Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

        Livan     Livan  Birinchi  jahon  urushi  yillaridan  1943-yilgacha  Italiya  mustamlakasi  bo'lib 
keldi. 1943-yilda Italiya ittifoqchilarga taslim bo'lgach, Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruviga 
o'tdi.  1951-yilda  Livan  mustaqil    davlat  deb  e'lon  qilindi.  Liviyada  monarxiya  qaror topdi.    Qirol  
Idris  I tashqi siyosatda,  birinchi navbatda, Buyuk  Britaniya  va AQSH  bilan yaqinlashish yo'lini 
tutdi.  Chunonchi,  1953-yilda  mamlakat  hududida  Buyuk  Britaniya,  1954-yilda  esa  AQSHning 
harbiy  bazalarini  tashkil  etish  haqida  bitimlar  imzolandi.  Shu    tariqa  buyuk    davlatlar  o'zlarining 
Afrikadagi manfaatlarini himoya 
qilishda  Livanni  tayanch  nuqtasiga  aylantirdilar.  Biroq    Idris    I  siyosati  harbiylar  orasida 
norozilik    tug'dirdi.  Ular  1969-yil  1-sentabrda  harbiy  to'ntarishni  amalga  oshirdilar.  To'ntarishga 
polkovnik  M.  Kaddafiy  (1942-  yilda  tug'ilgan)  rahbarlik  qildi.  Hokimiyat  inqilobiy  qo'mondonlik 
kengashi  qo'liga  o'tdi.  To'ntarish  natijasida  monarxiya  ag'darildi.  Mamlakat  Liviya  Arab 
Respublikasi  deb  e'lon  qilindi.  Buyuk  Britaniya  va  AQSH  1970-yilda  Liviyadan  o'z  harbiy 
qismlarini olib  chiqib ketishga majbur bo'ldi. Liviya Keyingi o'zgarishlar 
  Mamlakatda  davlat  organlarini  qayta  tashkil  etish  boshlandi.  Umumiy  Xalq    Kongressi  Oliy 
hokimiyat  organi  deb  e'ion  qilindi.  1977-yil    3-mart  kunidan  boshlab  Liviya  Arab  Respublikasi 
Liviya  Xalq  Arab  Jamaxiriyasi  nomi    bilan  ataladigan  bo'ldi.    M.  Kaddafiy  esa  1-sentabr  
inqilobining    rahbari  deb  e'lon  qilindi.  Shu  tariqa  u  davlatning  yagona  rahbariga  aylandi.  Liviya 
milliy  boyligining  asosini  neft    tashkil  etadi.  Hukumat    Livanda  neft    qazib  chiqarish  bilan 
shug'ullanuvchi barcha kompaniyalarni to'la yoki qisman milliylashtirdi. Mamlakat ichkarisida neft 
mahsulotlarini  sotish va taqsimlashni davlat o'z qo'liga oldi. Milliy  neft-kimyo sanoati hamda neft 
tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega. 
   Neft sanoatidan tashqari, banklar, sug'urta kompaniyalari, yirik qishloq xo'jalik birlashmalari, 
transport,  qurilish  kompaniyalari  hamda  tashqi  savdo  davlat  ixtiyoridadir.  Liviya  qonunlari 
kishining  mehnat  natijasini  o'zlashtirib  olmaydigan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ullanishga 
ruxsat etadi. 
   Mamlakat rahbariyati aholining  ijtimoiy  himoyasi masalasiga alohida e'tibor berdi. Ish haqi 
to'lashni davlat tartibga solib turadi. Turarjoy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy xizmat 
ko'rsatiladi.  Umumiy  va  oliy  ta'lim  ham  bepul.  Obyektiv  sabablarga  ko'ra,  mamlakat  qishloq 
xo'jaligi  kam  taraqqiy  etgan.  Shuning  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlari  chetdan  sotib  olinadi.  
Shunday bo'lsa-da,  bugungi Liviya —  dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Livan yiliga 110 min 
tonna  neft qazib oladi. Neft savdosi  mamlakat g'aznasiga 10  mlrd dollar daromad keltiradi.  Livan 
faol tashqi siyosat yuritadi.  U  Arab Davlatlari  Ligasi,  Afrika  hamkorligi tashkiloti, Qo'shilmaslik 
harakati,  Arab    mag'ribi  Ittifoqi  kabi  regional  tashkilotlar  a'zosidir.  Falastin  Ozodlik  Tashkilotini  
qo'llab-  quwatlaydi.  Unga  katta  miqdorda  moliyaviy  yordam  ham  ko'rsatadi.  Biroq  Livan  xalqaro 
terrorizmni  qo'llab-quwatlashda  ham  ayblanib  kelmoqda.  Bu  esa  uning  AQSH  tomonidan 
jazolanishiga sabab bo'lgan. 
   AQSH  M.  Kaddafiyni  jismonan  yo'q  qilish  maqsadida  1986-yilning  15-  aprelida  Livan 
poytaxti Tripoli shahrini  bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafry omon qoldi.  Ayni paytda 2000-
yilda Livan  xalqaro terrorizmda gumon qilingan  ikki  fuqarosini  xalqaro sud hukmiga topshirishga 
majbur  bo'ldi.  Xalqaro  sud  (Gaaga  shahrida)  ularning  birini  aybdor  deb  topdi  va  qamoq  jazosiga 
hukm  qildi.  2005-yilga  kelib  M.  Kaddafiy  G'arb  davlatlarining  barcha  talablarini    bajardi. 
Qurollanish dasturini  to'xtatdi. G'arb xalqaro cheklovni bekor qildi. 
 
                       SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 
      1.  «Yaqin Sharq muammosi» qachondan boshlangan va mohiyati nima? 
      2.  Arab - Isroil urushidan maqsad nima edi? 
      3.  Kemp-Devid bitimi qachon tuzildi? 
      4.  Iroq qachon respublika deb e'lon qilingan? 
      5.  S. Husayn siyosatini tushuntiring. 
      6.  Saudiya Arabistoni qanday mamlakat? 
      7.  Suriya tashqi siyosatining mohiyati nima? 
      8.  Misr hukmdorlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 
      9.  Sh. Benjadid  davrida Jazoirning ahvoli  qanday edi? 


 
221 
      10. Marokashning taraqqiyot yo'li qanday bo'ldi? 
      11. «Dastur sotsializmi»ning mohiyati nima? 
      12. M. Kaddafiy faoliyati haqida so'zlab bering. 
      13. O'zbekistonning arab davlatlari bilan aloqalari haqida nimalarni bilasiz? 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish