Jazo tizimi tushunchasi



Download 33,55 Kb.
bet10/20
Sana21.09.2021
Hajmi33,55 Kb.
#180915
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
jazo turlari

birinchidan, jazo sodir etilgan jinoyat va aybdorning shaxsiga muvofiq bo‘lishi, jabrlanuvchi va uning yaqinlari oldida, davlat va boshqa organlar hamda jamiyat oldida adolatni tiklashi, jinoyatning og‘irliligiga muvofiq kelishini anglatadi;

ikkinchidan, jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalashga qaratilgandir.

Ba’zi mualliflar jinoyat huquqiy jazo chorasini qayta tarbiyalash jarayoni bilan bog‘lamaslik lozim deb hisoblaydilar. Ammo qonun chiqaruvchi jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalash, deb belgilaydi.



Jinoyatning maxsus oldini olish –jazo chorasini qo‘llash orqali mahkumning ruhiy holati va xulqini o‘zgartirish, uning ongidagi jinoyat sodir qilishga ta’sir etgan salbiy xislatlarni tugatish hamda shaxslarni qonunlar va axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida tarbiyalashdir.

N.A. Struchkov mahkumni tarbiyalash deganda birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir ko‘rsatish natijasi, ikkinchidan, maxsus tarbiyalash jarayoni, ya’ni jazoni ijro etish jarayonida qo‘llanadigan va majburan mehnat qilish chorasini qo‘l-lashni tushunadi4.

N.A Belyayev «Tarbiyalash bu – jazoni ijro etishdan oldin hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim masaladir. Jinoyatchining tarbiyalani-shi, unga nisbatan qo‘llanilgan jazoning ta’sir etishi natijasida unda bo‘ladigan o‘zgarishlar bo‘lib, u jamiyatning faol a’zosiga aylanmasa-da, jamiyat uchun xavfli bo‘lmasligi», deb tushuntiradi.

Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko‘zda tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o‘ziga xos xusu-siyatlarini e’tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur.

Ba’zan aybdorga jarima jazosini tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og‘irroq jazo belgilanishi ham jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan muhim choralardan biridir.

Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan yoki boshqa jazo chorasi qo‘llanilgan mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Bu tarbiyaviy choralar-dan muhimi — mahkumlarni mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va boshqa tadbirlardan iboratdir.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash muassasalaridagi maxsus tartib ham bunda katta ahamiyatga ega. Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoat tashkilotlari va mahnat jamoasining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus oldini olish qilib belgilandi. Jinoyatning umumiy oldini olishda – sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslar ogohlantiriladi. Maxsus oldini olish esa shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir.

Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xusu-siyati va mahkum tomonidan uni o‘talishida ifodalanadi. Agar jazoni qo‘llash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinsa, individual oldini olish deyiladi. Bu o‘rinda shaxsning o‘z aybini tan olganligi, jazoni o‘taganligi azob chekkanligi, sharoitning o‘zgarganligi yoki shaxsning tuzalganligi katta ahamiyatga egadir.

Individual oldini olishnig samaradorligi shundaki, u mahkum-ning jazoni o‘tashi natijasida ichki ruhiyatida vujudga kelgan o‘zga-rishni ifodalaydi. Bu maqsadga turli darajada erishtiruvchi jazolar bor. Masalan, o‘lim jazosini qo‘llash orqali bu maqsadga erishib bo‘lmay-di. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning individual oldini olishda katta samara berib, bu holat jazoni o‘tash jarayonida ro‘y beradi. Ozodilikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo, ya’ni ijtimoiy nazoratni kuchaytirgan holda qo‘llanuvchi shartli hukm qilish ham individual oldini olish maqsadiga erishishga xizmat qiladi.

Jinoyatchilikning umumiy oldini olish tushunchasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba’zi hollarda bu tushunchaga keng ma’noda qaralib, bu nuqtai nazar umumiy ogohlantirish barcha fuqarolarga, jamiyatning barcha a’zolariga qaratilgan degan talqinga asoslanadi.

Jazoning jinoyat sodir etgan aniq bir shaxsga nisbatan qo‘lla-nilishi, jinoyat huquqiy taqiqning buzilishi qanday oqibatga olib keli-shi mumkinligini ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida umumiy oldini olish jinoyat qonunchiligini buzish mumkin emasligi va jinoiy javob-garlikning muqarrarligiga ishontirish, aybdorning jazolanishi jamiyat a’zolariga tushintirish orqali tarbiyaviy funksiyani ham bajaradi.

Uncha xavfli bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lmagan shaxslarga qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazolarni qo‘llash orqali ham jazoning maqsadiga erishish mumkin.

Jinoyat qonuni muammolarini yechishda, jazoning maqsadi haqi-dagi jamoatchilikning fikri katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik fikri jinoiy javobgarlikni va qonundagi sanksiyalarni qat’ilashtirish zarurligini ko‘rsatib, bir vaqtning o‘zida ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish darajasi yuqori emas va jazoni ozodlikdan mahrum qilish joylarida o‘tagan shaxsni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va qayta tarbiyalash qiyin, degan fikr bildirilgan.

Jazoning maqsadlaridan yana biri mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilishdan iborat. Shaxsga jinoyat sodir qilganlik uchun u yoki bu turdagi jazo qo‘llanilganda, uning huquqi cheklanadi va xulqi nazorat ostiga olinadi. Ayniqsa, qamoq va ozod-likdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum qattiq nazorat ostiga olinadi va o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Davlat jinoiy jazoni qo‘llash bilan jinoyatchini o‘z fuqarolaridan izolatsiya qiladi va himoya qiladi, uni jinoyat sodir etish imkoniya-tidan mahrum qiladi. Ma’lum darajada bu maxsus ogohlantirish choralari doirasiga kiradi. Ushbu maqsadning qonunda mustaqil ajratib ko‘rsatilganligi to‘g‘ri bo‘lgan.


Download 33,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish