8. Dasturlash tizimi va uning tarkibi.
Tizimli dasturlash (yoki tizim dasturlash) - bu tizimli dasturiy ta'minotini dasturlash faoliyati. Tizimli dasturlashning oddiy yoki amaliy dasturiy ta'minotga nisbatan asosiy farq qiluvchi xususiyati shundan iboratki, amaliy dasturlash foydalanuvchiga xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minotni yaratishga qaratilgan (masalan, matn protsessori), tizimli dasturlash kompyuter texnikasi uchun xizmat ko'rsatadigan dastur yaratishga qaratilgan (masalan, diskni birlashtiruvchi). Bunda qo'shimcha ravishda qurilmalar xaqida yanada xabardorlik yuqori bo'lishi kerak.
Har bir taminot turiga o’ziga xos usullar, dasturlash texnalogiyalari mos keladi.
Tizimli dasturlash – bu umumiy dasturiy ta’minotni yaratish jarayoni bo’lib Operatsion tizim, dasturlash tizimlari, boshqaruvchi va tekshiruvchi (tashhislovchi) dasturlarni tuzishga asosiy etibor beradi.
Amaliy dasturlashlash amaliy (tadbiqiy) dasturlarni tuzish va taxlashga (otladka) mo’ljallangandir.
Dasturlash tizimi va uning tarkibi.
Tizimli dastur ta’minotining yana bir komponentasi dasturlash tizimidir.
Dasturlash tizimi dastur yaratishga mo’ljallangan tizim bo’lib, bitta yoki bir nechta kirish (boshlang’ich) tillari yordamida dastur tuzish va ijro etishni taminlaydi.
Dasturlash tizimlari bir yoki ko’p tilli bo’lishi mumkin. Ko’p tilli tizimlar yordamida dastur bo’laklarini har xil tillar yordamida loyihalashimiz mumkin.Dastur nuqtai nazardan dasturlash tizimi modullar to’plamidan iborat. Har bir modul maxsus funksyalar (ishlar,vazifalar)ni bajaradi. Zamonaviy tizimlar quyidagi komponentlardan iborat:
a) Kirish tili. Bu til yordamida dastur tuziladi.
b)Translyator . Kirish tilida yozilgan dasturni mashina yoki boshqa tilga tarjima qiluvchi maxsus dasturiy modul(tizim).
d) Tahrirlovchi. Dastur matnini tashkil qilish va matn ustida turli amallarni bajaruvchi qism dastur.
e) Taxlovchi. Dasturni tekshirish bosqichlarini shu modul yordamida
bajarish mumkin. Taxlashning statik (matn tahlili) va dinamik (boshlang’ich malumotlar bilan dastur ishini tekshirish) turlari mavjud.
f) Optimizator. (Optimallovchi). Dastur tarjima qilingandan keyin
hamma vaqt ixcham va qulay bo’lmaydi. Hosil bo’lgan ob’yekt modullarini optimallashtirish (ixchamlash, to’g’irlash, unumdorligini oshirish ) shu modul yordamida bajariladi.
g) Dispetcher. Foydalanuvchi bilan muloqot qilish va boshqa modullarni ishini boshqarish uchun ishlatiladigan modul. Dispetcherni monitor ham deyiladi.
h) Yordamchi qism sistema. Dasturlash tizimi haqida ma’lumotlarni saqlovchi maxsus ma’lumotlar to’plami.
Turbo Basic, Quick Basic, Turbo Pascal, Turbo C.
Windows-ilovalar yaratuvchi:
Embarcodero(Borland) Delphi ,
Microsoft Visual Basic ,
Borland C++ va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |