Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi nima va qanday turlarini mavjud
Bir qancha jinoyatlar tushunchasi
, amaldagi JK da berilmagan, lekin jinoyat huquqida bir
qancha jinoyatlar deb - bir shaxsning ikki va undan ortiq jinoyatni sodir etishi va har-bir
qilmishi alohida jinoyat tarkibini tashkil qiladigan qilmishlar majmuiga aytiladi. Amaldagi
jinoyat qonuniga ko‘ra, bir qancha jinoyat sodir etishning quyidagi turlari mavjud. Ular:
- takroran jinoyat sodir etish;
- jinoyatlar majmui;
- residiv jinoyat sodir etish.
Bir qancha jinoyat sodir etish, jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligini oshirib,
shaxsni javobgarlikka tortish, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalariga
ta’sir qiladi.
30.
Do'stlaringiz bilan baham: |