Jinoiy jazo jinoyat qonunida qat’i belgilangan bo‘ladi. Jinoyat kodeksida sudlar uchun qat’i bo‘lgan jazo choralari belgilan-gan bo‘lib, sudlar jazo tayinlashda Maxsus qism normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan doirada jazo tayinlaydilar. Sud jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qonunda belgilangan jazonigina tayin-laydi, boshqa jazolarni davlat nomidan qo‘llanishi yoki jinoyat qonuni sanksiyalaridan chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat majbur-lovining alohida shakli bo‘lgan jazo jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |