Javoblar
1 – topshiriq. Adabiyotlar asosida savollarga javob yozing.
Rivojlanishnima?
Rivojlanish - organizing va uning tarkibiy qisimlarining o'zgarishi hamda yangi belgilarni hosil qilishdan iborat . Bir sifat holatidan boshqasiga eskidan yangiga o'tishi rivojlanish natijasida obyekting tarkibiy yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi .
Bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari ularning integral ko'rsatkichlari qatorida baholanadi . Oilada maktabgacha bo'lgan bolalar muassalarida va maktablarda yaratilgan tarbiya va o'qitish sharoitlari va bolalarning salomatlik holatini ta'riflab beradi.
Bolalarning birinchi signal sistemasining ahamiyati nimada?
Birinchi signal sistemasiga ko'rish , eshitish , hid va ta'm bilish , og'riq sezish kabilar kiradi. Tashqi va ichki tasirlar ana shu sezgi organlariga ta'sir ko'rsatishi natijasida paydo bo'lgan shartli reflekslar birinchi signal sistemasining shartli reflekslari deyiladi .
Masalan: svetaforning yashil va qizil chirog'ining yonib o'chishi ,darsga kirish , chiqish qo'g'irchoqbozlarining tovushi , ovqating ta'mi va his hisobiga hosil bo'ladi .
MTMlaritarbiyalanuvchilarningjismoniyrivojlanganligiqandaybaholanadi?
Bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari oila hamda maktabgacha va maktab muassalaridagi tarbiyalash va o'qitish sharoitlari qanday yaratilganligiga bog'liq . Bunda eng ko'p ahamiyatga ega bo'lgan omillarga bolalarning ovqatlanish sifati , o'qish joylarining tashkil etilganligi , oqilona tuzilgan va bajariladigan kun tartibi , maktabdagi darslarning tartibi va xarakteri , bolalar muassalaridagi sanitar - texnik jixozlarning sozligi , xonalarning yorug'lik sifati va boshqalar kiradi .
Kun tartibining bolalar sog‘ligidagi ahamiyati nimada?
Ona bolaning ovqatlanish , uyg'onish va uxlashi uchun vaqt ajratishi kerak . To'g'ri taqsimlangan kundalik bolaning hayotida muhim ahamiyatga ega.
Ota onalar esda tutishlari lozimki bolalarning kundalik ishlarga ko'nikishi o'z vaqtini oladi . Shuning uchun sabr yoqay talab etiladi . Har bir kichkina odam individualdir, shu sababli aslo bolaning uxlashiga yoki istamagan paytda ovqatlantirishga majburlamaslik kerak. Ba'zilar to'rt soat tanafusga bardosh bera oladilar. Ba'zilar esa 1,5 -- 2 soatdan keyin opvqat so'rashadi va shu vaqtni o'zida ovqatlantirish zarur.
Ovqat tarkibidagi oqsil moddalarining ahamiyatini yoriting.
Ovqat ratsionini to'g'ri tuzish uchun , albatta oziq - ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini bilish lozim . Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir . Ovqatda oqsillar yetishmasa , organizim yuqumli kasalliklarga ko'proq moyil bo'lib qoladi , qon yaratilishi susayadi .O'sib kelayotgan organizing rivojlanishi sekinlashadi , nerv sistemasi ,jigar va boshqa a 'zolar faoliyati buziladi .
Og'ir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qiyinlashadi . Shuningdek , oqsillarning ratsionda ortiqcha bo'lishi ham organizimga ziyon. Ovqatlanishning O'zbekistonda qabul qilingan fiziologik me'yorlarida ratsiondagi umumiy koloriyalarning 14 foizi oqsillar hisobiga qoplanadi.
O'simlik mahsulotlari - don , dukkaklilar , kartoshka kabi mahsulotlar organizimni oqsillar bilan ta'minlab turadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |