203
8. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilarni ishga layoqatsiz
bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta'minlash to'g'risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa
intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o'ziniki deb biladigan, unga xiyonat
qilmaydigan bo'lishi zarur.
9. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim roi o'ynaydi. Yapon iqtisodi jahon
bozoriga bog'langan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz ternir
rudasi, ya'ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha
Yaponiya importi darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport
ko'paydi.
1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya
va GFRni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi. 1981-
yilda yana bir mo'jiza ro'y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha
AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat
texnikasi misli ko'rilmagan darajada o'sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab
chiqarishda dunyoda oldingi o'rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki
Tashqi siyosat
Kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko'rmoqda. Mamlakatda ternir va ko'mir
konlari bo'lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati
mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlarni eksport qiladi. Yaponiya
avtomobillar, kemalar, ro'zg'or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish,
stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda
turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig'ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127
min) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.
Yaponiya tashqi siyosatida San-Fransisko shartnomasidan so'ng AQSH asosiy hal qiluvchi rol
o'ynadi. 1954-yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o'z dasturining bir
punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag'ishladi. Natijada 1956-yil oktabrida
ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. Yapon fuqarolari o'z vatanlariga
qaytarildi. Tinch okean shimoli-g'arbida baliq ovlash, dengizda halokatga uchraganlarga yordam
berish to'g'risida bitimlar tuzildi.
1957-yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo'lga
qo'yildi.
Shu bilan birga 1960-yil Kisi hukumati AQSH bilan «xavfsizhk shartnomasi» imzoladi va u
1970-yilda uzaytirildi. Unga muvofiq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy obyekti bo'lib,
ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSHning Vetnamdagi urushini
qo'llab-quvvatladi.
Sobiq bosh vazir Tanaka Amerikaning «Lokxid» aviakompaniyasidan katta miqdorda pora
olganligi fosh bo'ldi. mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 1974-yil dekabrda Bosh vazirlik
lavozimiga kelgan Miki zo'rg'a 2 yil turdi va Fukudaga o'z o'rnini bo'shatib berdi. Uning davrida
Yaponiyaning «Umumiy bozor» davlatlari bilan raqobati kuchaydi.
1972-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do'stlik
to'g'risida bitim tuzildi. 1990-yillarda Yaponiya o'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi.
Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Malayziya kabi raqobatchilari kuchayib
bormoqda. Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmronlik qilib
kelmoqda. Korrupsiya, poraxo'rlik, tovlamachilik tez-tez ko'zga tashlanadi.
XXI asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta guruhlandi. 2000-yilda
o'tkazilgan saylovlarda Liberal-demokratik partiya rahbari Mori Bosh vazirlik lavozimiga
saylandi. Lekin u ham korrupsiya bilan bog`liq janjalga aralashib qoldi va iste'foga chiqdi. Shundan
so'ng J. Koidzumi Bosh vazir bo'lib qoldi va u tartibni ancha kuchaytirdi. Hukumatda beqarorlik
davom etib, 2006-yil sentabrda Bosh vazirlik lavozimiga Sundzo Abe, 2007-yil sentabrda Ya.
Fukudo keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: