Jigar biokimyosi


Jigarning mochevina va o’t hosil qilish funktsiyasi



Download 44,5 Kb.
bet2/3
Sana10.06.2022
Hajmi44,5 Kb.
#650946
1   2   3
Bog'liq
Jigar biokimyosi

2. Jigarning mochevina va o’t hosil qilish funktsiyasi. Jigar- ammiakdan mochevina hosil qilish siklining hamma fermentlari bo’lgan yagona organ. Boshqa to’qimalarda hosil bo’lgan ammiak jigarda zararsiz mahsulot – mochevinaga aylanadi va qonga ajratiladi. Oqsillar, oqsil bo’lmagan azotli birikmalar (aminokislotalar, purin, pirimidin, biogen aminlar)ning jadal katabolizmidan jigarda mochevina hosil bo’lishi oshadi, uning qonda va siydik tarkibida ajralish miqdori ortadi.
Jigar maxsus suyuq modda – o’t ishlab chiqaradi va bu suyuqlik ingichka ichakka quyiladi. Faqatgina jigarda o’t kislotalar va ularning komyugatlari hosil bo’ladi hamda ular ichakda lipidlarning hazm bo’lishi va so’rilishida foydalaniladi.
O’t tarkibiga quyidagilar kiradi: o’t kislotalari, oqsillar (albuminlar, globulinlar), xolesterin va uning efirlari, mineral moddalar (Ca, K, Na), suv, pigment almashinuvi mahsulotlari (bilirubinglyukuronidlar), gormon va vitaminlar almashinuvining faol bo’lmagan mahsulotlari, organizmga tushgan yot moddalar va hokazolar. O’t ajralishi buzilishi lipidlarning hazm bo’lishi va so’rilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va pigmentlar almashinuvining zaharli mahsulotlari hamda yot moddalarning to’planishiga olib keladi.


3. Jigarda moddalarning zararsizlantirilishi. Jigar o’zining bizga ma’lum bo’lgan ko’pdan-ko’p vazifalaridan tashqari, modda almashinuvida hosil bo’luvchi oxirgi mahsulotlarni yoki tashqaridan organizmga tushgan zaharli moddalarni, dori-darmonlarni zararsizlantirishda ham qatnashadi. Organizmda “qurilish materiali” yoki energiya manbai bo’lib foydalanilmaydigan yot moddalar ksenobiotiklar deyiladi. Bular organizmga oziq-ovqat, nafas yo’llari, teri orqali tushadi. Ksenobiotiklardan tashqari organizmning o’zida hosil bo’ladigan ba’zi metabolitlar ham zaharli bo’lib, zararsizlantirilishi lozim. Masalan, bilirubin, steroid gormonlar, katexolaminlar va boshqa moddalar jigarda zararsizlantiriladi.
Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o’ziga xos yo’llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to’rda (EPT) boradi, reaktsiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti sitoxrom P-450, b5, gem va vitaminlar hisoblanadi.
Sitoxrom P-450 ning bir qancha o’xshash shakllari bo’lib, ular substratlarga monandligi, spetsifikligi bilan farqlanadilar.
Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to’r (EPT) da ro’y beradi. Jigarning bu faoliyatini o’rganish yaponiya olimlari T.Omuza va S.Sato (1964) jigardan EPT ni ajratib olishga muyassar bo’lganlaridan so’ng rivojlangan.
EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT oqsil sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT organizmga tushgan begona moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen substratlar, xolesterin, o’t kislotalari, to’yinmagan yog’ kislotalar, steroid gormonlar, prostaglandinlar).
Silliq EPT ning donador EPT dan asosiy farqi unda NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza fermenti faollikka ega bo’lib, gidroksillanish reaktsiyalarini amalga oshiradi.
Sitoxrom P-450 bilan ro’y beradigan reaktsiyalar oraliq va oxirgi zaharli moddalar hosil bo’lishi bilan o’tadi (H2O2, OH, O2-, CO va boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A,C,E va boshqalar), erkin radikallarga qarshi aktivlikka ega bo’lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni, Se va boshqalar) va fosfolipidlar himoya vazifasini bajaradi.
Zaharli moddalar zararsizlantirilishining ikkinchi bosqichi konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislotasini biriktirish bilan borib, reaktsiyalarni jigar endoplazmatik to’rining fermentlari katalizlaydi.
Glyukuron kislota glyukozaning oksidlanishidan hosil bo’ladi. U UTF bilan birikib, UDF glyukuronatni hosil qiladi. Sulfat kislota ATF bilan birikib, FAFS – fosfoadenozinfosfosulfatni hosil qiladi. Bu jarayonlarni quyidagi misollarda ko’rib o’tamiz:

  1. Ksenobiotiklar birinchi bosqichda oksigenazalar ishtirokida oksidlanadilar.

  2. Oksidlangan moddalar ikkinchi bosqichda UDFGK yoki FAFS-transferazalari ishtirokida konyugatsiyaga uchraydilar.

Konyugatsiya yo’li bilan aminokislotalar almashinuvini natijasida hosil bo’lgan fenol, krezol, skatol kabi moddalar va boshqa zaharli moddalar zararsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida gidrofil guruhlar hosil bo’ladi va moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi.
Yo’g’on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo’lgan skatol, indol, indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish vazifasi haqida ma’lumot beradi.
Turli dori moddalar ham jigarda metabolik o’zgarishlarga uchraydi. Masalan, lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko’rsatilganidek, oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab, oksifenobarbitalglyukuronid shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o’ziga xos o’zgarishlarga uchraydi.
Dastlab aspirin deatsillanish reaktsiyasi natijasida salitsilat hosil qilib, so’ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi.
Hosil bo’lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo’lishiga va organizmdan chiqarib yuborilishiga olib keladi.
Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demetillanish bilan ham boradi. Vitamin PP (nikotinamid) metilnikotinamid holatida zararsizlantirilib chiqariladi.
Nitrozaminlar zararsizlantirilishining buzilishi turli a’zolarda xavfli o’smalar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Sog’lom hujayralarning o’sma hujayralariga aylanishiga sababchi bo’lgan modda kanserogen deb ataladi. Benzantratsen va zamburug’lardan hosil bo’ladigan aflotoksinlar kanserogen moddalar bo’lib, jigarda epoksidlanish yo’li bilan zararsizlantiriladi.
Jigarda turli xildagi biologik aktiv moddalar (adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonin, tironin) aminooksidazalar ta’sirida oksidlanib zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar esa oksidlanib ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda jigarning ksenobiotiklarni zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo’ladi. Masalan, bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza, atsetillovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilardagiga nisbatan to’rt-besh marotaba past bo’ladi. Shuning uchun bolalar organizmida hosil bo’lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor moddalarning metabolizmi sust boradi. Shuning uchun bolalarga tavsiya etiladigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi.
Jigarning pigmentlar almashinuvidagi ishtiroki jigardagi RES hujayralarida xromoproteidlarni bilirubingacha parchalashda namoyon bo’ladi.

Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish