Mustaqillik marshlari
Totalitar tuzumning qulashi, jamiyatning parchalanishi, hokimiyat samaradorligining pasayishi
va mafkura ustuvorligining susayishi bilan oldingi mazmunini yo‘qotgan davlatchilikning
parchalanishi boshlandi. Butunittifoq manfaatlari ustuvorligining buzilishi va xo‘jalikning
markazlashgan boshqaruvining yo‘qolishi bilan elatlar, millatlar va mahalliy mintaqalar manfaatlari
oldingi sahnaga chiqdi.
Oshkoralik, milliy chiqishlarning faollashuvi, milliy harakatlar va tashkilotlarning paydo
bo‘lishi hamda kuchayishiga yordam berardi. Bu tashkilotlar va harakatlar SSSR tarkibida o‘z
hududlari yoki munozaraviy mintaqalarda yashovchi, turli xil fazalarda, ijtimoiy shakllarda turgan
150 dan ortiq elatlarning xilma-xil intilishlarini ifoda etardi. Umuman milliy o‘zlikni anglash
o‘sishi natijasida 1990 yilga kelib SSSR aholisining atigi 10%i o‘zini «Sovet xalqi»ga mansub deb
bilsa, qolganlari uzlarini o‘z xalqi, millat va qabilalariga tegishli deb hisoblardi.
Qayta qurishning birinchi yillaridayoq SSSRda millatlararo munosabatlar murakkablashdi.
Ruslashtirishga qarshi, shimol xalqlarining tirik qolishi uchun, qatag‘on qilingan xalqlarni to‘la
reabilitatsiya qilish talabi bilan, kichik millatlarga qarshi siyosatni qoralab va muxtoriyatlarning
huquqlarini kengaytirishga chaqiruvchi chiqishlar yuzaga keldi. 1988-1991 yillarda bu sohada 150
dan ortiq to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Ularning 20 tasida qurbonlar bo‘ldi, 600 kishi halok bo‘lib, o‘n
minglab kishilar qochishga majbur bo‘ldi. Sumgaitdagi armanlarning qonli to‘qnashuvi, Tog‘li
Qorabog‘dagi arman-ozarbayjon urushi, Farg‘ona vodiysi, Yangi O‘zgan, Abxaziya, Dubossari,
Janubiy Osetiya, Ingushetiyadagi millatlararo to‘qnashuvlar avj oldi. Armaniston va Ozarbayjon
o‘rtasidagi urush mamlakatni larzaga keltirdi. Ittifoq markazi bu voqealarning oldini olishga na
qurbonlar sababchilarini jazolashga va na bahs munozaralarni hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu
uning obro‘sini tushirdi.
Ittifoqdosh va ba’zi muxtor respublikalarda milliy harakatlar, asosan, ona tili va madaniyatni
himoya qilishdan, milliy o‘zlikni anglash, tiklanish va qayta qurishni qo‘llab-quvvatlashdan
boshlanar edi. Rossiyadan tashqari barcha respublikalarda milliy tilga davlat tili maqomining
berilishi ideokratiya tomonidan yaratilgan yagona rus tilidagi boshqaruvni yo‘qqa chiqardi. Milliy
madaniyat ustunligini ta’minlash, uni SSSRning barcha xalqlari madaniyatini birlashtiruvchi
«sotsialistik mazmun»dan xolos etardi, SSSRning madaniy-mafkuraviy birligiga zarba berardi.
Milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi milliy manfaatlarning sotsialistik va Butunittifoq
manfaatlaridan ustunligini bildirar edi. Bunda 1991 yilga kelib shu narsa ma’lum bo‘ldiki,
ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi 23 ma’muriy chegaralardan atigi uchtasida to‘qnashlar ro‘y
bermagan.
178
Shu bilan birga kichik millatlar - turli respublika va muxtoriyatlardagi 60 million kishining
hududlari va madaniyatining rivojlanishi hamda Shimol kam sonli xalqlarining saqlanib qolishi
muammolari keskinlashdi.
Aholini eng zarur narsalar bilan o‘zlari ta’minlash kerakligiga ishonch hosil qilgan respublika
rahbarlari respublikalarni xo‘jalik hisobiga o‘tkazishni talab qildilar. Bu narsa respublikalarni xalq
xo‘jaligi kompleksining asosiy subyektlariga aylantirilishini bildirar edi. SSSRdagi ishlab
chiqarishning 80%iga egalik qiluvchi sohaviy idoralar bunga yo‘l qo‘yishni istamas edilar. Siyosiy
Byuro, 1990 yilda eng avvalo bu idoralarning manfaatlarini hisobga olib shu qarorga keldiki,
respublikalarga ularda yaratiladigan boylikning ko‘pi bilan 15%ini qoldirib, 85 %ini Ittifoq
markaziy idoralariga berishi kerak edi. Bu respublikalarni hech qoniqtira olmas edi va ular o‘zlariga
konstitutsiya taqdim etgan, ammo aslida sarob bo‘lgan mustaqillik suverenitetlarini amaliyotiga
oshirishlaridan boshqa choralari qolmadi. Uning e’lon qilinishi va amalga tadbiq etilishi
respublikalardagi barcha ishlab chiqarish va tabiiy resurslari ustidan respublikalar hokimiyatining
o‘rnatilishiga, respublika qonunlarining ittifoq qonunlaridan ustunligiga va mustaqil tashqi
siyosatga ega xalqaro munosabatlar subyekti huquqlariga ega bo‘lishga qaratilgan edi.
Ko‘pchilik respublikalarning mustaqillik deklaratsiyalarida ularning SSSR tarkibidan
chiqishlari qayd etilmagan bo‘lsa-da, mustaqillikning amalga oshirilishi respublika rahbarlari
so‘zlari va xohishlaridan qat’iy nazar Ittifoq markaziga bo‘ysunishni puchga chiqarar, Ittifoq
davlatchiligini barbod qilardi. SSSR tarkibidan chiqishni respublikalar o‘z mustaqillik
deklaratsiyalarida bayon qilishdi. Markaz respublikalar ustidan hukmronlikdan mahrum bo‘ldi va
SSSR parchalana boshladi. Ular bu respublikalar o‘rtasida yagona mafkuraviy-siyosiy yo‘nalish va
hayotiy maqsad bo‘lganda yangi konfederativ munosabatlar o‘rnatilishi mumkinligini inkor etmas
edi; ammo bu SSSR emas, balki boshqa bir mazmundagi konfederativ davlat bo‘lar edi.
Gorbachev 1988 yildan boshlangan respublikalarning ketma-ket mustaqilliklarini e’lon
qilishlarini kinoya bilan «suverenitetlar marshi» deb atagan edi. 1988 yil noyabr oyida Estoniya
oliy soveti mustaqillik deklaratsiyasini ma’qulladi va respublika konstitutsiyasiga ham mos
o‘zgartishlar kiritdi. Kelasi yil may oyida esa SSSRdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1989
yil kuzida Gruziya aholisining ko‘pchiligi uning mustaqilligini tiklash uchun ovoz berdi va 1991 yil
aprel oyidagi referendumdan so‘ng mamlakat mustaqil deb e’lon qilindi, Moldaviya respublikasi
1989 yilda o‘zining suverenitetini, 1990 yilda mustaqilligini e’lon qildi. 1990 yil bahorida Litva va
Latviya o‘z mustaqallik va suverenitetlarini tiklab olishdi. 1990 yil yozida Rossiya, Ukraina,
Belorussiya, O‘zbekiston va Turkmanistonning suverenitetlari e’lon qilindi. 1990 yil oktabrida
Qozog‘iston, dekabrida Qirg‘iziston o‘z suverenitetlarini e’lon qildilar. 1990 yilda ittifoqdosh
respublikalardan tashqari Tog‘li Qorabog‘, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Gagauzlar respublikasi va
Dnepr bo‘yi Moldaviya respublikasi o‘z suverenitetini e’lon qildi.
Bo‘lib o‘tgan yangilanishlarning tashqi tomonidan ko‘ra ichki pritsial o‘zgarishlari muhimroq
edi. Ko‘pchilik respublikalarning suvereniteti va mustaqillik e’lon qilishlari ularda hokimiyat
tepasiga milliy-liberal, milliy demokratik yoki liberal-demokratik kuchlarning kelishi bilan bog‘liq
edi. Ular yoki ular tomoniga o‘tgan ilgarigi raxbarlar sodiq kommunistlarni hokimiyatdan
chetlashtirar yoki o‘zlariga bo‘ysundirar, sotsialistik yo‘ldan voz kechar, milliy, liberal yoki
demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlar edilar. Respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy tizim shunga
mos ravishda o‘zgarib borardi. Ularning ba’zilarida mustaqillikka va yangi yo‘lga faol qarshilik
ko‘rsatgan kommunistik tashkilotlar ta’qiqlanib, ularning mulki milliylashtirilgan edi.
Respublikalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy sohadagi yirik tafovutlar ularda
yagona va bir vaqtda amalga oshiriladigan islohotlarni yo‘qqa chiqarar, ularda yangi mafkuraviy-
siyosiy yo‘nalishning ishlab chiqilishi esa ularning mustaqillikka bo‘lgan intilishlariga nisbatan
ancha nomutanosib edi. Bu jarayon 1988 yildan boshlanib, 1990 yilda ko‘pgina respublikalarda
ro‘y berdi va 1991 yilning oxiriga kelib, sotsialistik yo‘lga sodiq bo‘lgan kommunistlar faqatgina
Belorussiya, Ozarbayjon va Tojikistonda hokimiyat tepasida qolgan edi. Bu respublikalarning
suverenitet va mustaqillik e’lon qilishlaridan ham ko‘ra SSSRdagi sotsializmga yo‘naltirilgan
davlatchilikka qattiqroq zarba berildi. Undan faqatgina xarobalar qoldi, xolos. O‘sha paytda
respublikalarning mafkuraviy-siyosiy uzoqlashuvining ahamiyatini xalqlar u yoqda tursin, balki
ba’zi rahbarlar anglamagan bo‘lsa-da, aynan shu narsa yagona davlat parchalanishini qaytmas
jarayonga aylantirdi.
179
Respublikalar uchun mustaqillikka va suverenitetga erishish, ayniqsa, mafkuraviy siyosiy yo‘lni
o‘zgartirish oson bo‘lmadi, Gorbachev Siyosiy Byuro, Markaziy qo‘mita, KPSSning syezd va
konferensiyalari, hamda xalq deputatlari syezdi respublikalarning suverenitetga ega bo‘lishlariga
iloji boricha qarshilik ko‘rsatdi. Siyosiy Byuro va MKning milliy siyosatga bag‘ishlangan
plenumlaridan birida, partiya syezdlari tomonidan Sovet rahbariyatining bir qator elatlarga nisbatan
yo‘l qo‘ygan xatolari sharhlab berildi, «Lenincha milliy siyosat»ga kiritilgan tuzatishlar
tushuntirildi. Ularning rahbarlari milliy harakat o‘choqlarida bo‘lishdi, MKning Boltiqbo‘yi
respublikalari bo‘yicha maxsus komissiyasi tuzildi. Gorbachev respublikalarga tobora ko‘proq
ahamiyat berardi. Ittifoqning partiya va sovet organlari respublikalarning rahbarlari va xalqlariga
qaratilgan ko‘p sonli murojaatlarida va ommaviy axborot vositalari orqali respublikalarning
SSSRdan tashqari yashay olmasligini va muvaffaqiyatli qayta qurish va xalqlar farovonligi uchun
Ittifoq davlatini saqlab qolish zarurligini isbotlashga harakat qilishardi. Ittifokdosh va muxtor
respublikalar erkinligini kengaytirish, Ittifoq markaziga esa faqat umumiy muammolarni hal qnlish
vakolatini berish taklif qilindi. Ammo shu bilan birga sotsialistik yo‘lning ustunligi, yagona
davlatning oliy rahbariyati belgilovchi jamiyat manfaatlari himoya qilinardi. Ilgarigidek milliy
manfaatlar ustunligi-millatchilik va sotsialistik yo‘ldan voz kechish qat’iy qoralanar edi. Bu esa
kelishmovchiliklarning sababi edi.
Respublikalarning suverenitetiga intilayotgan rahbarlarni xudbinlik va mansabparastlikda
ayblashardi. Respublikalardagi mustaqillikka qarshi bo‘lgan kuchlar baynalmilal frontlar,
kommunistik tashkilotlar va hokazolar ochiqchasiga va yashirincha qo‘llab-quvvatlandi. Ittifoqdosh
respublikalardagi mustaqillikka intilishni ayirmachilikni qo‘llab-quvvatlash, ya’ni ulardagi kichik
millatlarning (abxazlar, osetinlar, yoqutlar, polyaklar, gagauzlar va boshqalar) suveren bo‘lishga
intilishlari bilan qo‘rqitish orqali to‘xtatishga harakat qilindi. Mustaqillik e’lon qilgan
respublikalarga qarshi iqtisodiy jazo (sanksiya) choralari, qamallar qo‘llandi. Bu choralar
respublikalar xo‘jaligi va aholisiga zarar keltirdi, ammo millatchi-vatanparvarlarni to‘xtata olmadi.
Ittifoq hukumati suverenitetga erishishga qaratilgan respublikalar qonunlarini bekor qiluvchi
qonunlarni qabul qilar, respublikalar hukumatlari esa o‘z qonunlari ustunligida ustivor edilar.
Ittifoq hukumati tomonidan qabul qilingan qonun respublikalarning SSSRdan chiqishini
butunittifoq referendumida ma’qullanganidan keyingina ruxsat etishligini ma’lum qildi. Aslida bu
SSSRdan chiqmaslik to‘g‘risidagi qonun bo‘lib, respublikalar uni e’tiborga olishmadi.
1988-1990 yillarda Yerevan, Stepanokert, Dushanbe, Tbilisi, Boku va bir qator boshqa
shaharlarda mustaqillik tarafdorlariga qarshi qurolli kuchlar ishlatildi, qurollangan maxsus qismlar
safarbar qilindi. Buning oqibati yuzlab qatl etilganlar, yaradorlar va hibsga olinganlardan iborat
bo‘ldi. Ammo qurolli kuchlar qarshilikka va parchalanayotgan tuzumga qarshi bo‘lganlarning
kuchayib borayotganligiga duch keldi. Hatto yirik ommaviy namoyishlar qo‘shinlar yordamida
bostirilgan Yerevan, Dushanbe va Bokuda milliy harakatlar yangi kuch bilan alanga oldi.
Rossiyada 1990 yil yanvaridayoq Rossiya xalq deputatlari syezdida tayyorgarlik davomida
«Demokratik Rossiya» bloki tuzilgan edi. Bahorga kelib unga yangi tuzilgan bir qator partiyalar
qo‘shildi va u liberal-demokratik tus oldi. Uning a’zolari soni atigi bir necha o‘n ming kishidan
iboratligiga qaramasdan, uning inson huquq va erkinliklari ustunligi, demokratlashtirish va Rossiya
suverenitetini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarini RSFSR ning barcha mintaqalarida ro‘y berayotgan
miting, namoyish va stachkalar (ish tashlashlar)ning yuz minglab qatnashchilari qo‘llab-
quvvatlayotgan edi.
Rossiyaning ko‘pgina kommunistlari «nnson qiyofasidagi sotsializm» tarafdorlariga aylanishdi
va KPSSda «Demokratik qanot»ga yon bosdilar. Bahorda bo‘lib o‘tgan Rossiya kompartiyasining
ta’sis syezdi (qurultoyi)da «delegatlar partiyasining asosiy vazifalari haqida hech qanday tasavvur
yo‘kligi» ta’kidlandi. Ammo siyosiy byuro yordami bilan syezdda konservatorlar g‘alaba qilishdi
va respublika kompartiyalari ichida eng ko‘p sonli bo‘lgan Rossiya kompartiyasi Demokratik
Rossiyaga qarshi qo‘yildi.
Turli partiyalar o‘rtasidagi keskin kurash 1990 yil bahorida Rossiya xalq deputatlari syezdi
saylovida bo‘lib o‘tdi. Saylanganlarning 86%i kommunistlardan iborat edi, ammo ularning
ko‘pchiligi kompartiya ko‘rsatmalariga endi bo‘ysunmas edi. Shuning uchun Rossiya Oliy Soveti
shakllanishida liberal demokratlar qat’iy g‘alabaga erishishdi. Gorbachev tomonidan qo‘llab-
quvvatlanayotgan nomzodlarga qarshi keskin kurashdan keyin RSFSR Oliy Soveti raisi etib
180
B.Yelsin saylandi. Bundan tashqari bu Oliy Sovet 1990 yilning 12 iyunida Rossiyani suveren, ya’ni
o‘z ishlab chiqarish va tabiiy resurslarining to‘laqonli xo‘jayini deb e’lon qiluvchi deklaratsiyani
qabul qildi. Deklaratsiya Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini yangilash yo‘lidan birinchi qadam
bo‘lib, xalq hokimiyati, hukumatning taqsimlanishi, fuqarolarniig huquq va erkinliklarining himoya
qilinishi, partiyalarning teng huquqliligi va Rossiya qonunlarining ustivorligini e’lon qildi. Bu sana
Rossiyaning mustaqilligi bayrami kuni bo‘ldi. Keyinchalik hukumat to‘g‘risidagi dekret orqali
Rossiyada KPSSning rahbarlik maqomini bekor qilishga kirishildi. 1991 yil boshida esa Rossiya
Oliy Soveti «RSFSRda mulk to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildiki, u ishlab chiqarish vositalari,
jumladan yerning xususiy mulk bo‘la olishini e’tirof etdi.
Rossiya va bir qator boshqa ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka erishishi va liberal
yo‘nalishni tanlashga intilishlari markazi «sotsialistik yo‘lga» sodiq qoluvchi SSSRni parchaladi.
Siyosiy Byuro «barqaror tartib buzilganini, ko‘p millatli Sovet davlatining birligi xavf ostida
qolganligini» e’tirof etishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |