Jigar sirrozi sabablari
Xastalikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar quyidagilar.
Virusli gepatit , turli taxminlarga ko’ra, 10-24% hollarda jigar patologiyasi shakllanishiga olib keladi. Gepatitning B , C , D kabi turlari va yangi aniqlangan gepatit G ham bu kasallikni chaqiradi; Ayniqsa gepatit C uzoq muddat belgilarsiz kechishi, shu sababli kech aniqlanishi tufayli xavflidir. 97 % holatlarda bu kasallik uzoq muddat kechib sirrozga olib keladi.
10 yil va undan ko’proq muddat davomida katta miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. Ichkilikning biron bir turiga bog’liqlik yo’q, asosiy omil – bu tarkibida etil spirtining mavjudligi va uning organizmga muntazam ravishda tushib turishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |