Javascript kirish
JavaScript bu foydalanuvchi tomonida brauzer yordamida bajariladigan dasturlash tili. Bu sizga veb-sahifa elementlarini boshqarish, ya'ni ularning xususiyatlarini va joylashishini o'zgartirish, sichqonchani siljitish yoki klaviaturani bosish kabihodisalarga(events) munosabat bildirish va boshqa ko'plab qiziqarli effektlarni yaratishga imkon beradi.
JavaScript ko'pincha JS nomiga qisqartirilib, bu turli xil freymvork nomlarida (Node.js, Ember.js) va JavaScript kodli fayllarning kengaytmasida ishlatiladi.
Nom sifatida Javascript ro'yhatdan o'tgan savdo belgisi hisoblanadi va ORACLE kompaniyasiga tegishli.
JavaScript 1995-yil 4-dekabrda paydo bo'lgan, o'sha kuni til o'z nomini olgan. Bundan oldin u LiveScript deb nomlangan va Netscape Communications va Sun Microsystems tomonidan birgalikda elementlarni boshqarish va veb-resurslarning tarkibiy qismlari - rasmlar, plaginlar, Java dasturlari va veb-sahifalarni yaratishda ishlatiladigan boshqa elementlarning o'zaro ta'sirini ta'minlash uchun yaratilgan.
JavaScript-da C tiliga o'xshash sintaksis mavjud, ammo unda bir qator katta ahamiyatga ega farqlar mavjud:
- Obyektlar bilan ishlash imkoniyati, shu jumladan dasturni bajarish paytida obyektning turini va tuzilishini aniqlash. - Funksiyalarni parametrlar sifatida uzatish va qaytarish(return), shuningdek ularni o'zgaruvchiga belgilash imkoniyati. - Avtomatik turni solishtirish mexanizmining mavjudligi. - Anonim funksiyalardan foydalanish. Ko'pgina foydali Javascript freymvork va kutubxonalar:
Angular
React
jQuery
Vue.js
Ext.js
Ember.js
Meteor
Mithril
Node.js
Polymer
Aurelia
Backbone.js
To'liq freymvorklar ro'yhatini keltirishni iloji yo'q, sababi Javascript bu katta dunyo va bu dunyoda va boshqa ko'p yangiliklar sodir bo'lib kelmoqda.
Javascript dasturlash ilovalari
Avvalroq ta'kidlaganimizdek, Javascript dasturlash tillari orasida keng ishlatilayotganlaridan biri hisobalanadi(Front-end va Back-end-da ham). Uning dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sohasining deyarli har bir javhasida mavjud, ulardan birlari:
Mijoz tomonni tekshirish - har qanday foydalanuvchini kiritayotgan kiruvchi ma'lumotlarni serverga yuborishda uni tekshirish juda muhim va bunda front-end qismni o'zida ma'lumotni tekshirishda Javascript muhim rol o'ynaydi.
HTML sahifalarni boshqarish - HTML sahifasini tezkor boshqarishda yordam beradi. Bu sizga har qanday HTML teglarni Javascript yordamida osongina qo'shish va o'chirish, HTML sahifangizni turli qurilmalaridagi ko'rinishini o'zgartirishingiz mumkin.
Foydalanuvchi bildirishnomalari - saytingiz kuzatuvchilariga qandaydir bildirishnomalarni ko'rsatishingiz mumkin.
Ma'lumotlarni yuklash - Javascript sizga boshqa jarayonlar bilan shug'ullanayotganingizda ma'lumotlarni yuklashda Ajax kutubxonalari bilan t'aminlaydi.
Namoyishlar(prezentatsiya) - Javascript saytingizni ko'rinishini namoyishlar yaratish orqali ko'rkiga ko'rk qo'shish imkonini beradi.