Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

34.
 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turlari 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
81-moddasiga muvofiq jazolar qo‘llanishi mumkin: - jarima; - majburiy jamoat 
ishlari; - axloq tuzatish ishlari; - ozodlikni cheklash; - ozodlikdan mahrum qilish. 
Jinoyat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan 
shaxsga nisbatan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma 
baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlanadi. 
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jarima tariqasidagi jazoni qo‘llanilganda 
mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud 
to‘lanmagan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi jarimani ikki 
soati majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bundan tashqari 
to‘lanmagan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi jarima axloq 
tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirilib u axloq tuzatish ishlari tariqasidagi 
jazo bilan almashtiradi Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburiy jamoat ishlari 
tariqasidagi jinoiy jazo tayinlashning quyidagi belgilari mavjud: - jazo voyaga 
yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar 
yetkazmasligi; - jazo voyaga yetmaganlarning o‘qish jarayonining buzmasligi; - 
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy 
jamoat ishlarini bajarish muddati olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi; 
- mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelganda mazkur jazo bir yilgacha 
bo‘lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi lozim. 
35.
 
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish majburlov choralarini 
qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Majburlov choralari faqat voyaga 
yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladi va o‘zida tarbiya mazmunini ifodalaydi. 
Ularning qo‘llanilishi jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning jinoiy faoliyatni 
davom ettirmaslik va ijtimoiy hayotga tezroq moslashishlarida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Jinoyat kodeksining 87-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy xavfi katta 


bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir 
etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini 
e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga 
kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha 250 
idoralararo komissiyada ko‘rishga topshirilishi mumkin. Ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, yuqorida 
ta’kidlanganidek, sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va 
ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish 
mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish Voyaga 
yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga 
yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalarda ko‘rishga 
topshiriladi. Jinoyat kodeksining 88-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan shaxslarga 
nisbatan quyidagi majburlov choralari qo‘llaniladi: 1. Sud belgilaydigan shaklda 
jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash; 2. O‘n olti yoshga to‘lgan shaxs 
zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash 
yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash; 3. Voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-
tarbiya muassasasiga joylashtirish. O‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga 
yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf 
qilish majburiyatini yuklash 251 tarzidagi majburlov chorasi yetkazilgan zarar 
belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan oshib ketmagan hollarda 
qo‘llaniladi. Yetkazilgan zarar belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n 
baravaridan ortib ketgan hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda 
undiriladi 

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish