Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish
Kasbiy faoliyatni sug‘urta qilish kasbiy faoliyat natijasida ro‘y bergan jismoniy shikastlanish yoki zarar yetkazilishi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
da’volardan himoyani ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bilan bo‘lgan holatdagi kabi, duch kelishi mumkin bo‘lgan risklar soni cheksizdir. Quyida ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
syurveyer mijozga nuqsonlarga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk xarid qilinishiga olib kelgan xulosa bergan.
buxgalterning hisob-kitoblarda xatoga yo‘l qo‘yishi hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan aksiyalar xarid qilinishiga olib kelgan;
dorixonachi dorini noto‘g‘ri tayyorlagan;
advokat moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladigan noto‘g‘ri maslahat bergan;
sug‘urta brokeri sug‘urta qoplami mavjudligini tasdiqlashi, lekin uni hujjatlar bilan rasmiylashtirishni yoddan chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |