2. Жамоатчилик экспертизасининг максади нимадан иборат?
Jamoatchilik ekspertizasi. “Ekspertiza” tushunchasi muayyan masalani mutaxassislar tomonidan o‘rganish va u haqda xulosalar berishni anglatadi. Ijtimoiy sohada shunday masala va muammolar mavjudki, ularni o‘rganish va tadqiq qilish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bu qiyinchiliklar o‘rganilayotgan masala va muammoning murakkabligi tufayli vujudga keladi. SHuning uchun ham, jamiyatda ekspertiza qilishga katta ehtiyoj mavjud.
Ekspertiza qilish, ko‘pincha, biror bir hujjat, loyiha, bajarilgan ish natijalari haqida xulosa berishni anglatadi. Ijtimoiy ekspertiza mutaxassis (ekspert)lar tomonidan ob’ektning holatini tashxislash, uning haqidagi axborot to‘g‘riligi va ishonchliligini aniqlash, uning keyingi tadrijini, shuningdek, boshqa ob’ektlarga ta’sirini prognozlash hamda qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishni qamrab oladigan tadqiqotdir. Ekspertiza, jumladan, jamoatchilik ekspertizasi to‘rt funksiyani bajaradi:
Diagnostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning holatini aniqlashni ifodalaydi.
Axborot-nazorat funksiyasi. Mazkur funksiya ob’ekt va uning atrofidagi muhit haqidagi axborotni o‘rganish, uning to‘g‘riligiva ishonchliligini aniqlash. Agar axborotda noaniqlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, ularga tegishli tuzatishlar kiritishni bildiradi.
Prognostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda qanday holatga o‘tish ehtimolini aniqlashni bildiradi.
Loyihalash funksiyasi. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektni ekspertiza qilish natijalariniijtimoiy loyihalash va qarorlar qabul qilishda qo‘llashni nazarda tutadi.
3. Жамоатчилик экспертизасини амалга оширишда учун кандай
вазифаларни хал этиш керак?
Jamoatchilik ekspertizasining ob’ektlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati, ijtimoiy institut va jarayonlar, konsepsiyalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lishi mumkin. Jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish lozim bo‘lgan ob’ektlarning barchasini sanab o‘tish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Umumlashtirib aytganda, jamoatchilik ekspertizasining ob’ekti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining qonunlarga mosligi yoki mos emasligidan tashqari, ijtimoiy, siyosiy ahamiyatga molik barcha faoliyat va jarayonlar bo‘lishi mumkin. Lekin jahondagi mamlakatlar o‘z taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ehtiyojlaridan kelib chiqib jamoatchilik nazoratining turli qirralari yoki ob’ektlariga oid qonunlar qabul qilishi mumkin. Jamiyat, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxslar hayoti va faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan har qanday hujjat va qarorlar ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lgan qarorlar quyidagi hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi tavsiya etiladi:
qabul qilingan yoki qilinayotgan qarorlarning aholi hayot faoliyatiga va turmush darajasiga o‘tkazadigan ta’siri miqyosini aniqlash zarur bo‘lganda;
qabul qilingan qarorni amalga oshirishning oqibatlari turli ijtimoiy guruhlar, turli hududlar hayotida vujudga keltiradigan oqibatlari qay darajada turli-tuman bo‘lishi mumkinligini aniqlash zarur bo‘lganda;
qabul qilingan qaror va hujjatlar to‘g‘risida turli-tuman, bir-biriga zid fikrlar mavjud bo‘lganda;
qabul qilingan yoki tayyorlangan qaror etarli asoslanmaganda. Uning ijobiy va salbiy oqibatlari qanday bo‘lishi aniq bo‘lmaganda;
qaror qabul qilayotgan organ mazkur qarorning oqibatlarini bashorat qilishga ehtiyoj sezganda;
bir-biriga zid bo‘lgan qaror variantlari mavjud bo‘lganda.
Bizning mamlakatimizda jamoatchilik nazorati bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik ekspertizasining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini, shuningdek, mazkur qarorlar fuqarolar manfaatlariga hamda jamoatchilik fikriga qay darajada mosligini aniqlashdan iborat.
Jamoatchilik ekspertizasi murakkab jarayon bo‘lganligi tufayli, uning ob’ektivligi va xolisligiga erishishning asosiy yo‘li ekspertlarning hamkorlikda ish olib borishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |