Жащон бозори



Download 138,5 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi138,5 Kb.
#364717
  1   2
Bog'liq
Xayitboyeva Vazira


AL – XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT

UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI



101 – Turizm guruhi talabasi

Xayitboyeva Vaziraning

Iqtisodiyot nazariyasi

fanidan yozgan

Mavzu: Jahon bozori. Xalqaro savdo-kredit pul munosobatlari

Topshirdi: Xayitboyeva V.

Qabul qildi: Matkarimov I.


Urganch-2015



Reja:



  1. Jahon bozori

  2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar

  3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning tarkibi

  4. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi

Hozirgi paytda xar bir mamlakat xalqaro aloqalar: savdo, kapital, ishchi kuchi migrastiyasi, axborot, kredit va investistiyalarsiz samarali rivojlana olmaydi.

Shuning uchun iqtisodchilar xalqaro iqtisodiy aloqalarni o`rganish, jahon iqtisodiyotida ro`y berayotgan o`zgarishlarni, yangi vaziyatni taxlil qilish, taraqqiyot tendenstiyalarini aniqlashga katta axamiyat berishadi.

Jahon xo`jaligining shakllanishi iqtisodiyot nazariyasi fani oldiga mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishining foydalimi yoki yuk ekanlishni aniqlash muammosini qo`yadi. Iqtisodiyot fani bu masala bilan uzoq vaqtdan beri shug`ullanib kelmoqda. Bu masalani birinchi bo`lib ko`targanlar merkantilistlar bo`lib, ular tashqi savdo siyosatini yuritish masalalarini taxlil etar ekanlar, albatta, e’tiborni bu muammoga qaratishlari zarur bulgan. Ular boylik to`plash uchun davlat iloji boricha kuproq tashqi bozorda tovar sotishi, kamroq sotib olishi zarur ekanligini ta’kidlaydilar.

Merkantilistlarning tashqi iqtisodiy aloqalarining roli haqidagi g`oyalarini klassik maktab vakillari davom ettirishdi. A. Smit fikricha, agar bironbir begona mamlakat biron turdagi tovarni uzimizda ishlab chikarishga karaganda arzon narxda ta’minlash imkoniyatiga ega ekan, bu tovarni ulardan sotib olib, shu tovarni uzimizda ishlab chiqarish uchun sarflaydigan mexnatni boshkalarga karaganda ustunlikka ega bo`lgan maxsulot ishlab chikarishga sarflaganimiz ma’kul.

Adam Smit fikricha, xalkaro savdoni amalga oshirish sharti middiy narxlar bilan jaxon narxlari, ularni ishlab chikarish uchun kilingan absolyut xarajatlar urtasidagi farkdir.

Smit sun’iy ravishda savdoni cheklashga qarshi chiqib, qayerda mahsulot arzon bo`lsa, shu mamlakat bilan savdo qilish kerak. Agar vino Fransiyada Portugaliyanikidan ko`ra arzon, yaxshi sifatli bulsa, uni Fransiyadan sotib olish kerak. Shotlandiyada vino uchun uzum yetishtirishni nima keragi bor, chunki u yerda vino ishlab chiqarish Portugaliyaga qaraganda 30 marta qimmatga tushadi, deydi.

A. Smit nazariyasi absolyut xarajatlar prinstipiga asoslanadi, ya’ni qayerda xarajat kam sarflansa mahsulotni shu erdan sotib olgan ma’qul.

Qiyosiy xarajatlar ustunligi nazariyasini mexnat taqsimotining tugallangan modeli sifatida D. Rikardo ishlab chiqdi. Smit gipotezasi bu nazariyada aloxida bir ko`rinish sifatida talqin etiladi.

D. Rikardo, agar xarajatlar bo`yicha absolyut yuk bulsa nima qilish kerak? Bunda mamlakat o`z tovarining ma’lum qismini sotsa bo`ladimi? degan savol ko`yadi. Unga xalqaro tovar ayirboshlash uchun xarajatlar o`rtasida absolyut farq bo`lishi shart emas. Bunda xarajatlar bir biriga taqqoslanganda nisbiy farq qilsa bo`ldi. Xarajatlar nisbiyligi prinstipi—uzaro manfaatlar prinstipidir.

D. Rikardo xalqaro mexnat taqsimoti va ishlab chiqarish ixtisoslashuvi muammolarini chukur urganib, davlatning eksport va import imkoniyatlari nisbatini taxlil kiladi. U xalkaro ishlab chikarishning ixtisoslashuvi va uzaro manfaatli savdoning zarurligini, xatto xamma maxsulotlarni uzi ishlab chikarish imkoniyatlariga ega, iktisodi yukori darajada rivojlangan mamlakatlar uchun xam zarur ekanligini asoslab beradi. Biron turdagi tovar ishlab chikarish, xizmat ko`rsatishdagi afzalliklar eng avvalo tabiiy geografik sharoitga bog`lik. U o`zining "Siyosiy iqtisod ibtidosi va soliqqa tortish" asarida Angliya movuti bilan Portugaliya vinosini ayirboshlash bo`yicha misol keltiradi. Aytaylik, Angliyada movut ishlab chikarish yil davomida 100 ishchini talab etsin. Shu movut mikdoriga Angliya Portugaliyadan vino oladi, agarda o`zi ishlab chikarsa 120 ishchini jalb etishi kerak. Portugaliyada esa ju mikdordagi movut va vino ishlab chikarish uchun muvofik ravishda 90 va 80 kishining mexnati talab etiladi. Ularni takkoslasak Portugaliyada movut ishlab chikarish Angliyaga karaganda arzon va lekin vino ishlab chiqarishga qqaraganda kimmatrok. Bu Angliya uchun xam, Portugaliya uchun xam movutni vinoga almashtirish afzalrokligi, ochik bozorning yopik bozordan ustunligini kursatadi.

Qiyosiy ustunlik (afzallik) deganda bir mamlakatda yaratilgan ma’lum bir tovarni ikkinchi mamlakatga qiyoslaganda nisbatan past xarajatlar (mukobil kiymat) bilan ishlab chiqarish tushuniladi. Rikardoning misoli buyicha Portugaliya vino tayyorlash uchun 80 birlik, Angliya 120 birlik, ya’ni Portugaliya Angliyaga karaganda 40 birlik kam xarajat kilayapti. Movut ishlab chikarish uchun esa Portugaliya Angliyaga karaganda 10 birlik kam sarflayapti.

Jaxon bozorida borgan sari qayta ishlovchi sanoat maxsulotlari, xizmatlar bilan savdo kilish rivojlanib boradi. Bu maxsulotlarni ishlab chikarish va savdosida jaxon narxlarini tashkil topishida borgan sari ana shu tovarlarning roli ortib boradi.

Mamlakatlarda texnologiya darajasi deyarli bir xil, lekin ishlab chikarish omillari farqlanadi. Ishlab chiqarish esa aynan ana shu omillarga bog`lik.

Qaysi mamlakat o`zidagi serob omildan samarali foydalansa nisbatan ustunlikka ega bo`ladi.

Firmaning raqobatchilik strategiyasini mamlakatning rakobatdagi ustunligi omillari bilan qo`shib baxo berish kerak. Bu determinantlarga quyidagilar kiradi.

1. Ishlab chiqarish omillari (tabiiy, pul resurslari, ishchi kuchi va ularning bilimi, malakasi darajasi, infrastruktura) bilan ta’minlanganligi.

2. Masshtab effekti (korxona kattalashib borishi bilan urtacha xarajatlarning pasayishiga olib keluvchi omillar)dan foydalanishga imkon beruvchi ichki talabning parametrlari.

3. O`xshash va uzaro bir-birini to`ldiruvchi, ta’minlovchi tarmoklarning raqobatbardoshligi.

4. Hukumatning roli. (Yukoridagi uchchala determinantlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir kursatishi mumkin).

Tashki bozorga mo`ljallangan raqobatga bardoshli tarmoqlarni rivojlantirish uchun imtiyozlar belgilash mamlakatga foyda keltiradi, lekin goxida kutilmagan natija xam olib keladi. Eksportning o`sishi dunyo bozorida taklifning o`sishiga u uz navbatida jaxon bozoridagi narxlarni pasayishiga olib keladi. Narx uzgarmagan takdirda xam eksportga muljallangan sektorga boshka soxalardan ishlab chikarish omillarining okib utishiga olib keladi. Natijada iktisodiyot bir tomonlama rivojlana boshlaydi.

Turli mamlakatlarda importga turli to`siqlar qo`yilishiga sabab sifatida quyidagi dalillar ko`rsatiladi.



  • Mamlakatning o`zida ishlab chiqarish va axolya bandligini ta’minlash lozim.

  • Chet el arzon ish kuchidaya uzini ximoya kilish.

  • Endi oyokka turayotgan milliy xujalik tarmoklarini ximoya kshshsh.

  • Milliy mudofaani mustaxkamlash.

  • Chet el firmalari tomonidan uyushtiriladigan "demping"ga yul kuymaslik.

  • Davlat daromadlarini ko`paytirish.

  • Chet el kapitalini jalb kilish.

Fritrederlik (inglizcha Freee trade - erkin savdo demakdir) yirik tadbirkorlar, monopoliyalar tomonidan davlatni iktisodiyotga aralashmasligini talab kilib yuritiladigan siyosat.

Xalkaro savdo mamlakatlar o`rtasida yuz beradigan savdo-sotik munosabatlari bulib, ular tovarlarni chetga chikarish (eksport) va chetdan olib kelish (import) bilan ifodalanadi. Xalkaro savdo asosini xalkaro mexnat taksimoti va uning chukurlashuvi, mamlakatlarning u yoki bu tovarni ishlab chikarishda tutgan kiyosiy ustunligi belgilaydi.

Jaxon bozori davlatlarning tashki iktisodiy siyosatiga xam katta ta’sir kursatadi. Unda faqat umumiygina emas milliy manfaatlar xam uz ifodasini topadi.

Shuning uchun xam borgan sari xalqaro savdosotik rivojlanib bormokda. Keyingi 15 yil mobaynida jaxon mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotik 3 marta ko`paydi.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar emas, balki ayirboshlash mumkin yoki zarur bo`lgan tovarlargina sotiladi. Ular asosan asbob-uskuna, ko`mir, neft, gaz, metall, paxta, choy, don, kofe, yogoch, jun, tabiiy kauchuk, sut va sut maxsulotlari, sariyog, tamaki kabilardan iborat.

Undan tashkari, bu tovarlar milliy bozorlarga karaganda katta partiya (tuda, tup)larda chikariladi.

Jaxon bozori milliy iktisodiyot rivojiga katta ta’sir kiladi. Bu uz navbatida jaxon bozorida uzgarishlar yuz berishiga olib keladi.

Jaxon bozorida keyingi yillarda sodir bulgan uzgarishlar katorida kuyidagilarni kursatish mumkin:

1. Uzoq vakt jaxon bozorida AQSh gegemonlik qilgan bo`lsa, endi borgan sari AQSh uzining ilgarigi saloxiyatini yo`qotib bormoqda. Bir vaktlar AQSh jaxon eksportining 1/3 kismini tashkil etgan bulsa, 80yillarda 1/8 tushdi. Hozirgi paytda 1/10 atrofida. Borgan sari, bu borada Yaponiyaning xissasi AQSh ga yakinlashib bormoksta.

2. Singapur, Janubiy Koreya, Braziliya, Meksika, Xitoy kabi yangi industrial mamlakatlarning jaxon eksportidash xissasi ortib bormokda.

3. FTR natijasida xalkaro savdoning tovar tarkibi uzgarmokda. Fan sipshi yukori, murakkab texnologik maxsulotlar eksporti elektrotexnika, elektr uskunalari, transport vositalari xissasi ortib boryapti.

4. Ayrim sanoat tarmoklari, jumladan kimyo sanoati nixoyatda ixtisoslashib bormokda. Natijada, yirik eksportyorlar uz navbatida yirik imtyurtyorlar xam buladi. Masalan, 1996 yili AQSh ning eksporti 848,7 mlrd. dollar bulgani xolda, importi 956,0 mlrd. dollarni tashkil etdi. Germaniya eksporti 604,1 mlrd. dollar bulsa, importi 576,3 mlrd. dollar. Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshka rivojlangan mamlakatlar tashki savdo oboroti xam shu jarayonning yuz berayotganini tasdiklaydi.

5. Ko`pgina mamlakatlar kishlok xujaligi maxsulotlari ishlab chikarishni kupaytirib, uziniuzi ta’minlagani sababli, jaxon bozori tovar oboroti tarkibida kishlok xujaligi maxsulotlarining xissasi kamayib bormokda. Tayyor maxsulotlar xissasi esa usib bormokda. 1980-1996 yillar urtasida jaxon eksportida tayyor maxsulotning ulushi 65% dan 78% ga kutarilgani xolda, ozikovkat maxsulotlari ulushi 12% dan 9% ga, xom ashyo, metallar 5% dan 2% ga, energiya manbalari 12% dan 5% ga, kishlok xujaligi xom ashyosi 4% dan 2% ga tushdi. Vaxolanki, II jaxon urushigacha tovar oborotining 2/3 kismini ozikovkat, xom ashyo tashkil kilgan.

6. Rivojlanayotgan mamlakatlar eksportining tovar strukturasida xam muxim uzgarishlar yuz berdi. Ilgari asosan xom ashyo, kishlok xujaligi maxsulotlari eksport kilingan bulsa, 60yillardan boshlab sanoat maxsulotlari ayniksa, engil sanoat maxsulotlarining xissasi usib bormokda.

7. Jaxon eksportida borgan sari xizmat kursatish ulushi ortib bormoksta. Agar 1996 yili 1980 yilga nisbatan tovar eksporti 2,9 marta usgan bulsa, xizmatlar eksporti 3,3 marta usdi. Bu tabiiy, chunki jaxon bozorining rivojlanishi uziga xos infrastrukturaning rivojlanishini ob’ektiv zarurat kilib kuyadi.

Xalkaro mikyosda xizmatlar savdosi tovar savdosidan fark kilib, uziga xos jixatlari bilan ajralib turadi.

A) Xizmatlar tovarlardan fark kilib, asosan ishlab chikarish va iste’mol bir vaktda yuz beradi, tovarga uxshab saklab bulmaydi. Shuning uchun xizmat kursatuvchi bilan iste’molchi tugridantugri mulokotda buladilar. Tovarlar savdosi esa kupincha vositachilar orkali amalga oshadi.

B) Xalkaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan boglangan, uni usib borishiga olib keladi. Chetga tovar chikarish bozor xolatining kon’yunkturasini urganishdan boshlab, uni tashib olib borish bilantugaydi. Fan sigimi yukori tovarlar, murakkab texnologiya juda katta xajmdagi texnik xizmat kursatishni, axborot va maslaxat berishni talab kiladi. Jaxon bozorida tovarlarning muvaffakiyatli savdosi ana shu xizmatlarga boglik.

V) Xizmat sferasi davlat tomonidan kuprok ximoya kilinadi. Transport, aloka, moliya, sugurta xizmatlari, fan, maorif, soglikni saklash an’anaviy tarzda juda kup mamlakatlarda kisman davlat tasarrufida yoki davlat tomonidan kattik nazorat kilinadi.

G) Щamma xizmatlarni xam tovarga uxshab xalkaro xujalik oborotiga keng jalb etib bulmaydi. Masalan, shaxsiy iste’molni kondiradigan kommunal, maishiy xshmatlarni kursatish mumkin.

D) Borgan sari komshteks xizmat kursatishni talab etadigan turizm rivojlanib boradi. Xalkaro mikyosda madaniy alokalarning rivojlanishi xam xizmat kursatishning rivojlanishiga olib keladi. Natijada borgan sari xizmat kursatish soxasida band bulganlarning soni ortib bormokda.

E) Xizmatlar bozorida xozirgi paytda injiniring xizmatlari kursatish aloxida urin tutadi.

Injiniring xizmatiga sanoat, infrastruktura va boshka ob’ektlarni yaratishda tijorat asosida turli injenerlik maslaxat xizmatlari kursatish kiradi. Loyixalashdan avval tadkikot utkazish, ilgari surilgan goyani texnikiktisodiy asoslash xizmatlari, sungra loyixalash (loyixa, sxema, bosh reja, ishchi chizmalar tayyorlash), xamda loyixalashdan sunggi xizmatlar (kontraktshartnoma materiallarini tayyorlash va boshkalar) kiradi.

Ilmiytexnik, texnologik yangiliklar (nouxau), injiniring xizmatlari kursatish infrastruktura ob’ektlarining loyixalarini ishlab chikish, kurish, yaratishni urganish uchun uz mutaxassislarini bu soxadagi etakchi mamlakatlarga yuborish keng yoyilmokda.

XX asrning 70-yillaridan boshlab, ishchi kuchi migrastiyasi keng yoyildi, ya’ni mexnat resurslarini bir mamlakatdan boshka mamlakatga kuchib utishi kuchaydi.

Buning sabablari turlituman. Ulardan eng asosiylari ikgisodiy sabablar bulib:

Ishsizlik darajasidagi fark.

Ish xakidagi fark.

Turmush darajasidagi fark.

Sharoitdagi fark va boshkalar.

Odatda ish kuchi kambagal mamlakatlardan boy mamlakatlar tomon okadi. Chetdan kelgan ishchilarni ishlatishdan manfaat kurilmaganda ish kuchi migrastiyasi bu darajaga kelmas edi.

Eng avvalo, chetdan kelgan ish kuchi arzon. Undan tashkari, ayrim ish turlari borki, rivojlangan mamlakatlardagi ishchilar ularni bajarishni kup xam xoxlashmaydi. kolaversa, bu mamlakatlar osongina yukori malakali mutaxassislarga ega bulishadi. Bunday mutaxassislar tayyorlash uchun zarur bulgan mablag tejab kolinadi.

Yuqori malakali mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlar tomon emigrastiyasi iqtisodiy adabiyotlarda aqllarni oqib utishi (drain of brain) deb ataladi.

Umumjaxon xo`jaligida ishchi kuchi migratsiyasining jadallashuviga qator omillar sabab buladi.

1. Transport va alokalarning rivojlanishi ish kuchini geografik jixatdan kuchib yurishini osonlashtiradi.

2. Ishlab chikarish va ijtimoiy xayotni axborot bilan ta’minlash turli mamlakatlarni fan va madaniyati, bilim va malaka mezonlarini yakinlashtiradi.

3. Transmilliy korporastiyalar faoliyati fakatgina ish kuchini geografik jixatdan kuchib yurishnigina emas, jaxon mikesida kullash sharoitlarini xam tenglashtirish imkonini yaratadi.

Xalkaro munosabatlarda kapital migrastiyasi muxim urin tutadi. Kapital migrastiyasi ikki shaklda yuz beradi:

1. Chetga tadbirkorlik kapitali chikarish yoki chet elda iktisodiy faoliyatini investistiya kilish;

2. Ssuda kapitali chikarish yoki xalkaro kredit.

Tashki iktisodiy alokalarni biz kuprok tovar eksporti va importi tarzida kurishga urganib kolganmiz. Lekin xozirgi zamon iktisodiyotida maxsus tovarkapital eksporti va importi muxim urin tutadi.

Chetga kapital chikarishning asosiy sababi xujalik xayotining baynalmilallashuvi va chetdan olinishi mumkin bulgan foydaning yukori bulishi bulsa, kapital import kilaetgan mamlakat uchun esa chetdan kelgan mablag evaziga iktisodiy faoliyatini jadallashtirish.

Kapital migrastiyasi bu ma’lum manfaatli maqsadga qaratilgan pul mablag`larini bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko`chishini ifodalaydi.

Chetga kapitalni tadbirkorlik (soxibkorlik) kapitali tarzida chiqarish ikki xil: to`g`ridan to`g`ri va portfel shaklida chiqariladi.

Tadbirkorlik (soxibkorlik) kapitali chikarishda uzok muddatli chet el investistiyalari savdo, sanoat va boshqa soxalarga qo`yiladi.

To`g`ridan-to`g`ri kapital chiqarish bu investistiya miqdori chet el korxonalarini nazorat kilish xukukini beradigan darajada kapital qo`yishdir. Bu nazariy jixatdan qarasak 50% dan ortiq bo`lishi kerak. Lekin real xayotda bu mikdor turli mamlakatlarda turlicha bulib, kompaniyalar kapitali 20-25% va undan xam kam mikdorini tashkil etishi mumkin. Masalan, AKSh da nazorat paketi akstionerlik kapitalining 10% gacha kismini tashkil etishi mumkin.

Portfel investistiya esa kapital ko`yilgan korxona ustidan nazorat kilish huquqini bermaydi. Buning uchun uning miqdori etarli emas.

Shunday kilib, to`g`ridan-to`g`ri yoki portfel shaklidagi kapital chikarishning farqi kuyilgan kapital korxona ustidan nazorat urnatish xukukini berish yoki bermasligiga karab aniklanadi.

Hozirgi davrda to`g`ridan-to`g`ri investistiya xajmi ortib borishi kuzatilmokda. Bunda rivojlangan mamlakatlar, birinchilar katorida esa Yaponiya, AQSh, G`arbiy Evropa mamlakatlari turadi.

Rivojlangan mamlakatlar urtasida kapital migrastiyasi bir necha darajada amalga oshadi:

a) xozirgi zamon iktisodiyoti asosiy markazlari bulgan AQSh-G`arbiy Evropa-Yaponiya o`rtasida;

b) aloxida mamlakatlar o`rtasida;

v) mamlakatlarning bir turdagi tarmoklari urtasida. Kapital migrastiyasi makro va mikro mikyosda yuz beradi, ya’ni mamlakatlar o`rtasida yuz berganda mamlakatning statistik xisoboti va tulov balansida aks ettiriladi.

Mikro mikyosda, ya’ni korporastiyaning ichki kanallari orkali kuprok TMKlarning bosh(ona) kompaniyalaridan filiallari, ikkilamchi (kiz) kompaniyalariga, shoxobchalari (nevara) tomon kapital xarakati tarzida yuz beradi. Milliy chegaradan bu kapitallar transfert narxlari mexanizmi orkali utkaziladi.

Valyuta tizimini tartibga solish faol valyuta siyosatini o`tkazish, xalkaro qonun-qoidalar ishlab chiqish bilan amalga oshirildi. Natijada, valyuta munosabatlarida bir muncha barqarorlikka erishildi. Lekin, 30yillardagi jaxon inkirozi bu jarayonga xalaqit berdi. Ikkinchi jaxon urushidan avval bironta mamlakat xam barqaror valyutaga ega bo`lmagan.

Urush paytida bo`lsa barcha mamlakatlar valyuta munosabatida qatnashishidan qatiy nazar vadyuta cheklashlarini kiritib, valyuta kursini muzlatdilar.

Valgota inqirozini yana qaytarilishidan xavfsirash, mamlakatlarni yangi valyuta tizimini ishlab chiqishga undadi. Bu paytda jaxonda etakchilik Evropadan AQSh ga ko`chdi. Muvofik ravishda ikki loyixa: amerika va ingliz loyixasi ilgari surildi. Har ikkalasi xam oltin deviz standartini qoldirish, erkin savdo va kapital ko`chishini, valyuta kurslarini barqarorligini ta’mindashga karatilgan.

1944 yili Bretton-Vuds (AQSh) valyuta tizimi qabul qilindi. U oltin deviz standartiga asoslangan bo`lib, oltin va maxsus maqom (status)ga ega AQSh dollari va funt sterling ishlatiladigan buldi. Ikki yirik xalqaro valyuta kredit tashkilotlari Xalqaro valyuta fondi va Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki tashkil etildi. Lekin xisob-kitoblarning asosiy qismi dollarda amalga oshirilgani uchun bu valyuta tizimi ko`prok "oltindollar standarti" deb ataladi. Bu tizim 70-yillargacha amal qildi. Xalqaro valyuta inkirozi tufayli borgan sari dollarning oltin bilan boglanishini cheklab, nixoyat uz kuchini yukotdi. AQSh dollarini oltinga almashtirish tuxtatildi. Chunki butun dunega tarkalgan dollarni oltinga almashtirish uchun AQSh ning barcha oltin zaxiralari xam kamlik qilardi.

1976 yili Xalkaro Valyuta fondi a’zolari Yamaykaning Kingston shaxrida XVF nizomiga o`zgartirishlar kiritishdi. Unga muvofiq endi oltin jaxon puli rolini o`ynamaydigan bo`ldi.

Oltin pul sifatida amal kilmay, baxosi talab va taklif asosida shakllanadigan oddiy tovarga aylandi.

Evropa xamjamiyati xalkaro xisob-kitobni tartibga solish vositasi sifatida 1979 yildan kollektiv valyuta "EKYu"dan, 1999 yildan esa "Evro"dan foydalanildi. 2002 yildan "Evro" real pulga aylandi.

Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining xam bir necha kollektiv valyutalari bo`lib, ulardan xalkaro x^sobkitob birligi sifatida foydalaniladi. Bu Arab valyuta fondining "arab xisob dinori", And pakti mamlakatlarining "and pesosi", "KFA" fransuz franki amal kilgan Afrika mamlakatlarining pul birligi va boshqalar.

Shar bir mamlakat o`z milliy valyutasining kursini xisoblashda ana shulardan xoxlagan birini tanlash imkoniga ega bo`ladi.

Xalqaro valyuta fondi xalkaro munosabatlarda valyutalarni qay darajada erkin ishlatishga ko`ra "valyuta konvertastiyasi" tushunchasini ishlab chiqdi. Unda ikki narsaga:

1. Shu valyutaning xalqaro xisob-kitoblarda keng ishlatilishi;

2. Asosiy valyuta bozorlarida erkin almashtirilishiga axamiyat beriladi.

Ana shunday erkin ishlatiladigan valyutalar sifatida XVF 1986 yildan GFR markasi, Fransiya franki, Yapon ienasi, Angliya funtsterlingi va AKSh dollari kursatildi. Bu besh valyuta xalkaro xisobkitoblarda etakchi rol uynaydi. Ular XVF tomonidan kreditlarni kaytarish va ularga foiz tulash uchun kabul kilinadi.

Iqtisodchilarning fikriga ko`ra ko`prok tashqi omillar: kapital Migrastiyasi, eksport talabi tebranishlari kuchaygan sharoitda suzuvchi valyuta kurslarini qo`llash afzalroq. Ichki omillar (siyosiy, iqtisodiy barkarorlik va boshkalar) roli kuchayganda kayd kilingan valyuta kurslarining axamiyati ortadi.

Suzuvchi (moslashuvchan) valyuta kurslarini rivojlangan mamlakatlarga, xom ashyo eksport kiladigan mamlakatlarga tavsiya kilinadi. Rivojlangan mamlakatlarning xom ashyoga talabi esa iqtisodiy siklga bog`lik, ayni paytda ichki xarajatlari nostabil bo`lgan mamlakatlar uchun esa qayd qilingan valyuta kurslari asosida ish yuritgani ma’qul.

Oxirgi yillarda valyuta munosabatlarining beqarorligi tufayli ularni xalqaro miqyosda tartibga solish extiyoji kuchaymoqda. Shuning uchun xam rivojlangan yetti mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarni tartibga solish masalalarini xal qilishdagi roli ortib bormokda. Bunda shu mamlakatlarning xukumat boshliqlari va moliya vazirliklarining kengashi alohida o`rin tutadi.

Turli mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini taqqoslashni ta’minlashga imkon beradigan qator ko`rsatkichlar (indikatorlar) belgilandi. Bular ichki milliy mahsulot o`sishi, ichki talab darajasi, ishsizlik, inflyastiya, savdo va tulov balansi axvoli, pul massasi va prostent stavkalarining o`sish sur’ati, tovarlar narxi va valyuta kursi darajasi, davlat byudjetining xolati kabilardan iborat.

Umuman olganda, xalqaro miqyosda turli-tuman aloqalarni tartibga solish, iqtisodiy xamkorlik, iqtisodiy va umuminsoniy muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar muxim o`rin tutgani xolda, borgan sari jaxon xamjamiyati tomonidan tashkil etilgan turli xalqaro tashkilotlar, chunonchi BMT, XVF, Jaxon banki va boshqalarning roli ortib bormoqda.




Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish