Jigar kasalliklari bilan bogʻliq umumiy simptomlar
Jigar funksiyasining buzilishida, turli kasalliklarida kuzatiladigan simptomlarning oʻxshashlik jihatlari bor. Ularga oʻt suyuqligi yetishmovchiligi, xolesterin yetishmovchiligi, toksik moddalarning qondan tozalanishi buzilishi, hazm qilish jarayonining sustlashishi kabilar kiradi. Bu kabi holatlarning barchasida jigar funksional qobiliyatining zaiflashuvi kuzatiladi.
Umumiy ahvolning yomonlashuvi va asteniya
Azotli almashinuv natijasida hosil boʻlgan toksik moddalar jigarda neytrallanadi. Bu esa umumiy holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, sababsiz ozish, uyquchanlik, tez charchab qolish va qoʻzgʻaluvchanlik bilan namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |