partiya yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Intellektual va siyosiy jihatdan o‘ta kuchli jamoani tuzgan Xit partiyaning muxolifotda
qolish davridan uni qayta tuzishga foydalanmoqchi bo‘ldi. Dyu Kani va Modlinglar rahbarligi
ostida konservatorlar partiyasining Markaziy byurosi qaytadan tuzildi, parlamentda deputatlikka
nomzodlarni ko‘rsatishning saralash tizimi takomillashtirildi. Xitning o‘zi yashirin kabinet faoliyati
xarakterini o‘zgartirish uchun ko‘p urindi. Kabinet majlislari muntazam o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ularning mavzusi nafaqat parlament taktikasi, balki asosiy siyosiy va mafkuraviy muammolarni
ham qamrab olardi. “Yashirin kabinet”ning har bir a’zosiga ma’lum ish mintaqasi - “javobgarlik
zonasi” biriktirilgan edi. Agar ilgari faol mavkuraviy ijodi saylov oldi kompaniyalaridan oldingi
davrga to‘g‘ri kelgan va ijtimoiy-falsafiy va targ‘ibotchilik xarakteriga ega bo‘lgan bo‘lsa, endi Xit
davlat siyosatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha “yashirin kabinet” batafsil dasturini ishlab chiqish
amaliyotini joriy qildi. Partiyaning saylovoldi xujjatlarini tayyorlash vazifasi alohida
intellektuallardan olib yashirin hukumatning ishchi apparatiga yuklatildi.
1966 yildagi saylovlardagi mag‘lubiyatga qaramasdan konservatorlar partiyasi asta-sekin
o‘z mavqelarini mustahkamlab bordi. 1967 yildan boshlab u hukumat mahalliy organlari va
parlamentga qo‘shimcha saylovlarida ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo partiyaning
rahbariyatidagi ahvol tobora keskinlashib borayotgan edi. Keskin to‘qnashuv 1967 yilda ro‘y berdi.
Unda “1922 yil qo‘mitasidagi” “orqa kursichilar” “narxlar va daromadlar” siyosatiga qat’iy qarshi
chiqishdi. Ammo Xit, Modling va Makleodlar, aksincha hukumatning bunday choralarini qo‘llab-
quvvatlashdi. Buning bahonasida Xit partiya rahbari E.Dyu Kannning lavozimidan chetlashishi va
uning o‘rniga o‘zining tarafdori A.Barbar tayinlanishiga erishdi. 1967 yilda “yashirin kabinet”
tarkibidan tori “eski gvardiyachilarining” oxirgi vakillari ham chetlashtirildi.
Konservatorlar partiyasining rahbariyatidagi ixtiloflar Xitning shaxsiy obro‘sini ancha
tushirib yubordi. 1970 yil yanvar oyida ijtimoiy fikr so‘rovi natijasiga ko‘ra saylovchilarning butun
muxolifot davrida eng ko‘p qismi konservatorlarni qo‘llab-quvvatlashgan paytida, ularning 44%i
Xitni yomon rahbar deb va faqat 31%i yaxshi rahbar deb baholashgan. 1970 yildagi parlament
saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng Xit xavfli raqiblarni yo‘qotishga harakat qildi. Hukumat tarkibiga
Dyu Kann va Pauelllar kiritilmagan edilar. R.Modling o‘zining ilgarigi obro‘sini yo‘qotdi. 1972
yilda esa hukumatdan umuman chiqarildi. Y.Makleod moliya vaziri lavozimiga ega bo‘ldi, ammo
bir oydan so‘ng olamdan o‘tdi. Mahkamadagi asosiy mavqelarni Xitning sodiq tarafdorlari
egallashdi. Yangi hukumat tarkibida K.Joze va M.Tetcherlar rahbarligida partiya o‘ng qanotining
kam sonli vakillari ma’lum mustaqillikni namoyon etishardi. Saylovdagi g‘alabadan ko‘p
o‘tmasdan Xit va partiyaning parlamentdagi fraksiyasi o‘rtasida ham yaxshi munosabatlar
o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi. “ORqa kursi egalari” orasida tarqalgan Xitning sustkashligi va
qat’iyatsizligi haqidagi fikr fraksiyaning ochiqcha FRONDERCHILIK (murosa qila
olmaydiganlar)ni keltirib chiqardi. Vaqt o‘tishi bilan Xit hukumat siyosati masalalari to‘g‘risida
parlament fraksiyasi bilan umuman maslahatlashmay qo‘ydi. Bu kelishmovchilik parlament
faoliyati tashkiliy asoslari islohotini o‘tkazishni tezlashtirdi. qonun loyihalarini tayyorlash vazifasi
117
hukumat amaldorlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan maxsus sohaviy qo‘mitalarga topshirildi.
“Deputat so‘rovlari” amaliyoti ancha qisqartirildi. Unga ko‘ra, hukumat vakillari palata savollariga
javob berishlari kerak edi. “Yashil kitoblar”- qonun loyihasini parlamentga taqdim etishdan oldingi
bahs-munozaraviy xujjatlarni nashr qilish odati ancha kamayib ketdi.
Parlament islohoti davlat boshqaruvi tizimidagi tashkiliy yangilanishlar bilan birga
o‘tkazildi. Xitning rahbarlik davrida vazirliklarning tuzilishi yanada oydinlashdi va ularning soni
kamaytirildi. Hukumatning moliyaviy sohadagi vakolatlari oshirildi. Hukumat har yili mahalliy
hokimiyat organlari moliyaviy holatini taftish (reviziya) qilish va “noto‘g‘ri xarajatlar” uchun
kengash a’zolari va boshqa mansabdor shaxslardan jarima undirish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalliy
boshqaruv tizimining o‘zi esa 1972 yildagi qonunga muvofiq ancha tartibga solindi. Grafliklar soni
qisqartirilib ularning hududlari kattalashtirildi. Mahalliy hokimiyat vakolati barcha darajalarda
kengaytirilgan va unifikatsiyalashtirilgan (bir shaklga keltirish) edi. 1972 yildagi qonunga muvofiq
mahalliy ijrochi hokimiyat rahbarlari vazifasini o‘tab kelgan kengashlar rahbarlarining vakolatlari
biroz kengaytirilgan edi.
Davlat boshqaruvining islohoti Angliya, hamda Uelsga taalluqli bo‘ldi. qiyinchilik, o‘ziga
xos ma’muriy tuzilishga ega bo‘lgan Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada yuzaga keldi. Oldingi
leyboristik hukumatdan farqli o‘laroq Xit bu mintaqalarning o‘z-o‘zini boshqarishini kengaytirish
g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi. Shotlandiya ma’muriy islohotini ishlab chiqish to‘xtatilgan edi.
1972 yildan boshlab shimoliy Irlandiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish usuli joriy qilingan edi.
Mahalliy hukumat barcha vakolatlardan mahrum qilindi, stormont esa tarqatib yuborildi. Shimoliy
Irlandiyaning siyosiy muhtoriyati rasman bekor qilinmagan bo‘lsa-da, uning hududida favqulodda
qonunchilik amal qila boshladi. Uning asosini 1973 yildagi “Shimoliy Irlandiya to‘g‘risidagi” va
1974 yildagi “Terrorizmning oldini olish to‘g‘risidagi” qonunlar tashkil qildi. Favqulodda
qonunchilikning terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan faoliyati butun Birlashgan qirollik
hududiga yoyildi.
qat’iy choralarning ko‘rilishi Olster muammosini hal bo‘lishiga olib kelmadi. Britaniya
harbiy qismlari ozchilikni tashkil etgan katoliklar tomonidan bosqinchilar armiyasi sifatida qabul
qilindi va terroristik harakatlar nishoniga aylandi. Ijtimoiy kayfiyatni keskin o‘zgartirgan hodisa 30
dekabr 1972 yilda bo‘lib o‘tgan “qonli yakshanba” bo‘ldi. Unda ingliz qo‘shinlari qo‘zg‘algan
katoliklarga qarata o‘t ochdilar va Londonderrida 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldilar. Bunga
javoban g‘azablangan olomon Dublindagi Britaniya elchixonasiga bostirib kirib uni butunlay yoqib
yuborishdi. Shundan keyin IRA sulh tuzishdan qat’iyan bosh tortdi va amalda ingliz hukumatiga
qarshi terroristik urushni boshladi. Faqatgina 1972-1975 yillarda Shimoliy Irlandiyada 475 kishi
o‘ldirildi. Keskinlikni bartaraf etish maqsadida Britaniya hukumati mamlakat tarixida ilk bor
referendum o‘tkazishga qaror qildi.
1973 yil 8 martda Shimoliy Irlandiya fuqarolariga Olsterning Birlashgan qirollik tarkibidan
chiqib Irlandiya Respublikasiga qo‘shib olinishiga nisbatan o‘z hoxish irodasini bayon qilishga
imkon berildi. Ammo referendumning siyosiy samarasi nihoyat past bo‘ldi. Ko‘pchilikni tashkil
etgan protestantlar ajralishga qarshi chiqdi, ozchilik bo‘lgan katoliklar esa referendumga boykot
e’lon qildi.
Olster muammosini yechish uchun oxirgi marta Buyuk Britaniya va Irlandiya hukumatlari
1973 yilning dekabrida urinib ko‘rishdi. U paytda ular Irlandiya Kengashi-Irlandiya Respublikasi
va Shimoliy Irlandiyaning vazir va parlamentlaridan iborat davlatlararo konsultativ organni tuzish
bo‘yicha Sanningdeyl shartnomasiga imzo qo‘ydilar. Ammo bu shartnomaning ratifikatsiyasi
protestant ekstremistlarning chiqishi tufayli puchga chiqdi.
Izchil, ammo har doim ham samarali bo‘lmagan “hukumatni birlashtirish” siyosati Xit
tomonidan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarini amalga oshirish uchun qat’iy harakat
qilishning zaruriy asosi deb qaralardi. Bu yangilanishlarning konseptual asosi “Yagona millat”
g‘oyalari bo‘ldi. Xitning hukmronlik davrida davlat strategiyasini ishlab chiqish asosan, partiya
tahliliy markazlarini emas, balki hukumat tuzilmalarining funksiyasi bo‘lib qoldi. Bunda asosiy
rolni 1970 yilda lord Rotshild rahbarligi ostida tuzilgan hukumatning siyosatni tahlil qilish
Markaziy shtabi o‘ynadi. Hukumat siyosati yo‘nalishini ishlab chiqishda ta’lim sohasi vakillari
(ular liberal kayfiyatda edilar) katta ta’sir ko‘rsatishdi, masalan G.Jojon (London iqtisodiyot
maktabi), F.P.Peysh va A.Prost (Manchester universiteti), R.Boll (London biznes maktabi).
118
Ularning hammasi Keyns nazariyasiga qarshi edilar va Britaniya hukumati iqtisodiy strategiyasini
tubdan o‘zgartirish tarafdori edilar. Konservatorlarning yangi avlodi davlatda ijtimoiy taraqqiyot
muammolarini yechish bo‘yicha to‘lov javobgarlikni olish kuchi borligini tan olishmasdi. Asosiy
muammo ijtimoiy munosabatlarning tabiiy mexanizmlarini rag‘batlantirish, har bir odamning
faolroq, harakatchanroq va tadbirkorroq hayotiy mavqe’ga undash hisoblanardi. Hukumat oldiga
davlat xarajatlarini tartibga solish va ijtimoiy siyosat boshqaruvini va shu bilan bir vaqtda xususiy
tashabbuskorlik hamda raqobatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yilgan edi.
1973 yildagi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qonunda barcha toifadagi
tibbiyot xodimlariga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini berish, jamoaviy
kasalxonalarida markazlarga mo‘ljallangan joylarni ko‘paytirish (agar ular davolash haqini o‘zlari
to‘lasa) shifokorlarga o‘zining xususiy mijozini davolash uchun kasalxona va klinikalardagi asbob-
uskunalardan foydalanish huquqini berish ko‘zda tutilgan edi. Hukumat, davlat tuzishda bozor
tamoyillarining tarqalishiga umid bog‘lagan holda sog‘liqni saqlash sohasida davlat va xususiy
sektorni ajratishdan bosh tortdi. Ikkala sektor yagona milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga
birlashtirildi.
M.Tetcher rahbarligi ta’lim sohasida islohot o‘tkazildi. Ta’lim muassasalariga ta’lim
jarayoni mazmunini tanlash va uning shakllarini belgilash bo‘yicha to‘la erkinlik berildi. Tetcher
o‘quvchilarning talabalari, qobiliyati va imkoniyatiga asoslangan eng differensial
(individuallashgan) ta’lim modelini joriy qilmoqchi edi. Uning fikricha xususiy ta’lim muassasalari,
davlat maktablarini butunlay siqib chiqara olmaydi, ammo ular ta’lim tizimining elitor (nufuzli)
qismi bo‘lib kelishi kerak. Davlat maktablariga kelsak, ularni ta’minlash uchun ajratiladigan budjet
mablag‘lari keskin kamaytirildi. Oliy maktablarda ham bu xarajatlar kamaytirildi, ammo bu
talabalar
sonining
keskin
pasayishiga
olib
keldi.
Konservatorlar
ta’lim sohasini
kommersiallashtirishga (tijoratlashtirilgan) o‘tish haqida ochiqchasiga e’lo6 qilishmadi, ammo
amalda bunga to‘la sharoit yaratib berishdi.
Davlat tomonidan bosib chiqarilgan “uy-joy qurilishidagi odilona yo‘l” nomli davlat dasturi
bu sohani bozor prinsiplariga o‘tkazish zaruratidan kelib chiqqan edi. Har bir oilaga uyni egalik
qilish va ijara olish huquqini berish va uy-joy to‘lovlari uchun dototsion va imtiyozli yordamlarni
taqsimlashda tenglashtirishni bekor qilish juda muhim hisoblanar edi. Shahar qurilishidagi davlat
subsidiyalari qisqartirildi, bunday dasturlarni moliyalashtirishning asosiy uy-joy to‘lovlari bo‘ldi.
Ammo xususiy uy-joy sektori qurilishi, aksincha har tomonlama rag‘batlantirilar edi. Bu jarayonni
qo‘llash uchun davlat yer narxlarini nazorat qilishni va yerga egalik qilish amallarini boshqaruvchi
yer qo‘mitasini bekor qildi.
Ijtimoiy dasturlarni qisqartirish E.Xit hukumati tomonidan “iqtisodiyotni davlatning
keraksiz ta’siridan (aralashuvidan) xolos etish” shiori ostida amalga oshirildi. Bu yo‘nalish sanoat
siyosatida ham qo‘llandi. Davlat va xususiy sektorlar munosabati tobora xususiy sektor manfaatiga
moslashtirildi. Hukuman keng ko‘lamni xususiylashtirishni boshlashga harakat qilmadi, ammo
davlat kompaniya va korxonalar aksiyalari paketini qisman sotishni boshladi. Bu tajriba sudralma
denatsionalizatsiya (natsionalizatsiya qilingan mulklarni egalariga qaytarish) deb nomlandi. Ayni
vaqtda davlatning xususiy sektorni boshqaruvga aralashuvi qisqartirildi. 1970 yilda sanoatni qayta
tuzish kompartiyasi va iqtisodiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi
boshqa hukumat muassasalari bekor qilindi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish (erkinlashtirish) bo‘yicha umumiy siyosat jarayoni doirasida
Xit hukumati soliqqa tortish tizimini isloh qilish choralarini qo‘lladi. To‘g‘ri (pryamo‘x) soliqlarni
kamaytirish va egri soliqlarni oshirish iqtisodiyotning “real sektori”ni rag‘batlantirishi, sanoat
ishlab chiqarishi sohasi sarmoya qo‘yishlar rentabelligini (samaradorligini) oshirish kerak edi. Har
bir funt sterlingdan daromad solig‘ini 6 pensdan kamaytirish jiddiy targ‘ibot samarasi natijasi
o‘laroq yuz berdi. (So‘nggi 11 yil ichida bir marta). Aholining eng kam ta’minlangan qatlami
(deyarli 10 million kishi) daromad solig‘idan umuman ozod qilingan edi. Yirik korparatsiyasi
foydasi uchun soliqlar hajmi ancha kamaytirildi. Kompaniyalarni alohida daromadiga qarab soliqqa
tortish tizimi yagona soliq savdosi bilan almashtirildi. Bu esa eng samarador va raqobatbardosh
ishlab chiqaruvchilarga afzallik berdi. Dastlabki sarmoya qo‘yishlar uchun soliq imtiyozlari
oshirildi.
119
Xit hukumati mehnat munosabatlari sohasida davlat tomonidan nazorat qilish darajasi
hamda tizimni ham ancha kamaytirdi. Vilson hukumati tomonidan joriy qilingan tanlab olinadigan
bandlik solig‘i butunlay bekor qilindi. Hukumat ishsizlik bilan kurashish bo‘yicha yirik
dasturlardan bosh tortdi. 1970-1971 yillarda ilgarigi hukumatlarning daromad va narxlarni
boshqarish to‘g‘risidagi qarorlari asta-sekinlik bilan bekor qilindi. Maosh miqdorining oshishini
chegaralash darajasi haqida qaror qabul qilish yirik korparatsiya va tredonatsion vakillarining
bitishtiruvchi qo‘mitalari zimmasiga davlat ishtirokisiz yuklatildi. 1970 yildagi “sanoatdagi
munosabatlar to‘g‘risidagi” qonun bilan siyosiy aksiyalar va birdamlik namoyishlari (stachkalari)
ta’qiqlangan edi. Barcha kasabab uyushmalari maxsus davlat imperiyasida ro‘yxatdan o‘tishlari
kerak edi. Bunda ustav maqsadlar ham belgilanishi ko‘zda tutilgan edi. Xit hukumati tomonidan
amalga oshirilayotgan rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar ishbilarmonlik faollashuvi va ishlab
chiqarish hajmining o‘sishiga olib keldi. To‘g‘ri, sarmoya qo‘yishlar dinamikasining o‘sishi
ishonchsizligicha qolaverdi. 1970 yilda ichki investitsiyalar oldingi yilgi ko‘rsatkichdan 2,5% ko‘p
edi, ammo 1971 yilda biroz orqaga chekinish ro‘y berdi, 1972 yilda esa sarmoya qo‘yishlar 1%ga
oshdi. Bunday vaziyatda hukumat yirik investitsion dasturlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi, bu
esa sanoat sarmoya qo‘yishlardagi davlat moliyasi hissasini 50% (1964 yilda-45%)gacha oshirishni
talab qilardi. Bu 1973 yildayoq ishlab chiqarish 7% ga oshirishga imkon berdi. Ammo shu bilan bir
vaqtda davlat qarzlari ham oshib ketdi. Leyboristlarning barqarorlashtiruvchi siyosati bilan
ta’minlangan to‘lov balansining pasayishi va inflyatsiyaning kamayishi xavf ostida qoldi.
Britaniya iqtisodiyotiga 70-yillar boshida ro‘y bergan xalqaro valyuta tizimini tubdan
o‘zgartirish ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon moliyaviy bozorining liberallashuvi Yevropa valyuta
hududiga dollarning bosimini yanada kuchaytirdi. Barqaror bo‘lmagan Britaniya moliya bozori turli
chayqovchilik xujumlari uchun qulay bo‘lib qoldi. Bu esa inflyatsiyaning yana o‘sishiga sabab
bo‘ldi. 1972 yil iyulida muomalaga kiritilgan funt sterlingning “erkin suzishi”dan so‘ng, uning
kursi tez pasayib keta boshladi. 1972 yil noyabrda Xit hukumati o‘z iqtisodiy strategiyasini tubdan
o‘zgartirishi va “inflyatsiyaga qarshi siyosat”ning yangi bosqichga o‘tishini ma’lum qildi. Uning
asosiy yo‘nalishlarini ishbilarmonlar doirasi va kasaba uyushmalari vakillari bilan kelishib olib
amalda mag‘lubiyatga uchradi. Hukumat yana narx va daromadlarni majburiy boshqarish
tajribasiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatning faollashuvidan tashqari, hukumat yana sanoat ishlab
chiqarishini faol boshqarishga qaytishga majbur bo‘ldi. Milliy manfaatlar uchun muhim
hisoblangan sohalardagi xususiy korxonalar va subsidiyalar berish tiklandi. Bu dotatsiya vositalari
esa, ishlab chiqarishni yangilash uchun emas, balki bandlik darajasini saqlab turish uchun ishlatildi.
Natijada hukumat rentabelligi (samaradorlik darajasi) eng past korxonalarni nafaqat qo‘llab-
quvvatlash, balki ularni milliylashtirishga (bu siyosat “cho‘loq o‘rdaklar”ni qo‘llab-quvvatlash
nomini oldi) majbur bo‘ldi. qishloq xo‘jaligidagi sohalarga ham dotatsiya ajratilardi. Hukumat
faolligi sanoat ishlab chiqarishi o‘sish ijobiy dinamikasini saqlab qolishga imkon berdi. Ammo,
jahon bozorida Buyuk Britaniya pozitsiyasi yomonlasha bordi. 1973 yilda uning jahon eksportidagi
urushi 6,6%gacha pasaydi.
Bunday sharoitda Buyuk Britaniyaning YEIHga qo‘shilish uchun uchinchi urinishining
muvaffaqiyati katta ahamiyat kasb etdi. 1973 yil 1 yanvardan boshlab Buyuk Britaniya, Daniya va
Irlandiyalar Yevropa Hamjamiyatining to‘la huquqli a’zolariga aylanishdi. Ammo birlashishning
iqtisodiy samarasi uzoq istiqbolda namoyon bo‘lishi mumkin edi. Hozircha Britaniya hukumatiga
jiddiy yon bosishlar jumladan, ichki ingliz bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxlarni
ancha oshirish, Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tuzilgan savdo kelishuvlarini YEIH talablari
asosida qayta ko‘rib chiqish, xalqaro savdo zahira valyutasi sifatida funt sterlingdan foydalanishdan
bosh tortish, YEIH budjetiga Buyuk Britaniya a’zolik to‘lovining miqdorini oshirish kafolatlarini
berishiga to‘g‘ri keldi. Natijada Bunda Britaniyaning “Umumiy bozor”ga qo‘shilishi boshida
mamlakat to‘lov balansining yaxshilashi emas, balki yomonlashuviga olib keldi.
1971 yil oxirida Britaniya iqtisodiyoti yana bir jiddiy imtihonga “neft inqirozi”ga duch
keldi, oktabr oyida OPEK neftning har barrali narxining misli ko‘rilmagan darajada 3 dan 18,65
dollargacha oshirish haqida qaror qabul qildi. Bu G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini global energetik
inqiroz yoqasiga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishning ilg‘or sohalari energiya sarf qiluvchi
texnologiyalarga asoslangan edi. Bu hodisa nafaqat katta zarar, ishlab chiqarishning pasayishi va
120
investitsiyalarning chekinishiga olib keldi, balki ishlab chiqarish texnologik asosini qayta ko‘rib
chiqish zaruratini yuzaga keltirdi. Bu jarayon o‘n yil davom etdi va sanoat iqtisodiy modelining
tuzilmaviy (struktura) inqiroziga sabab bo‘ldi. U hozircha urushdan keyingi qayta ishlab chiqarish
inqirozining debochasi bo‘ldi.
Energetik inqiroz bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni oshirish, xo‘jalikning barcha sohalarida
mahsulot tonnarxining ulgurji va chakana savdo narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Undan
keyin ro‘y bergan sotib olish qobiliyati va talabning pasayishi hamda investitsiyaning kamayishi
inqiroz boshlanishiga olib keldi.
O‘zining neftga bo‘lgan ehtiyojining 2G‘3 qismini O‘rta Sharqdan import qilinuvchi neft
hisobidan qondiruvchi Buyuk Britaniya bu inqirozdan katta talofat ko‘rdi. Bu vaziyatda Xit
navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazishga qaror qildi. Saylovchilar esa mamlakatni
inqirozdan olib chiqishni Xitga ishonishni hal qilishlari kerak edi.
G.Vilson va J.Kallagenning “Ijtimoiy shartnomasi”.
1974 yil 4 mart kuniga belgilangan parlament saylovlariga hukumat lageri g‘alabaga to‘la
ishonch bilan tayyorlangan edi. Xit “olomon fikri”ga bog‘liq bo‘lmagan va har qanday vaziyatda
ham faoliyat ko‘rsatishga qodir bo‘lgan “kuchli hukumat” yaratish haqida bayonot berdi.
Leyboristlar partiyasi esa, aksincha saylov kompartiyasini faol o‘tkazishdi. Ammo ular shubhasiz
yangi g‘oya va yetakchiga muxtlj edi.
Leyboristlar partiyasining o‘ng qanotida 1970-1971 yillarda ikkita qutb yuzaga keldi.
Ulardan biri, qayta tiklangan Fobianchilar jamiyatini tuzgan bo‘lsa, ikkinchisi R.Jenkins atrofida
jipslashdi. Yangilangan Fabian jamiyati yetakchisi Antoni Kroslend va uning tarafdorlari
partiyaning an’anaviy qadriyatlarini, ishchilar harakatining sotsialistik ideallarini tiklash tarafdori
edi. O‘ng leyboristlar uchun bnday g‘ayriodatiy bo‘lgan pozitsiyani partiyaning an’anaviy
saylovchilarini tarqalishi va uning siyosiy qiyofasini yo‘qotishidan qo‘rqish bilan asoslash mumkin.
Roy Jenkins o‘z atrofida sobiq partiya yetakchisi X.Geytekellning “umummilliy siyosatiga” qaytish
tarafdorlari bo‘lgan o‘ng leyboristlarni to‘pladi.
Leyboristlarning so‘l qanoti ham mafkuraviy, ham tashkiliy jihatdan o‘z xilma-xilligini
yetarli darajada saqlab qoldi. Uning yetakchilari Maykl Fut rahbarligida “orqa kabenit” tarkibiga
kiritildi va ular partiya rahbariyati bilan qattiq to‘qnashuvdan ehtiyot bo‘lishardi. “So‘l markaz”
shakllanishida Entoni Vejvud Benn katta rol o‘ynadi. Lordlar palatasi a’zosi bo‘lgan Vejvud
perlikdan voz kechdi va o‘z ismini “xalqchilroq”-hisoblashgan -Toni deb o‘zgartirdi. Uning Fut
guruhi bilan yaqinlashishi Truyunionlarning faol siyosiy chiqishlarini qo‘llab-quvvatlashda
namoyon bo‘ldi. Ularni Kraslendning takliflarini tanqil qilish ham birlashtirardi. Ular uni “Egalitar-
roq” daromadlar siyosatiga chaqirishardi.
So‘l va o‘ng qanot guruhlari faollashayotgan bir davrda Vilson tez turli fraksiyalarning
manfaatlarini kelishtirishga majbur bo‘ldi. Bundan albatta partiya dasturining to‘laligi va izchilligi
zarar ko‘rdi. Kelishuvga mamlakatda, jumladan, soliqqa tortish sohasida, nafaqa ta’minoti va
ijtimoiy sug‘urta sohasida, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ta’lim davlat tizimini rivojlantirishda faol
ijtimoiy o‘zgarishlar bo‘yicha dasturlar asos bo‘ldi. 1973 yildagi konferensiya partiya rahbari etib
saylangan Jeyms Kollagenning shaxsiy obro‘si oshib borayotganligini namoyish etdi. 1974 yilning
fevral oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun tayyorlangan leyboristlar partiyasining saylovoldi
dasturi radikal xarakterga ega edi. Unda keng milliylashtirish, davlat boshqaruvi tizimini
kuchaytirish, harbiy xarajatlarni qisqartirish, Buyuk Britaniyaning Umumiy bozorda qatnashishi
borasida umumxalq referendumini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Saylov natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Buyuk Britaniya
yetakchi partiyalarining dasturlari saylovchilarning katta ishonchini
qozonolmaydi. Konservatorlar 37%, leyboristlar -38% ovozga ega bo‘ldi. Tarqalib ketish xavfi
yoqasida turgan liberal partiyaning kutilmagan muvaffaqiyatli ramziy ma’noga ega bo‘ldi.
Liberallar uchun saylovchilarning beshdan bir qismi ovoz berdi. Natijada leyboristlar 301
deputatlik mandatga, konservatorlar-296, liberallar-13, mandatga ega bo‘lishdi. Shunday qilib,
parlamentning quyi palatasida biror bir partiya mutloq ko‘pchilikka ega bo‘lmadi.
Xitning liberallar rahbariyati bilan koalitsion kabinet tuzish to‘g‘risida konsultatsiyalar
o‘tkazishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan keyin Xit qirolichaga iste’foga chiqish
haqida iltimosnoma berishga majbur bo‘ldi. Bosh vazir vakolatlari Vilsonga topshirildi.
121
Leyboristlarning “ozchilik hukumati” boshqa fraksiyalarning birlashgan ovoz berishlariga qarshilik
qila olmasligi sababli, uning rahbari an’anaga ko‘ra tezda parlamentni tarqatib yuborishi va yangi
saylovlar o‘tkazishi mumkin edi. Ammo Vilson boshqacha yo‘l tutdi. Bir necha oy davomida u
“pishib yetmagan” qonun loyihasini taqdim etmadi va o‘z rahbarlariga uning siyosatiga o‘z
reytinglarini saqlab qolish yo‘li bilan qarshilik ko‘rsatishga imkon bermadi. Saylovoldi va’dalari
ustidan chiqqan holda leyboristlar hukumati triyunionlar noroziligiga sabab bo‘lgan “sanoatdagi
munosabatlar to‘g‘risidagi” qonunni bekor qildi, shexterlarning oylik maoshni oshirish to‘g‘risidagi
talablarini qondirdi, hamda boshqa sohalarda oylik maoshni oshirish darajasini cheklash masalasida
diktatdan voz kechdi. “Soliqlar siyosati” erkin xarakterga ega bo‘ldi. Ishsizlikka qarshi kurash
bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish boshlandi. Davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi
natijasida ko‘pgina korxonalarda to‘liq ish haftasi tiklandi. Nafaqalar hajmi oshirildi, oziq-ovqat
mahsulotlari narxlari va kvartira to‘lovlari vaqtinchalik “muzlatildi”, ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Vilson Olster muammosini hal qilishga ham qadam qo‘yishga harakat qildi. 1974 yil aprel
oyida o‘zining Shimoliy Irlandiyaga bo‘lgan safarida u Sonningdeyl shartnomasini ratifikatsiya
qilish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Ammo ekstremistik guruhlar harakatlarini to‘xtatishga
muvaffaq bo‘lmadi. Olsterda protestant ultra tomonidan tashkil qilingan umumiy siyosiy
g‘alayonning boshlanishidan so‘ng Britaniya hukumati Shimoliy Irlandiya assambleyasini tarqatib
yuborish va yana to‘g‘ri boshqarish hajmiga qaytishga majbur bo‘ldi. 1974 yil iyulida “Shimoliy
Irlandiya konstitutsion akti” qabul qilindi. Unga ko‘ra Olsterda yangi mahalliy vakillik organi -
konstitutsion Konventni tuzish ko‘zda tutilgan edi. Ammo bu loyihani amalga oshirishga hech
qanday
imkoniyat bo‘lmadi. Olster muammosini
yechish
bo‘yicha tashabbusning
tuvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramasdan Vilson o‘z faoliyatining daslabki oylarida o‘z
hukumatining nufuzini oshirishga erishdi. Rag‘batlantiruvchi soliq va investitsion siyosat mehnat
munosabatlari va ijtimoiy ta’minot sohasidagi ommaviy tadbirlari bilan birga ingliz jamiyati turli
tabaqalarida ijobiy taassurot qoldirdi. Bir vaqtda milliy va jahon bozorida barqarorlikning buzilishi
belgilari yaqqolroq ko‘zga tashlanib bordi. 1974 yilning birinchi yarmida barcha G‘arb
mamlakatlari iqtisodiyoti chuqur strukturaviy inqirozga uchray boshladi. Ammo, oddiy inglizlar
uchun “og‘ir damlar”ning boshlanishi hozircha oldingi konservativ kabinetga bog‘liq ravishda
qabul qilinardi. Parlamentni tarqatib yuborishga erishgan leyboristlar o‘zlarining ommaviylashtirish
siyosatlari natijalarida foydalanish va saylov kompaniyasini yana ilgarigi konservatorlar siyosati
tanqidi asosida olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Kuzgi saylovlardan oldin tayyorlangan leyboristlar dasturi bor-yo‘g‘i bitta yangilikni o‘z
ichiga olardi. Bu Kollagen tomonidan taklif qilingan “ijtimoiy shartnoma” g‘oyasi edi. Unda
“hokimiyat va boylikni ishchilar foydasiga tubdan va abadiy qayta taqsimlash” uchun davlat va
kasaba uyushmalarining yaqindan hamkorlik qilishlari ko‘zda tutilgan edi. Bu dasturning asl
mazmuni yanada to‘laroq va qat’iyroq tarzda “davlat faravonligi” g‘oyasini amalga oshirishga
harakat qilishdan iborat edi. Kollagenning taxminiga ko‘ra, inqiroz bilan kurashish va yashash
tarzini yuqorigi darajada saqlab turish iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan
boshqarilishini kengaytirish orqali amalga oshirilishi kerak edi.
1974 yil 10 oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasi parlamentda barqaror ko‘pchilikni
egalik qilish uchun yetarli bo‘ldi. Leyboristlar parlamentning quyi palatasida 319 ta o‘ringa
(saylovchilarning 39,3% ovozi), konservatorlar - 296 (35,8%), liberallar esa 13 (18,3%) ga ega
bo‘lishdi. Bunda ilk bor quyi palatada 11 ta o‘ringa ega bo‘lgan Shotlandiya milliy partiyasi yaqqol
muvaffaqiyat qozondi.
1974 yil oxiridan boshlab Vilson hukumati iqtisodiy ahvollarning keskin yomonlashuviga
duch keldi. Bir necha oy davomida Buyuk Britaniyada sanoat ishlab chiqarishi 10% dan ko‘proq
kamaydi. Sanoat quvvalarining 30%i yetarlicha foydalanilmadi, bu esa o‘z navbatida ishsizlikning
o‘sishiga olib keldi. Agar 1974 yilning boshida ishsizlar soni 700 ming kishini tashkil qilsa, 1975
yilda bu ko‘rsatkich 1400 ming kishiga yetdi. Inflyatsiya jarayonlari kutilmagan tarzda kechardi.
Bozor iqtisodiyoti tarixida birinchi marta ishlab chiqarishning barqaror qisqarishi narxlarning
ko‘tarilishi bilan birga ro‘y berdi (“stagflyatsiya” jarayoni). Buyuk Britaniyada 1974 yilda chakana
narxlar 19%ga, 1975 yilda -24%ga oshdi. Bu inflyatsiya shiddatli - yeldirilgan deb ataldi, uning
yuzaga kelishi esa tartibga solishning Keynschilik usullaridan uzoq muddat foydalanish oqibatida
122
bo‘ldi. Bu usulda umumiy talabni defitsit budjet siyosati bilan yuzaga keltirish, ortiqcha kredit
pullarini hosil qilishdan iborat edi.
1975 yil yozidan boshlab Vilson hukumati inflyatsiya o‘sishini to‘xtatish, investitsiyalar
faolligini saqlash va mehnat kelishmovchiliklarini bartaraf etishga barcha kuchni sarf etishiga
to‘g‘ri keldi. “Ijtimoiy shartnoma” dasturi o‘zining birinchi shakli (mazmuni)da amalda puchga
chiqarildi. Hukumat kasabab uyushmalari bilan bor yo‘g‘i ularning oylik maoshni oshirishni
cheklash to‘g‘risidagi talablari (yiliga 10%) to‘g‘risida shartnoma tuzishga erishdi, xolos.
“Ommaviy bo‘lmagan” choralar ham o‘tkazildi: iste’mol mollariga nisbatan soliqlarning oshishi,
ijtimoiy va madaniy dasturlarda davlat xarajatlarini qisqartirish. Ammo, hukumatning inqirozga
qarshi dasturi asosan passiv, kutuvchi xarakterga ega edi. Siyosiy sinfdan butunlay yangi ijtimoiy
mafkurani ishlab chiqishni talab etuvchi bir vaziyatda leyboristlar hukumati bor-yo‘g‘i “og‘ir
damlarni chidab o‘tkazish”ga chaqiruvchi vaqtinchalik choralarni taklif qila oldi, xolos. Ko‘pgina
leyboristlar yetakchilarining ham ruhli jihatdan toliqqani sezilib turardi. Vilsonning 1976 yil 16
martida bosh vazir lavozimidan ketish to‘g‘risidagi qarori unchalik kutilmagan hodisa bo‘lmadi.
Vilson iste’fosidan keyin bo‘lib o‘tgan partiya ichidagi saylovda oltita nomzod qatnashdi.
Birinchi turda M.Fut (90 ovoz), J.Kollagen (84 ovoz) va R.Jennikslar (37 ovoz) yaxshiroq
mavqeida edi. Ikkinchi tur Kollagen ustunligini ko‘rsatdi, ammo bu ham mutloq xarakterga ega
emas edi. Uchinchi urinishdagina u M.Fut ustidan g‘alaba qozondi. 1976 yil 5 aprelida Buyuk
Britaniya yangi bosh vazirligini bildi.
Bosh vazir lavozimiga ega bo‘lgan Jeyms Kollagen budjetni tejash siyosatiga butunlay
o‘tish, inflyatsiyaga qarshi choralarning nufuzini oshirish, milliylashtirish rejalaridan butunlay voz
kechishni ma’lum qildi. “Ijtimoiy shartnoma g‘oyasi butunlay bekor qilinmadi, ammo u endi
inqirozga qarshi siyosatga bog‘liq tarzda qaralardi. Hukumat tutgan yo‘lning asosiy apponenti
ishchilar harakati bo‘ldi. 70-yillarning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyani norozilik namoyishlari
qurshab olgan edi. Namoyishlar tufayli shifoxonalar, transport vositalari, pochta va yong‘inga
qarshi kurash xizmati vaqti-vaqti bilan ishlamay qolardi. Metallurglar, shaxtyorlar,
avtomobilsozlar, haydovchilar va temiryo‘lchilar kasaba uyushmalari mehnat sharoitlarini
yaxshilash uchun birgalikda namoyish qilishdi. Uyushgan ishchilar harakati oylik maoshlarni
oshirish uchun kurashdan sanoat korxonalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, to‘liq
bandlikni ta’minlash, soliqqa tortish tizimini o‘zgartirish, import ustidan qattiq nazorat o‘rnatishni
talab qilishga o‘tdi. Hukumat qiyinchilik bilan bo‘lsada kasabab uyushmalarining siyosiylashuvini
va eng radikal chiqishlarni bartaraf etardi. Kollagen hattoki kabinet tarkibidan partiya chap
qanotidan bir necha vakillarni chiqarishga majbur bo‘ldi. Ammo bu choralarning barchasi
leyboristlarning sonini kamayishiga sabab bo‘ldi. Hukmron partiyaning obro‘sini tushganligini
1977 yil may oyidagi munitsipal saylovlar natijalari ham ko‘rsatdi. Unda ko‘p ovoz bilan
konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi.
Fuqaro tinchligiga nafaqat tred-yunionlarning radikal qanotining chiqishlari, balki
natsionalistik (millatchi) va terroristik tashkilotlarning harakatlari ham xavf solardi. 70-yillarning
o‘rtalaridan boshlab separatistlik shiorlar ostida Shotlandiya va Uelsdagi norozilik harakatlari
ko‘paydi. Oldini olish (preventiv) chorasi sifatida hukumat ekspertlari Uels va Shotlandiya
avtonomiya (muxtoriyati)sini kamaytirish loyihasi tayyorlashdi. Unda, ta’lim tibbiy xizmatlar, yo‘l
va uy-joy qurilishi, ekologiya sohasida ancha vakolatlarni mahalliy idora organlariga topshirish
ko‘zda tutilgan edi. 1975 yil noyabrida hukumatning yuqoridagi loyihasi bayon qilingan “Oq kitob”
nomida e’lon qilindi. Ammo, 1976 yilda Kallagen hukumati parlamentga ancha yangilangan qonun
loyihasini taqdim etdi. Unda Shotlandiya va Uelsda mahalliy qonun chiqaruvchi tashkilotlarni ta’sis
etish ko‘zda tutilgan edi. Bu esa ko‘zlangan islohot, mohiyatini tubdan o‘zgartirdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, birlashgan qirollik murakkab tuzilishdagi Unitar davlatdan
iborat, ya’ni ham sodda ma’muriy-hududiy birliklar, ham muxtoriyatlarni o‘z ichiga oladi.
Britaniyaning hududiy doktrinasi mayda millatlar yashovchi hududlarda milliy-hududiy
muxtoriyatlarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Ammo ingliz huquqshunoslik adabiyotida
“muxtoriyat” va unga bog‘liq hududiy tuzilmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi) uchramaydi. Ingliz
huquqshunoslari suverenitetini saqlagan holda markaziy hukumat tomonidan qirlllikning alohida
qismlari (submilliy birliklar)ga vakolatlarning berilishini anglatuvchi “devolyutsiya” istilohini
(termin) afzal ko‘rishadi. Bunda qonun chiqaruvchi (Mahalliy boshqaruv organlariga qonunlar
123
chiqarish huquqlarini berish) va ma’muriy (markaz tomonidan qabul qilingan qonunlar va
yuritilgan siyosatni mahalliy sharoitlarga moslashtirgan holda boshqarish) devolyutsiya farqlanadi.
Devolyutsiya Birlashgan qirollikning asosiy 4 qismining uchtasi, ya’ni Uels, Shotlandiya va
Shimoliy Irlandiyaga nisbatan ishlatiladi. Bulardan oldingi ikkitasi tarixan Britaniya davlati
tarkibiga ma’muriy devolyutsiya asosida kiritilgan edi.
Shotlandiya va Uelsda vakillik hokimiyatning mahalliy organlarining tashkil etilishi Butun
Birlashgan qirollik doirasida qonunga chiqaruvchi devolyutsiya tizimiga butunlay o‘tishni bildirdi.
Siyosatchilar tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan islohot Britaniya davlatchiligi doktrinaviy
asoslari nuqtai nazaridan juda muhim edi. Shotlandiya va Uelsda mahalliy hukumat organlari
vakolatini kengaytirish g‘oyalarini rad etmagan holda, Konservatorlar hamda Leyboristlar
partiyalarining ko‘pgina siyosatchilari bunday darajadagi radikal o‘zgarishlarning to‘g‘riligiga
shubha qilishardi. qonun loyihasining umum palatasidagi muhokamasi bir yarim yilga cho‘zildi.
Faqatgina milliy partiyalarga mansub deputatlarining ovozlari hisobiga hukumat 1978 yildagi
“devolyutsiyalar” haqidagi billarning qo‘llab-quvvatlanishiga erishdilar. Ammo ularning hayotga
tadbiq etilishi bevosita Shotlandiya va Uelsdagi referendumlarga bog‘liq edi. Ular ijobiy natija
berishi uchun ro‘yxatga olingan saylovchilarning 40% ining ovozlari kerak edi. 1979 yil boshida
bo‘lib o‘tgan referendumlar Kallagen hukumati uchun jiddiy mag‘lubiyat keltirdi. “Devolyutsiya”ni
Uelsda yashovchilarning atigi uchdan bir qismi va Shotlandiyaliklarning 40%igina qo‘llab-
quvvatlashdi.
Shimoliy Irlandiyada ham vaziyat keskinlashdi. Britaniya harbiy kuchlari faqatgina
ko‘pchilikni tashkil etuvchi protestantlarni qo‘llab-quvvatlab xatoga yo‘l qo‘ydi. Protestant
ultrachilari, asosan katoliklar yashaydigan kvartallarda chiqishlar tashkil etishar va bu namoyishlar
ko‘pincha qonli to‘qnashuvlar bilan yakun topardi. Katolik-ekstremiyatik tashkilotlar, o‘z navbatida
Britaniyaning huquqini himoya qiluvchi organlari va protestant jamoalari yetakchilariga hujumlar
uyushtirishni davom ettirishdi. 1975 yilda IRA tarkibidan Irlandiya milliy-ozodlik armiyasini
IMOA tashkil etgan radikal guruh ajralib chiqdi. IMOAning vazifasi Irlandiya Respublikasiga
qo‘shilish emas, balki Olsterning mustaqil bo‘lishiga erishish va uni “Marksistik-leninistik ishchi-
dehqon respublikasi”ga aylantirishdan iborat bo‘ldi. 1978-1979 yillarda Irlandiya ekstremistlari
Britaniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosat arboblariga qarshi individual terror taktikasiga o‘tishdi.
Bunga javoban hukumat repressiyalar (qatag‘on)ni kuchaytirdi. Olsterdagi ko‘pgina inson
huquqlarini poymol qilish holatlari Yevropa sudini 1978 yil yanvarida ingliz politsiyasiga
“mahbuslarga nisbatan g‘ayriinsoniy va kamsituvchi munosabatlar uchun javobgarlikni o‘z
bo‘yniga olishni talab qiluvchi qaror qabul qilishga majbur etdi.
Ichki siyosiy vaziyatning keskinlashuviga qaramasdan Buyuk Britaniya iqtisodiy
rivojlanishi dinamikasi asta-sekin yaxshilana bordi. Hal qiluvchi holat 1977 yil bahorida ro‘y berdi.
Bu vaqtga kelib inqiroz cho‘qqisi bartaraf ettirilgan va ishlab chiqarish darajasi asta-sekin
ko‘tarilayotgan edi. Inflyatsiya 16%ga pasaydi. Ijobiy tendensiyalarni mustahkamlash uchun
hukumat tadbirkorlarning faollashuvini qo‘llab-quvvatlashga urinib ko‘rdi. Xususiy biznes uchun
soliq imtiyozlari joriy qilindi, asosiy kapitalni yangilash uchun assignatsiyalar oshirildi. Ammo shu
bilan birgalikda oylik maoshini oshirishda qattiq cheklashlar va ijtimoiy dasturlar sohasida budjetni
tejash saqlab qolindi. Inflyatsiyaning yanada avj olishini bartaraf etish uchun hukumat banklarga
foiz stavkalarini ko‘tarish va kredit berish hajmini qisqartirishni buyurdi. Bunday ikkiyoqlama
siyosat ishbilarmon doiralar, hamda tred-yunionlarning noroziligiga sabab bo‘lardi. Partiya tezda
o‘zining “barqaror” saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashidan ham mahrum bo‘ldi.
1977 yil yozida Kallagen hukumati jar yoqasiga kelib qoldi. qo‘shimcha parlament
saylovlaridan keyin leyboristlar 8 ta deputatlik o‘rnini va umum palatasida mutloq ko‘pchilikni
qo‘ldan boy berishdi. Kollagen Liberal partiya yetakchisi Devid Stil bilan parlament
fraksiyalarining birgalikda kelishib harakat qilishlari to‘g‘risidagi shartnoma tuzib, hukumat
inqirozini bartaraf etishga erishdi. Liberallar bilan birga imzolangan pakt barqarorlashtiruvchi
siyosatni davom ettirishga imkon berdi. Buning natijasida narxlarning o‘sish sur’atlaridan keskin
pasayishi kuzatildi. 1978 yilda inflyatsiya 8%gacha pasaydi. Norozilik namoyishlari ham
birmuncha kamaydi. Keng miqyosdagi milliylashtirish va daromadlarni qayta taqsimlash
loyihalaridan voz kechish ishbilarmonlar doirasida leyboristlar ta’sirini kuchaytirdi. 1978 yil
124
iyunida qo‘llab-quvvatlanish darajasiga ko‘ra hukmron partiya yana konservatorlarga yetib oldi
(taxminan 45% dan).
1978 yil kuzida siyosiy vaziyat yana keskinlashdi. Sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Britaniyaning
tred-yunionlari kongressi syezdida, kongress o‘zining hukumatga nisbatan muxolifotda bo‘lishini
tasdiqlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Keyingi oylar davomida o‘ta tajovuzkor norozilik
namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ommaviy noroziliklar va ko‘p sonli piketlar mamlakatdagi barqaror
vaziyatni buzdi. Axlatchilarning ish tashlashlari va norozilik namoyishlari natijasida ko‘p
shaharlarning ko‘cha va maydonlari axlatdan to‘lib ketdi. Dafn qilish va shoshilinch tibbiy yordam
xizmatlari faoliyatlarida ham to‘qnashlar kuzatila boshlandi. 1908 yil oxiriga kelib, jamiyat
orasidagi norozilik eng yuqori nuqtagacha ko‘tarildi.
1978 yil oktabrida D.Stil liberallarning partiyalarning birgalikda harakat qilishlari
to‘g‘risidagi paktdan bosh tortishlarini e’lon qildi. Ikki oy o‘tgandayoq hukumat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari umum palata doirasida ko‘pchilik tomonidan tanqid qilindi. Hukumat, faqatgina milliy
partiyalar, xususan Shotlandiya milliy partiyasining parlamentar fraksiyasining qo‘llashi tufayligina
iste’fodan qutulib qoldi. Ammo Shotlandiya va Uelsdagi referendumlarning muvaffaqiyatsizligidan
keyin hukumat iste’fosi aniq bo‘lib qoldi. Kollagen parlamentni tarqatib navbatdan tashqari
saylovlarni o‘tkazishdan boshqa chorasi qolmadi. Bu saylovlar 1979 yil 3 mayida o‘tkazildi.
Saylovchilarning 43,9%i konservatorlarni yoqlab ovoz berdi. Bu ularga 339 deputatlik
mandatlariga ega bo‘lish va palatada mutloq ko‘pchilikni tashkil etishga imkon berdi.
Leyboristlarni jami 39,6% saylovchilar (umum palatasida 268 o‘rin) qo‘llashdi. Liberallar
ixtiyorida 11 ta deputatlik o‘rini qoldi. Milliy partiyalarning fraksiyalari soni ham kamayib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |