Joylashuv menedjerlari
Java dasturlash tilida foydalanuvchi interfeysi elementlarini panel yoki frameda joylashtirish
usullarini joylashuv menedjerlari orqali belgilnadi.
Panelda elementlar avtomatik ravishda
flow layout
joylashuv menedjeri orqali
joylashtiriladi. Ushbu menedjer elementlarni bir qatorga ketma-ket, o’rtaga tekislab
joylashtiriladi. Agar elementlar bir qatorga sig’masa, sig’magan elementlar ikkinchi qatorga
o’tkaziladi.
Flow layout joylashuv menedjerining standart xolati
Joylashuv menedjeri panelning
setLayout()
metodi orqali belgilanadi. Flow layout
joylashuv menedjeri
FlowLayout
klassi yordamida yaratiladi. Panelda elementlar joylashuvini
o’rtaga tekislashdan chapga tekislashga o’zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
layout.setAlignment(FlowLayout.LEFT);
panel.setLayout(layout);
Natijada elementlar tekislanishi quyidagiga o’zgaradi.
Flow layout joylashuv menedjerining chapga biriktirilgan xolati
Boshqa joylashuv menedjeri bu
border layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashuv
menedjeri flow layout manager joylashuv menedjeridan farqli o’laroq elementlarni panelni
ma’lum joylariga joylashtirish imkonini beradi. Border layout joylashuv menedjeri panelni besh
qismga (north, south, west, east) bo’lib, elementlarni ushbu qismlarga joylashtirish imkonini
beradi.
Border layout joylashuv menedjerining sohalari
Border layout joylashuv menedjeri
BorderLayout
klassi tomonidan yaratiladi.
BorderLayout layout = new BorderLayout();
panel.setLayout(layout);
panel.add(button1, BorderLayout.SOUTH);
Border layout joylashuv menedjerining janubiy qismiga joylashtirilgan element
North (shimol)
South (janub)
West
(g’arb)
East
(sharq)
Center
(o’rta)
Flow layout joylashuv menedjeridan farqli o’laroq border layout joylashuv menedjeri
joylashtirgan elementlarni asil o’lchamlarini mavjud maydonni to’ldirish uchun o’zgartiradi.
Interfeys elementlarini asl o’lchamlarini saqlab qolish uchun ushbu elementlarni flow layout
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelga joylashtirib, keyin ushbu panelni border layout
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelning ma’lum qismiga joylashtirilishi mumkin.
JPanel ichkiPanel = new JPanel();
ichkiPanel.add(button1);
panel.add(ichkiPanel);
Oldindan panelga joylashtirib olingan element
Yana bir joylashuv menedjeri bu
Grid layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashtiruv
menedjeri foydalanuvchi interfeysi elementlarini jadval sifatida qator va ustunlarga joylashtiradi.
Jadval yacheykalari bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Grid layout joylashuv menedjeri
GridLayout
klassi yordamida yaratiladi. Qator va ustunlar sonini klass konstruktori orqali berish mumkin.
Border layout joylashuv menedjeri singari grid layout joylashuv menedjeri foydalanuvchi
interfeysi elementlari o’lchamlarini mavjud joyni to’liq egallash uchun o’zgartiradi.
Foydalanuvchi interfeysi elementlari o’lchamlarini saqlab qolish uchun ularni avval flow layout
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelga joylashtirish kerak.
GridLayout layout = new GridLayout(2, 2);
panel.setLayout(layout);
JPanel ichkiPanel1 = new JPanel();
JPanel ichkiPanel2 = new JPanel();
JPanel ichkiPanel3 = new JPanel();
JPanel ichkiPanel4 = new JPanel();
ichkiPanel1.add(button1);
ichkiPanel2.add(button2);
ichkiPanel3.add(button3);
ichkiPanel4.add(button4);
panel.add(ichkiPanel1);
panel.add(ichkiPanel2);
panel.add(ichkiPanel3);
panel.add(ichkiPanel4);
Grid layout joylashuv menedjeri
Yuqoridagi barcha joylashuv menedjerlari
java.awt
o’ramiga tegishli klasslar yordamida
yaratiladi.
java.swing
o’rami xam joylashuv menedjerlariga ega. Bularning bittasi
Box layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashuv menedjeri foydalanuvchi interfeys elementlarini
vertikal qator yoki gorizontal ustunga joylashtirish imkonini beradi. Box layout joylashuv
BoxLayout
klassi tomonidan yaratiladi.
BoxLayout layout = new BoxLayout(panel, BoxLayout.Y_AXIS);
panel.setLayout(layout);
panel.add(button1);
panel.add(button2);
Box layout joylashuv menedjeri
Do'stlaringiz bilan baham: |