Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Taniqli rus adibi F.M.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanida psixologizm masalasini o’rganish mazkur bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
badiiy adabiyotda psixologizm hodisasi bilan bog`liq jihatlarni o’rganish;
badiiy asarlarda ruhiy tahlil mezonlari bilan tanishish;
F.M. Dostoyevskiy faoliyatiga psixologik asarlarning mohir ijodkori sifatida nazar tashlash;
“Jinoyat va jazo” romani – psixologik roman ekanligini asoslash;
“Jinoyat va jazo” romanining g`oyaviy-badiiy mundarijasi bilan tanishish;
roman qahramonlarining ruhiyatini yoritishda muallif badiiy mahoratini yoritish va hokazo.