Jinoiy javobgarlik



Download 96,31 Kb.
Sana24.01.2020
Hajmi96,31 Kb.
#37036
Bog'liq
javobgarlik

Jinoiy javobgarlik - yuridik javobgarlik turlaridan biri, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati. J. j. aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qoʻllashdan iborat. J. j.ka jalb etish jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergov qilishni va sudda muhokama qilishni (qarang Sud muhokamasi) bildiradi. Huquqiy davlatda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ravishda koʻrib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. J. j.ka tortish masalasi qonunlarning tegishli moddalarini qoʻllanish orqali hal qilinadi. Bu hol fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashning muhim kafolati hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso shaxslargina J. j.ka tortiladi. J. j.ka jinoyat sodir etishga tayyorgarlik koʻrish, suiqasd qilish; ogʻir jinoyat sodir etilayotganligi haqida aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik yoki jinoyat vositasi yoki jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan narsalarni olish yoki sotish; shuningdek, jinoyat sodir etilishiga qiziqtirganlik (dalolatchi), tashkil qilganlik (tashkilotchi) va yordam berganlik (yordamchi) ham jinoyat hisoblanadi va J. j.ni vujudga keltiradi (yana q. Jinoyatda ishtirokchilik).

Oʻzbekiston Respublikasi JK boʻyicha jinoyat sodir qilgan shaxs muayyan muddat davomida (3 y.dan 15 y.gacha) J. j.ga tortilishi kerak. Agar shu muddat ichida tortilmagan boʻlsa keyin uni J. j.ga tortish mumkin emas. Biroq tergovdan yoki suddan yashirinib yurganlarga nisbatan bu muddat 25 y. qilib belgilangan. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir qilgan shaxs esa muddat oʻtib ketganligidan qati nazar javobgarlikka tortiladi.



Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat.

vob



O‘zbekistonda 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar haqida ma'lumot berildi

2018 yilda O‘zbekistonda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«Bularning aksariyatini xo‘jalik yurituvchi sub'yekt rahbarlari tashkil qiladi - 580 nafar. Shuningdek, ta'lim sohasida 257 nafar, sog‘liqni saqlash tizimida 83 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 39 nafari respublika, qolganlari viloyat tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlagan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 821 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 138 nafari pora olish va berish, qolganlari esa boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar bo‘yicha qator shov-shuvli nomlar ham bor. Dastlab, 2018 yilning fevral oyi oxirida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari bo‘lmish Jamshid Fayziyev va Ulug‘bek Sunnatov ushlangandi. 

Keyinroq ushbu ish doirasida yana o‘ndan ortiq kishi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toshkentni titratgan prokuror» - Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatchisi Mirag‘lam Mirzayev va unga yaqin bo‘lgan boshqa prokurorlar ham bor edi.

Jinoiy ishning natijalari yaqin vaqtlar ichida keng ommaga oshkor qilinishi aytilgan.



Iyul oyida esa Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev qo‘lga olindi. U viloyatda korruptsion tizim yaratgani, Samarqand viloyat hokimligida turar joylar qurish uchun ruxsatnoma berish, yer uchastkalarini taqsimlashda o‘ziga xos «stavka» joriy etilgani ma'lum qilindi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq hokimning ofisidan pora sifatida olingan 1 million dollar miqdoridagi mablag‘ topilgan. Ayni vaqtda uning ishi sudga oshirilgan.

2018 yilning sentabr oyi boshlarida esa Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi. Unga va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 
Download 96,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish