Jinoyat va jazo


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 174,65 Kb.
bet2/15
Sana02.08.2021
Hajmi174,65 Kb.
#136534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
“jinoyat va jazo” romanida psixologizm

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Inson hayoti, tabiati, ruhiyati bilan bog`liq sof insoniy va tabiiy muammolarga qiziqish bugungi milliy adabiyotimizning xarakterli xususiyatlaridandir. Inson ruhiyatini yorituvchi badiiy asarlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi adabiyotimizda kundan-kunga ortib bormoqda.

Keyingi yillar o’zbek adabiyotshunosligida inson ruhiyatining turli xil talqinlarini o’rganishga nisbatan qiziqish kuchaymoqda. Adiblarning shaxs ruhiy holatlari bo’rtib ko’rinuvchi asarlariga e’tibor ortmoqda.

Inson qalbidagi nozik sir-sinoatlar har kungi hayotiy tashvishlar doirasida emas, aynan fojeiy vaziyatlarda yuzaga chiqadi. Adiblarning qalb kechinmalarini ochishda muayyan holatga urg`u berishlari ham, eng sara asarlarning abadiyotga muhr bosishi ham fojelik bilan bog`liqligi bejiz emas. Chunki insonning haqiqiy qiyofasini ruhiy iztiroblar belgilaydi. Iztiroblar esa kitobxon qalbiga ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, bu tasvirlar natijasida qalb ezgulashadi. Ezgulikka da’vat esa badiiy adabiyotning asosini tashkil etadi. Shu tufayli inson ko’ngli adabiyotga hamohangdir. Shuning uchun qahramonlar psixologiyasi bo’rttirilgan asarlarni chuqurroq o’rganish foydaliroqdir.

Insonning aslini uning tabiati belgilab beradi. Insonning jamiyatdagi o’rni faqatgina ijtimoiy munosabatlar, yoxud hissiy-hirsiy munosabatlar bilangina belgilanmaydi, har ikki holatning me’yorda kechishi bu o’rinni muqimlashtiradi. Shunga qaramay, inson o’zi bilgani, anglagani holda gunoh sodir etaverishi, banda ham shunga rozi ekanligi, shuning uchun ham u gunohkor inson ekanligi nazarimizdan qochmaydi.

Personajlar yaxshi va yomon jihatlari, fazilat va kamchiliklari, ojiz va kuchli tomonlari bilan ifoda etiladi. Shuning uchun ham ular inson qiyofasini kasb etadi va kitobxonni rom etadi.

Ma’lumki, F.M. Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani katta tarbiyaviy mohiyatga ega bo’lib, yosh avlod tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Chunki u orqali ijtimoiy hayotda jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar aynan insonning ichki dunyosidagi yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog`liq tarzda kelib chiqishi anglashiladi. Bu esa inson tarbiyasi yoshlikdan nechog`lik muhim masala ekanligini bildiradi. “Qing`ir ishning qiyig`i qirq yilda ham ochiladi” deganlaridek, har qanday jinoyat, albatta, ochilishi va jazosiz qolmasligi ayonlashadi. Ayniqsa, jinoyatning ruhiy iztiroblari inson uchun oliy jazo ekanligini tushunishga olib keladi.

Shularni inobatga olib, ushbu bitiruv malakaviy ishda F.M.Dostoyevskiyning mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Jinoyat va jazo” romanida personajlarning ruhiy holatini o’rganish, bunda adibning ruhiy tahlil vositalaridan foydalanish mahorati masalalarini yaxlit tizim ko’rinishida tadqiq qilish ko’zda tutildiki, shu jihatdan qaralsa, ishning dolzarbligi va ahamiyati ravshanlashadi.


Download 174,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish