9. Jinoyatlarni sifat ko‘rsatgichlari va miqdor ko‘rsatgichlariga ko‘ra tasniflash nima Ishtirokchilikning ob’ektiv belgilariga: - birgalikdagi harakat (sifat ko‘rsatkichi); - ayni
bir jinoyatda ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi (miqdor ko‘rsatkichi)ni tashkil etadi.
Sifat ko‘rsatkichi - quyidagi harakatlarni sodir etilishini anglatadi. Ular: - jinoyat
ishtirokchilarining har biri o‘ziga yuklatilgan vazifani (ayni bir jinoyatning ob’ektiv tomonini
tashkil qiluvchi harakatlarni to‘la yoki qisman) sodir etishlarini nazarda tutishi; -
ishtirokchilardan birining sodir etgan qilmishi ikkinchisining sodir etishi lozim bo‘lgan
harakatlari uchun sharoit yaratib berishi; - umumiy ko‘rinishdagi ijtimoiy xavfli oqibatning
kelib chiqishi (moddiy tarkibli jinoyatlarda) barcha ishtirokchilarning birgalikdagi harakatlari
mahsuli sifatida gavdalanishi; - birgalikdagi harakat va umumiy oqibat o‘rtasidagi sababiy
bog‘lanishning mavjud bo‘lishligi.