Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko‘payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Jinsli ko‘pa-yish natijasida spora xosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payganda yangi o‘simlik xosil bo‘ladi. Moxlar 2 sinfga bo‘linadi: 1. Jigarsimon moxlar Bularning ba’zi vakillarining tashqi ko‘rinishi jigarga o‘xshash bo‘ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo‘linmagan. 2. Poya va bargli moxlar Bularda xaqiqiy poya va barg bo‘ladi.
JIGARSIMON MOXLAR
JIGARSIMON MOXLAR
Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marщansiyani olamiz. Marщansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marщanse topgan va o‘z nomiga qo‘ygan. Marщansiya zax yerlarda, ariq bo‘ylarida o‘sadi.Uning tanasining tashqi ko‘rinishi bargga o‘xshash bo‘ladi.Tanasining pastki tomonidan,ya’ni epidermisdan o‘sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o‘sadi. Marщansiyaning ko‘ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida xavo kamerasi bor. Assimilyatsion xamda zapas oziq moddalarni to‘playdigan to‘qimalar uchraydi. Assimiliyatsion to‘qima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bu xujayralarda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Marshansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o‘sib chiqqan bo‘ladi
Marshansiya 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko‘payish kurtaklar yordamida bo‘ladi. Kurtaklar marщansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan marщansiya o‘sib chiqadi. Ya’ni kurtaklar marщansiya tanasiga aylanadi. Marщansiya 1 jinsli 2 uyli o‘simlik xisoblanadi. Bitta marщansiya onalik ekzemplyar xisoblanadi. Otalik va onalik marщansiyalar bir birlaridan quyidagicha farq qiladi: Otalik marщansiyaning tanasining ustidan o‘sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko‘proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo‘ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi.