kasal bo’lgan bolalarning 80% ini 6 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi. OITV bilan zararlangan bolalarning o’limi holati ilk marotaba 1988-yilda Odessada ro’y bergan. Yengil tabiatli ona o’z bolasini tug’ruqxonadan olib ketmagan…

Bolalarda OITS kasalligining xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


1. Kasallikning yuqishi virus yuqtirgan onalardan homiladorlik davrida, tug’ish vaqtida va emizishda sodir bo’ladi. Bunday holatda kasallik yuqqanidan 4-6 oy o’tgach boshlanadi;
2. OITV infeksiyasining inkubatsion davri bolalarda kattalardagiga qaraganda yil emas, oylarni tashkil etadi;
3. OITSning klinik belgilari erta, kuchli va yaqqol ko’rinadi;
4. Bosh miyaning organic zararlanishi kasallikni tezlatadi;
5. O’sishdan qolish hisobiga jismoniy rivojlanishning susayishi, tana vaznining kamayishi hamda ruhiyatning buzilishi natijasida: aqlsizlik kelib chiqishi, gapirish qobiliyatini yo’qotish;
6. o’pka va ichak faoliyatining tez-tez buzilishi kuzatiladi;
7. Yomon sifatli va davolanishi qiyin kechadigan ikkilamchi infeksiyalar – bakteriyalar, zamburug’lar paydo bo’ladi;
8. 1-2 yil ichida kuzatuvda bo’lganlarning 60 % o’ladi (kattalarda bu ko’rsatkich 50 % ni tashkil etadi.)



Download 28,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish