donali, 63, 80, 100 raqamli yirik donali, 125, 160, 200 bo‘lganjuda
yirik dona ji\vir kukunlar raqamli;
2. 3, 4, 5, raqamli mayin donali, 6 , 8,10,12 raqamli mayda donali
jilvir kukunlar;
3. M -5, M -7, M-10, M-14, M-20, M-28, M-40 markali
mikrokukunlar.
Keramik bog‘lovchilar (bular К harfi bilan belgilanadi).
Bog‘lovchining asosiy oq rangli o‘tga chidamli gil, kvars, dala shpati,
talk va chaqmoqtosh kukunidan iborat. Bu tarkibiy qismlar abraziv donalari bilan qorishtirilib, katta bosim ostida presslanadi, quritiladi
va 1300-1400 °C haroratda pishiriladi. Keramik bogiovchili jilvirlash
toshlari umumiy holda 35 m/s dan oshmaydigan, maxsus ishlar uchun
moijallangan toshlar esa 50 m/s gacha aylanma tezliklarda ishlaydi.
Keramik bog‘lovchili jilvirlash toshlaridan jilvirlash ishlarining qariyb
barcha turlarida foydalaniladi.
Silikat bog'lovchi (S). Uning tarkibi quyidagicha: chaqmoqtosh
kukuni, suyuq shisha va gil. Silikat bogiovchi yordamida
tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g‘ovak boiadi. Bu
bogiovchi asosidagi toshlar mustahkam boiadi, ammo ish vaqtida
notekis yeyiladi va o‘z shaklini yo‘qotadi. Bunday jilvirlash toshlari,
odatda, sovituvchi suyuqliksiz ishlaydi, ular bilan jilvirlangan yuzalar
toza chiqadi, lekin bu toshlaming ish unumi katta emas. Ular nafis
jilvirlash uchun ishlatiladi.
Magnezial bog ‘lovchi (M) magnezit kalsiy xlorid aralashmasidan
iborat. Bu bogiovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlarining
mustahkamligi uncha katta boimaydi va ular tez va notekis yeyilishi
oqibatida o‘z shaklini yo‘qotadi. Silikat va magnezial bogiovchilar
abraziv donalari bilan zaif birikadi va nam ta’sirida puxtaligini
yo‘qotadi, bu bogiovchilar yordamida tayyorlangan jilvirlash
toshlaridan sovitish suyuqligi ishlatmay jilvirlashda foydalaniladi.
Bular silikat va magnezial bogiovchilardan keng foydalanishga
imkon bermaydi.
Vulkanit bog'lovchi (V) sintetik kauchukka 25 % gacha
oltingugurt qo‘shib tayyorlanadi. Hosil qilingan massa qorishtiriladi
va unga abraziv material aralashtiriladi. Vulkanit bogiovchi
yordamida tayyorlangan jilvirlash asbob (tosh) larining qattiqligi va
elastikligi yuqori boiadi. Bogiovchining bu xususiyati qalinligi 0,8
mm gacha va diametri 150 mm gacha boigan jilvirlash toshlari
tayyorlashga imkon beradi. Bunday dumaloq toshlar katta (75 m/s
gacha) aylanma tezlikda ishlashi mumkin, zarb yuklanishlariga
chidamli, nozik jilvirlashda, oichamiga yetkazish hamda jilolashda
ishlatiladi. Bunday jilvirlash toshlarining asosiy kamchiliklari
shundaki, ular kam g‘ovak boiadi, bu esa ulaming tez silliqlanib
olishiga olib boradi, bundan tashqari, ular haroratning ko‘tarilishiga
uncha bardosh bermaydi, chunki 150-200 °C dayoq bogiovchi
yumshaydi va abraziv donalari bogiovchiga botib kiradi, bu esa ko‘p
sovituvchi suyuqlik ishlatishni talab etadi.
Bakelit bog‘lovchi (B). Karbol kislotasi bilan formalindan sun’iy
smola-bakelit tarzida tayyorlanadi. Bakelit bog‘lovchili jilvirlash
toshlari yetarli darajada puxta va elastik bo‘ladi. Bunday jilvirlash
toshlari turli-tuman ishlar uchun, shuningdek, qirqib tushirishda va
shakldor yuzalami jilvirlashda ishlatiladi. Ular sovitish suyuqligisiz
ham, sovitish suyuqligi ishlatib ham jilvirlashda 75 m/s gacha tezlikda
ishlashga imkon beradi.
Bakelit bog‘lovchili jilvirlash toshlarining asosiy kamchiligi
shuki, yuqori haroratda ulaming puxtaligi pasayadi, ishqorli sovitish
suyuqligi (konsentratsiyasi 1,5 % dan ortiq bo‘lgan eritmalar) ulami
yemiradi va h.
Shuni aytib o‘tish lozimki, jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv
material donalarining qattiqligiga emas, balki bog‘lovchi moddaga
bog‘liqdir. Boglovchi modda yumshoq boisa, abraziv donalari oson
ajralib ketadi va jilvirlash asbobi notekis yeyilishi sababli o‘z shaklini
yo‘qotadi, natijada unga tez-tez qarab turish kerak bo‘ladi.
Abraziv asbobning qattiqligi zoldir botirish, qum purkash va
chuqurcha parmalash yo‘li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |