Йилларда франция


partiyaning ilgarigi xizmatlari va uning kelajagi ramzi edi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix


partiyaning ilgarigi xizmatlari va uning kelajagi ramzi edi.  
 
1998  yil  saylovlari  arafasida  sotsial-demokratlar  safida  ham  ikkita  rahbar  bor  edi.  Ulardan 
birining  (Oskar  Lafonten)  bu  darajaga  ko‘tarilishi  80-yillarning  boshidayoq  boshlangan  edi. 
Lafonten  modernistlar  guruhi  vakili  edi.  Modernistlar-  an’anaviy  so‘l  sotsial  demokratiyadan 
qat’iyan  farq  qiluvchi  partiyaning  yangi  so‘l  qanoti  edi.  Partiya  oqsaqollari  -  V.Brandt,  E.Epler, 
E.Bar yordami bilan Lafonten xalqaro xavfsizlik, ekologiya, terrorizmga qarshi kurash, jamiyatning 
dolzarb  muammolarini  yechish  masalalariga  bog‘liq  bo‘lgan  GSDP  dasturining  yangi  jihatlarini 
ishlab  chiqa  boshladi.  U  so‘zsiz  bandlikni  kengaytirish,  sanoat  ishlab  chiqarishi  o‘stirish, 
iste’molchilik  g‘oyalarini  rag‘batlantirishdan  voz  kechish  uchun  kurashib,  sotsial  davlat  modelini 
buzish  emas,  balki  uni  qayta  qurishga,  uning  markazlashganligi,  byurokratlashganligini 
kamaytirishga  chaqirardi.  Bu  g‘oyalar  GSDP  tarafdorlarini  ham  “yangi  sotsial  harakatlarning” 
“e’tiroz  bildiruvchi  saylovchilari”  hisobidan  ham  G‘arbda  oshib  borayotgan  “nomaterialistik 
yashash tarzi” tarafdorlari hisobidan ko‘paytirishga qaratilgan edi.  
 
Uzoq  muddat  davomida  Lafonten  partiya  raisi  X.Y.Fogel  soyasida  qoldi.  1990  yil 
saylovlarida  GSDP  bir  yil  oldin  partiya  yetakchisi  faol  ishtiroki  bilan  tasdiqlangan  yangilangan 


 
59 
dastur bilan tayyorgarlik ko‘rgan edi. Uning leytmotivi radikal Yevropaparastlik g‘oyasidan iborat 
edi.  Ammo  Germaniya  birlashishi  davrida  ro‘y  bergan  saylovdagi  mag‘lubiyat  Fogelning  siyosiy 
e’tiborining  so‘nishini  boshlab  berdi.  1994  yilga  kelib,  Lafonten  so‘zsiz  GSDP  ning  ma’naviy 
yetakchisi  edi,  saylovdagi  navbatdagi  omadsizlikdan  so‘ng  partiya  rahbari  lavozimiga  ham  ega 
bo‘ldi.  Ammo  Lafontenning  bo‘sh  joyi  o‘ta  radikal  obrazi,  favqulodda  keskin  bahs-munozaraga 
kirishish  va  oshkora  CHESTOLYUBIYE  edi.  Matbuot  uni  qoralab  “yashil  oyatulloh”  va  “kichik 
Napoleon”  deb  atadi.  Saylovlarda  muvaffaqiyatga  erishish  uchun  partiyaga  o‘zga  qiyofaga  ega 
rahbar kerak edi. Bu rahbar Gerxard Shreder edi.  
 
G.Shreder  ham  GSDP  rahbariyatida  yangi  odam  emas  edi.  1978-1980  yillarda  u  GSDP 
yoshlar  tashkilotini  boshqardi,  1986  yildan  esa  partiya  boshqaruviga  kirar  edi.  Yuridik  ma’lumot 
olishga  muvaffaq  bo‘lgan  ishchi oila  farzandi,  tajribali siyosatchi  bo‘lgan Shreder  nafaqat partiya, 
balki  umummilliy  yetakchi  qiyofasida  chiqdi.  U  saylovchilarning  ko‘pchiligi  uchun  qiziqarli 
bo‘lgan  tamoyillarga  tayandi.  Bu  tamoyillar  asosi  individual  yutuqlar  hisobga  olinganda  teng 
imkoniyatlar  g‘oyasi,  ichki  siyosatdagi  liberal  progmatizm,  muvozanatga  keltirilgan  tashqi 
siyosatdan  iborat  edi.  Saylovchilarni  Shrederning  “so‘l”  va  “o‘ng”lar  o‘rtasidagi  mafkuraviy 
kurashdan  chetlanishi,  yangilanish  strategiyasining  ijtimoiy  javobgarlik  bilan  samarali 
mujassamlashishini totishi, ZDRASTVO‘Y SMO‘SL siyosatiga o‘tishi o‘ziga  jalb qilardi.  Shreder 
ko‘p yillik inqirozdan chiqish yo‘lini boshqaruvning texnokratik usullaridan voz kechish, hukumat 
faoliyatini  “kuzatib  borish  mumkinligini”  ta’minlash,  jumladan,  “kelishilgan  harakatlar” 
(ishbilarmonlar, kasabab uyushmalari  va davlat  vakillari tomonidan  birgalik  muhokama qilishning 
o‘ziga  xos  “ishtirok  etish”  modeli)  institutlarning  qayta  tiklashdan  izlashni  taklif  qilardi.  1998 
yildagi partiya syezdida Shreder partiya shiorini tuzdi:”Biz hamma narsani o‘zgartirmaymiz, ammo 
biz yaxshiroq qilamiz”.  
 
1998 yil  saylovlari sotsial demokratlarga uzoq kutilgan g‘alabani  hadya etdi. GSDP 40,8% 
ovoz  va  298  mandatga  ega  bo‘ldi.  Parlamentda  ko‘pchilikni  tashkil  etish  uchun  “alvon-yashil 
koalitsiya”  tashkil  qilindi.  67%  ovoz  va  47  mandatga  ega  bo‘lgan  “Ittifoq  90  G‘  yashillar” 
fraksiyasi  uning a’zosi  bo‘ldi. Birinchi  marta  DSP 5%li  to‘siqni oshib o‘tdi  (5,1%  va 35 mandat). 
XDIG‘XSI  bloki  35,3%  ovozga  (245  mandatga),  EDP  esa-6,2%  ovoz  (44  mandatga)  ega  bo‘ldi. 
Gerxard Shreder Germaniyaning  yangi kansleri bo‘ldi. Lafonten avvaliga moliya  vaziri lavozimini 
egalladi,  ammo  ikki  yetakchining  birga  bo‘lishi  uzoq  davom  etmadi.  Shreder  talabchan  sherik 
homiyligidan  qutulish  va  uni  layoqatliroq  bo‘lgan  Gane  Eyshel  bilan  almashtirishga  shoshildi. 
Shreder  hukumatda  tashqi  ishlar  vaziri  “Ittifoq  90  G‘  yashillar”  bloki  yetakchisi  Yoshka  Fisher 
bo‘ldi. 1999 yil may oyida sotsial-demokratlar muvaffaqiyatli prezident saylovlari o‘tkazishdi. Bu 
lavozimni Yoxannes Rou egalladi.  
 
Ichki  siyosatda  Shreder  “neokonservativ  to‘lqin”  joyini  egallagan  yangi  siyosatchilar  Bler 
va Jospen tajribasidan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. Ustivor yo‘nalishlar kompaniyalar soliqlarini 
kamaytirish,  mehnat  bozori  egiluvchanligini  ta’minlash  va  ish  kuni  davomiyligini  o‘zgartirish, 
mehnatga  haq  to‘lash  uchun  chegirmalarni  qisqartirish,  iqtisodiyotdagi  ijtimoiy  sektorni 
yangilashdan  iborat  bo‘ldi.  Sotsial  bozor  iqtisodiyot  tizimini  tubdan  qayta  tuzish  amalga 
oshirilmadi,  ammo  iqtisodiy  o‘sish  davridagi  maqbul  siyosat  juda  samarali  bo‘lib  chiqdi.  Davlat 
xarajatlarini tejashga asosan  yerlar budjeti  hisobidan erishildi.  1999  yilda  hukumat ta’lim  sohasini 
keng miqyosda isloh qilish qarorini ma’lum qilib, bu sohaga bo‘lgan xarajatlarni ratsionallashtirish 
va  uning  samaradorligini  oshirishga  xarakat  qildi.  Istiqbolli  ilmiy-texnik  tadqiqotlar  uchun 
qo‘shimcha assignatsiyalar ajratila boshlandi.  
 
Tashqi  siyosatga  ham  Shreder  katta  tuzatishlar  kiritdi.  1999  yilda  Yeining  raisi  bo‘lishiga 
qaramasdan,  Germaniya  valyuta  ittifoqini  shakllantirishga  qaratilgan  umumevropa  dasturlari 
loyihalarini  ma’qullashga  shoshilmadi.  Germaniya  integratsiya  jarayoniga  qatnashishga  tayyor 
ekanligini  namoyish  etdi, ammo boshqa  mamlakatlar uchun  mablag‘ to‘lashdan bosh tortdi. 1999-
2000  yillarda  Germaniya  NATO  tarkibida  faolroq  bo‘ldi.  Shreder  Kosovadagi  mojaroga  nisbatan 
o‘ta murosasiz pozitsiyani egalladi  va bu  bilan  hatto demokratsion  muxolifotga ham  ma’qullandi. 
Rossiya  bilan  o‘zaro  munosabatlarda  esa  sovish  davri  boshlandi.  Oxirgi  parlament  saylovlari 
davomida  Rossiya  prezidenti  Yelsin  tomonidan  Kolning  ochiqchasiga  qo‘llab-quvvatlanishi 
Moskvaning  yangi  hukumat  bilan  yaqinlashishiga  to‘sqinlik  qildi.  2000  yilda  shu  yo‘nalishda 


 
60 
Germaniya  diplomatiyasi  Rossiyaning  tashqi  qarzlari  masalasida  yetarlicha  murosasiz  pozitsiyani 
egalladi.  

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish