Javoblar Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Senat Qonunchilik palatasi,xalq deputatlari kengashlaridagi faoliyatini takomillashtirish


Fuqoroning o’z xatti-xarakati uchun shaxsiy javobgarligi



Download 23,71 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2021
Hajmi23,71 Kb.
#55020
1   2   3
Bog'liq
Behzod

3.Fuqoroning o’z xatti-xarakati uchun shaxsiy javobgarligi

Har qanday huquq tarmogʻi kabi fuqarolik huquqi uchun ham eng muhim masalalardan biri fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq normalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishga harakat qilishlarini ta’minlash hisoblanadi. Odatda, fuqarolik huquqi predmetining asosiy qismi subyektlar oʻrtasidagi, odatdagi, kundalik normal munosabatlar hisoblanadi. Bu munosabatlarning normal doiradan tashqariga chiqishi fuqarolik huquqi normalarining buzilishini, fuqarolik-huquqiy javobgarlik tartibidagi masalani keltirib chiqaradi. Biroq repressiv huquq sohalaridan (jinoyat huquqi, ma’muriy huquq va boshqa ommaviy huquq sohalari) farqli ravishda fuqarolik huquqi subyektlarga jazolash, ta’qib qilish orqaligina ta’sir koʻrsatish maqsadini qoʻymaydi. Fuqarolik huquqining ta’sir usullari koʻproq imkoniyat berish, tanlash uchun sharoit yaratish, tashabbus koʻrsatishni ragʻbatlantirish va shu kabilarda namoyon boʻladi. Biroq fuqarolik-huquqiy munosabatlar har doim bir maromda normal davom etishi imkoniyati boʻlmaydi. Ba’zi hollarda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda normal holatdan chetga chiqish kuzatilishi mumkin. Agarda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda javobgarlik keltirib chiqarishlarini istisno etuvchi asosiy xatti-harakat qoidasini shakllantirish mumkin boʻlsa, bu quyidagi ikki qoidada oʻz mujassamini topgan boʻlar edi: A) Oʻz majburiyatlaringni vijdonan bajar; B) Hech kimga zarar keltirma. 250 Yuqoridagi ikki qoidaga rioya qilmaslikda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni muqarrar vujudga keltiruvchi holatlarning mohiyati namoyon boʻladi. Birinchi holat majburiyat munosabatlari bilan bogʻliq. Aksariyat hollarda subyektlar kirishgan oʻzaro fuqarolik-huquqiy munosabatlarning mazmuni ularning bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarida namoyon boʻladi. Bu asosan shartnomaviy munosabatlar hisoblanadi. Shartnomaviy munosabatlar boʻyicha majburiyatlarni har qanday buzilishi muayyan fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasini qoʻllashga sabab boʻladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik deb, fuqarolik qonun hujjatlari yoki shartnomalarda nazarda tutilgan, ixtiyoriy amalga oshirilmagan 252 taqdirda davlat majburlov kuchi bilan ta’minlangan, fuqarolik huquqbuzarligi oqibatlarini bartaraf etishga, shu jumladan, zararlarni toʻliq qoplashga yoxud ushbu oqibatlarni yumshatishga qaratilgan, huquqbuzar yoki qonun hujjatlarida javobgarlik zimmasiga yuklatilgan subyektlarni muayyan subyektiv huquqlardan maxrum qilish yoki qoʻshimcha fuqarolik majburiyatlarini yuklash yoxud boshqa noqulay salbiy oqibatlarni vujudga keltirishda namoyon boʻladigan huquqiy ta’sir choralarning qoʻllanilishidir.



Odatda repressiv huquq tarmoqlarida huquqbuzarlik subyekti (huquqbuzarlik qilmishini sodir etgan shaxs) va huquqbuzarlik uchun javobgarlik subyekti (sodir etilgan huquqbuzarlik uchun zimmasiga yuridik javobgarlik yuklatilgan shaxs) deyarli farqlanmaydi. Fuqarolikhuquqiy javobgarlikni qoʻllashda ham aksariyat koʻp hollarda huquqbuzarlik subyekti ayni vaqtda fuqarolik javobgarlik subyekti sifatida qaraladi. Biroq, bu holat har doim ham kuzatilmaydi. Masalan FK 334- moddasiga asosan basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi. Bu yerda huquqbuzarlik subyekti uchinchi shaxslar, javobgarlik subyekti esa qarzdor hisoblanadi. Oʻz navbatida qarzdor javobgarlikka tortilgandan soʻng regress da’vo qoʻzgʻatishi mumkin. Umumiy yuridik qoidaga koʻra huquqbuzarlik subyekti va javobgarlik subyekti uchun ham javobgarlikka tortish asosi sifatida uning muayyan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qisman yoki toʻliq muomala layoqatiga egaligi kabi mezonlar hisobga olinadi. Biroq zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini qoʻllashda 14 yoshga toʻlmagan zarar yetkazuvchining mol-mulki boʻlgan taqdirda ushbu mol-mulkka nisbatan yetkazilgan zarar boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin. Bu holat FKning 993-moddasi 5-qismida oʻz aksini topgan. FKning 996-moddasiga koʻra, agar vasiy vafot etsa yoxud zararni toʻlash uchun yetarlicha mablagʻga ega boʻlmasa, zarar yetkazuvchining oʻzi esa bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻligʻicha yoki qisman muomalaga layoqatsiz zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish