41.
Ozodlikdan
mahrum
etish
tariqasidagi
jazo
kimlarga
nisbatan
tayinlanmaydi
Ozodlikdan mahrum qilish
deb - mahkumni jamiyatdan ma’lum bir muddatga
ajratishga aytiladi. Mahkumni jamiyatdan ajratish:
- jazoni ijro etish koloniyasiga yuborish;
- turmaga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum qilish - bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi. Bir necha
hukmlar yuzasidan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda esa - muddat yigirma
besh yilgacha belgilanishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayollarga, oltmish
yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanganda – tayinlangan jazo muddati JK Maxsus
qismining tegishli moddasida, qismida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish jazosi eng
ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ozodlikdan mahrum
qilish jazosi JK 46-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish
ishlari jazosini almashtirish tartibida tayinlanganda, uning muddati olti oydan kamroq
muddatni ham tashkil etishi mumkin mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |