Variant:6
Davlat Soliq Qomita rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari:
Javob:
1.Davlat Soliq Qomitasi Raisi- Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
belgilangan vakolatlar doirasida, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo’riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar beradi;
Davlat soliq qo’mitasi markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va respublika davlat mukofotlari berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlar beradi;
O’zbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati manfaatlarini ifodalaydi.
Davlat soliq qo’mitasi raisi o’ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.
2.Davlat Soliq Qomitasi Raisining birinchi o'rin bosari-1) Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta’minlanishi;
(23-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
2) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;
3) soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan hududlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks choralar ko‘rilishi;
4) nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimining modernizatsiyalanishi;
5) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va
funksiyalarning Qo‘mita markaziy apparatining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
6) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
7) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
3.Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari:
1) soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasining
takomillashtirilishi;
2) Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;
3) soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;
4) soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;
5) sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
6) soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning shaxsan qabul qilinishi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal
instituti va soliq texnikumlari faoliyati samarali tashkil etilishi;
(24-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
9) Qo‘mita vazifa va funksiyalarining Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
10) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 20-bandida
nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
Qo‘mitaning mansabdor shaxslari:
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari, ijro intizomini buzganliklari;
ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganliklari;
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;
o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganliklari va soliq solish bazasini kamaytirganliklari;
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |