modda sanksiyasidagi barcha jazo turlariga taalluqli hisoblanadi. Agarda tamom bo‘lmagan
jinoyat ayollar va oltmish yoshdan oshgan erkaklar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa va sodir
qilingan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansa, ushbu jazo turining
muddati JK 50-moddasida 113 ushbu shaxslar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan ozodlikdan
mahrum qilish jazosi muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim bo‘ladi.
Mazkur qoida:
- o‘ta xavfli residivistlarga;
- uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga;
- tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan tamom bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganlarga;
- JK 97-moddasi 2-qismidagi “Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam
o‘ldirish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 118-moddasi 4-qismidagi “O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan
shaxsning nomusiga tegish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 119-moddasi 4-qismidagi “O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga
nisbatan jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish”ga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd
qilgan shaxslarga;
- yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol
yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv
materiallarni kontrabanda qilishga tayyorgarlik ko‘rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga
nisbatan tatbiq qilinmaydi. Ushbu holatlarda jazo umumiy asoslarda tugallangan jinoyatlar
uchun tayinlanishi nazarda tutilgan jazo muddati va miqdoridan kelib chiqib tayinlanadi va
yuqorida ta’kidlangan qoida, ya’ni JK Maxsus qismi aynan bir moddasi yoki modda qismida
nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim
degan qoida tatbiq qilinmaydi. Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun - umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas. Ushbu qoida barcha turdagi jinoyatlarga
taalluqli. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda sud e’tiborga olishi
lozim bo‘lgan holatlar: - qilmishni sodir etishda ishtirok etgan har qaysi aybdorning jinoyatda
ishtirok etganlik xususiyati va darajasini; 114 - ishtirokchilik shaklini; - har qaysi
ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni; -
ushbu yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat ushbu ishtirokchining o‘ziga jazo
tayinlashda inobatga olinadi. Agarda ishtirokchilik shakli sodir etilgan jinoyatning JK Maxsus
qism moddasida alohida nazarda tutilgan bo‘lsa, uni qo‘shimcha ravishda og‘irlashtiruvchi
holat sifatida e’tirof etish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: