Йиғламанг, она виждонни сотганлар йиғламаганда



Download 9,14 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi9,14 Kb.
#39337
Bog'liq
She'r


ЙИҒЛАМАНГ, ОНА

Виждонни сотганлар йиғламаганда,


Гуноҳга ботганлар йиғламаганда,
Бировни йиғлатиб роҳатлар қилиб,
Дийдаси қотганлар йиғламаганда,
Ўзингиз айтгандай, турмай мардона
Сиз нега йиғлайсиз,
Йиғламанг, она!

Йиғламанг мунисим, садқаи кўз ёш,


Бандасига ёлғон, яратганга фош.
Сочингизни битта оқ толасига,
Дунё арзимайди, дунё — бағритош.
Тирналган бағримни тиғламанг, она,
Сиз нега йиғлайсиз,
Йиғламанг, она!

Юзимга ярашган кулгучим бўлиб,


Суянгувчим бўлиб, суйгувчим бўлиб.
Эдингиз-ку, нечун эгик қадингиз?
Йиқилсам, турғазиб қўйгувчим бўлиб.
Сиз нега йиғлайсиз,
Йиғламанг, она!

Умрим файзиёбдир ўзингиз билан,


Нокасга тик боқинг кўзингиз билан.
Ишонинг, сиз ҳали фахрланасиз,
Кун келиб, Беназир углингиз билан.
Сиз нега йиғлайсиз,
Йиғламанг, она!

ОНАМ

Онам менга айтмас оғриқларини,
Шунчаки таскинлар малҳам бўлолмас.

Бошқалар сингари кўнглини очиб,


Бошқалар сингари яйраб кулолмас.

Ҳовлини супуриб-сидиргай шамол,


Ул онам ғамини супура олмас.

Ҳаѐт унга берган мушкул бир савол,


Бир умр ўйланар, жавоб тополмас.

Сочлари оқарди, ўғил-қизлари


Бир тола оқини ўчира олмас.

Қанча айб қилсам, дилозорлигим


Ҳеч ким онам каби кечира олмас.

Юзига термулсам, шу онамчалик


Ҳеч ким меҳр билан тўйдира олмас.

Онам менга айтмас оғриқларини,


Шунчаки таскинлар малҳам бўлолмас.

Onajonim yig’laganim yo’q!


Bugun shodon davra, bayram tantana,


Barchaning ko’ngli xush dilxush davrada.
Dilimdagi dardim qiynar shunday pallada,
Lekin yig’laganim yo’q onajon!

To’g’ri yoshman ozroq beboshman,


Sizni ranjitgan bir bag’ritoshman.
O’z dardimga o’zim darddoshman,
Lekin yig’laganim yo’q onajon!

Otam yodga tushsa qiynalar jonim,


Sizga boqsam kuyar bu xonumonim.
Necha yildir o’rtanadi jonu jahonim,
Lek onajon yig’laganim yo’q!

Orzularga shunday ko’milib,


Yurgim kelayapti onajon.
Men ham baxtlilarga qo’shilib,
Kulgim kelayapti onajon!

Men ham ko’rdim yaxshi yomonni,


Xor qilmadim dilda iymonni.
Ko’ksimdagi barcha armonni,
Yulgim kelayapti onajon!

Olg’a borib toshqin soylardek,


Oqishlarga kirib boylardek.
Zulmatdan so’ng chiqqan oylardek,
To’lgim kelayapti onajon!

Baxtim kular dedim bir kuni,


So’nib ketdi umid uchquni.
Haqiqat yo’q nega men shuni,
Bilgim kelayapti onajon!

Yurakkinam ezilgan gilos,


G’amga botib qoldimda biroz,
O’pkam to’lib ketdida xolos,
Onajonim yig’laganim yo’q!

Yurmasam ham davronim surib,


Yiqilsam ham o’rnimdan turib.
Ag’yorlarim ko’ziga kulib,
Onajonim yig’laganim yo’q!

Ayting yig’lay yana ne uchun,


Shukr qilay onam bor uchun.
Qora qozon qaynatish uchun,
Onajonim yig’laganim yo’q!
Download 9,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish