Variant № 24
1Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari.
JAVOBLAR:
Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
Reja:
Ta`lim mazmunini belgilo`vchi omillar.
Maktabning o`quv rajasi va unga qo`yiladigan talablar.
O`quv dasturi va darsliklar.
Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarni o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.
Ta`limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
ijtimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzimni xususiyatlari.
davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurt oldiga qo`yadigan maqsad hamda vazifalari;
o`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlar va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta`lim mazmuni o`quv rejasi, dasturi va darsliklarida ifodalangan.
2. O`QUV REJASI
O`quv rejasi – davlat hujjatidir. Oquv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so`zsiz amal qilinishi lozim bo`lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo`yicha o`rganilishi kerak bo`lgan o`quv fanlari va o`sha fanlar uchun ajratilgan o`quv soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
Maktabning yagona o`quv rejasi xalq ta`limi tomonidan tasdiqlanadi.
O`quv rejasi deb, o`qitiladigan fanlar, o`qitish uchun ajratilgan soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
O`quv rejasi tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
Oquv rejasi o`quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
Maktablarning birligi o`z qoidalariga asoslanadi. (ya’ni: boshlang`ich maktab –1-4 sinflar, to`liqsiz maktab-5-9 sinflar, umumiy ta`lim maktabining 10-11 sinflarining o`zaro bog`liqligi).
To`liqsiz va o`rta maktablarda o`quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi.
O`quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi sinfda o`qitilishi, ajratilgan soati, bollarning yosh va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, og`ir-yengilligi, didaktik-ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O`quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta`limning ilmiyligi g`oyaviylik hamda O`zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonning tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy tarbiya, sog`lom avlodning manaviy qiyofasi asosiy o`rinni egallaydi.
O`quv rejasida tabiiy fanlar- tabiiy jo’g`rofiya, biologiya, fizika, astronomiya, ximiya, matemateka va infarmatika markaziy o`rinni egallaydi.
Ishtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, ingliz tili, rus tili va boshqa chet el tillari, badiiy va san’at asoslari- adabiyot, tasviriy san’at, musiqa va ashula; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda hamma sinflarda mehnat ta`limini o`qitish uchun soatlar ajratiladi.
Bulardan tashqari, o`quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, infarmatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo`yicha ham o`quvchilarni qiziqishi, hohishlarini qoniqtirish, qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida o`tkaziladigan fakultatuv mashg`ulotlar ko`rsatilgan bo’1adi.
3.Oquv dasturi va darslik.
Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir oquv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O`quv dasturida o`quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi fanlarning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko`rsatiladi.
Ma’lum mavzu yuzasidan o`quvchi o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.
Dasturning qat’iyligi. O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotning har bir bosqichda fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu ular har yili ko`rib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir nech yillar mobayninda qat’iy bo`lishiga erishmoq darkor. Dasturining qat’iyligi qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzoq yashashi va o`quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak.
O`quv dasturida ilmiylik qoidasi. Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiyallar kiritiladi.
Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbiq etilishiga doir ma’lumotlar maktab o`quv fanlariga ham o`zgarishlar kiritishiga olib kelganidek, o`quv dasturidagi ayrim eskirgan massalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
O`quv materiallari mazmunini to`g`ri tanlash, fan materiyallarini tanlashda unda isbotlar, misollar mantiqiy umumlashma va xulosalarning to`g`ri uyg`unlashuviga alohida e’tibor beriladi. Aniq misollar bo`lmasa o`rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
Nazariyaning amaliyot bilan birlik qoidasi. O`quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarni turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan o`rni ko`rsatib beriladi. Ilmiy bilim ko`nikma va malakalarning o`zaro mustahkam bog`liq bo`lishi hamda ta’lim jarayonidagi nazariy ma’lumotlarni amalda qo`llab borish jarayonida o`z aksini topadi.
O`quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O`quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan holda tuziladi. Bunda o`quv fanlarining nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o`qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, infarmatika, fizika va boshqa qator fanlarni o`qitishda fan olamidagi ma’lum bir ilmiy hodisa, qoida va qonunlarni paydo bo`lishi, uning kelajak istiqboliga oid ma’lumotlar berib o`tiladi.
Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va konsertik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin.
Maktab va hunar-texnika bilim yurtlari dasturning tuzilishi uch bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limda mazkur dasturga amal qilish yuzasidan yo`l-yo`riqlar – qisqacha o`qittirish xati; ikkinchi bo`limda – o`quv materiallarining mazmuni; uchinchi bo`limda esa o`quvchilarning qo`shimcha ravishda o`rganishlari lozim bo`lgan adabiyotlar ro`yxati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |