Jaxon Valyuta tizimi



Download 111,2 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi111,2 Kb.
#556835
Bog'liq
Jaxon Valyuta tizimi

Jaxon Valyuta tizimi

Mavzulashtirilgan klasterlar to’plami

Jahon valyuta tizimi rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarini bosib o’tdi:


Parij valyuta tizimi (1867-1914 y.y.);
Genuya valyuta tizimi (1922-1929 y.y);
Bretton-vuds valyuta tizimi (1945-1976 y.y.)
Yamayka valyuta tizimi (1976 yildan hozirgi davrgacha).

Jaxon valyuta tizimi elementlari


Zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR);
Valyutalarning o'zaro konvertatsiya qilinish shartlari;
Valyuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi;
Valyuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya);
Valyuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya);
Xalqaro hisob-kitoblar asosiy shakllarini soddalashtirish (unifikatsiya);
Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi;
Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar.

Parij Valyuta tizimi


Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to`rtta G`arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan
«Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi
Rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi
Dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi
Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya`ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi.

Oltin andoza tartibi bosqichma bosqich uch shaklni boshdan kechirdi.

  • 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 
  • 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo`yilma andozasini,
  • 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. 

Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). 


Bu tizim oltin andozasiga taalluqli bo`lib, uning yangi ko`rinishi «oltin qo`yilma andozasi» hisoblanadi.
    • Oltin qo`yilma andozasi amal qilgan sharoitda, muomaladagi pullar yoki qisman, yoki to`liq qog`oz pullar edi

Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va funt sterling tanlandi. 
    • Ushbu tizimning parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi inflyatsiya ta`sirida valyuta pariteti norealligining o`sib borishi bo`ldi.

Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.).


1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish tashabbusi bilan chiqdi.
Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. 
1971 yilning iyuniga kelib AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortdi. Bu Brettonvud tizimining amalda bekor bo`lishini bildirardi. 

Brettonvud tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 

  •  barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish; 
  • qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish. 

Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha).


1976 yili Kingstonda (Yamayka) bo`lib o`tgan XVFning navbatdagi yig`ilishida yangi valyuta tizimiga asos solindi. 
Muomalaga SDR andozasi (Special drawing rights - SDR) - «maxsus qarzdorlik huquqi» kiritildi.
Mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi.
Mamlakatlar o`rtasida amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul birliklarining suzib yuruvchi kursiga asoslana boshladi. 
1988 yilda 58 mamlakat o`z valyuta kursini, bitta asosiy hamkor mamlakat valyutasiga nisbatan o`rnatishi haqida qaror qabul qilindi: amerika dollariga (39 mamlakat), frantsuz frankiga (14 frank hududi mamlakatlari) va boshqa valyutalarga (5 ta 
mamlakat). 
Download 111,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish