Javoblar: "Globallashuv"



Download 25,37 Kb.
bet4/4
Sana13.11.2020
Hajmi25,37 Kb.
#52283
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy goya

Terorizm (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushunchadir. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terorizmga xosdir. U siyosiy, iqtisodiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, bularning barchasi insonparvarlik g‘oyalari, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir.

Bugungi kunda odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan, insoniyat sivilizatsiyasiga ochiqdan-ochiq to‘siq bo‘layotgan, jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan, o‘z domiga asosan ayollar va yoshlarni tortayotgan, hudud va chegara tanlamayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biriga aylandi.

Mamlakatimizda odam savdosi, shaxsning erki va huquqlarini poymol etish, zo‘ravonlik, fohishabozlik qonun yo‘li bilan taqiqlab qo‘yilgan bo‘lsada, keyingi paytlarda sodda fuqarolarni chet elga ishga olib borish niqobi ostida ularni chuv tushurayotgan firibgarlar uchrab turibdi. Ular turli yo‘llar bilan fuqarolarni yollash, xorijiy davlatlarga olib borib, ulardan shahvoniy va boshqa maqsadlarda foydalanishni tashkil qilmoqdalar.

Mamlakatimizning asosiy qonuni – Konstitutsiyaning 13-moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi davlat tomonidan ta’minlanadi. Zero, davlatning bosh vazifalaridan biri inson haqida g‘amxo‘rlik qilishdir.

Bu borada 2008 yil 17 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinishi, 2008 yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-911-sonli qarorning imzolanishi O‘zbekistonda bunday transmilliy jinoyatga qarshi kurash borasida huquqni muhofaza qilish organlariga, xususan ichki ishlar idoralari zimmasiga juda katta mas’uliyat yukladi.

4. Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‘idan foydalanib, axborot erkinligini suiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo‘lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.

Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud bo‘lib, xususan, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi Qonunda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi”, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil’mlarni namoyish etish taqiqlanishi” belgilab berilgan bo‘lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi, agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‘a bo‘lmas. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‘lab, axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara quyib bo‘lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg‘unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma’naviy olamining daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmas.



Ommaviy axborot hukumat va xalq o‘rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‘yicha, nuqtai nazarini, shu yo‘ldagi Farmon, qaror va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‘z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan boxabar bo‘ladi, uni tahlil etib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta’minlanadi.
Download 25,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish