Jarohatlanganda ko'rsatiladigan birmchi tibbiy yordam
Har qanday jarohat, hattoki eng kichkinasi ham shikastlangan odamning hayoti uchun xavf tug1diradi. U har xil mikroblar yuqtiradigan manba bo'lib qolishi mumkin. Ba'zi jarohatlar esa, kofcp qon ketishiga sabab boMadi. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda ana shu asoratlar oldini olishning asosiy yo'li—jarohatga imkoni boricha erta steril boglam qo’yib bogMash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish qon ketishining oldini oladi.
Aseptika va antiseptika to'grisida tushuncha. Aseptika — jarohatga mikroblar tushishiga yo4l qo'ymaslik maqsadida ko'riladi- gan chora-tadbirlardir. Shunday qilib, aseptika jarohat infeksiya- sining oldini olish, profilaktika usuli hisoblanadi. Jarohatga ish- latiladigan narsalarning hammasi steril (mikroblardan xoli) bo'lishi kerak. Jarohatga qokl tegizish, undagi narsalar, kiyim-ke- chak parchalarini olib tashlash, jarohatni berkitish uchun ste- rillanmagan materialni ishlatish mumkin emas.
Antiseptika deb, jarohatdagi mikroblar sonini kamayiirishga yoki ularni yokq qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimiga aytiladi. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik antiseptika bir-biridan farqlanadi.
Mexanik antiseptika—jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi berishdan iborat. Bu jarohatni quritish, unga «drenaj» qo'yish va jarohat suvi, seli chiqib-ketib turadigan qilib qo'yishdan iborat. Quyosh nuri va sun'iy ultrabinafsha nur mikroblarni oMdiradi.
Kimyoviy antiseptika—mikroblarga qarshi turli xil dori vositalarni ishlatishga asoslangan. Antiseptik moddalar deb, ana shunday moddalarga aytiladi. Yod dimlamasi, etil spirti, xloramin, rivanol, kaliy permanganat eritmasi va boshqalar kokp ishlatiladi. Antisep- tiklar bir necha moddadan iborat boMishi mumkin, masalan, Vishnevskiy malhami, ya'ni surtma dorisi. Biologik antiseptiklar jumlasiga jarohat infeksiyasining profilaktikasi va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar kiradi. Jarohatlarga infeksiya tushishiga qarehi kurashda aseptika va antiseptika usullari bir-birini toMdirib boradi.
Bog lam va bog lash toAgrisida tushuncha. Bog lam turlari, ularni qo'yishqoidalari. BogMam jarohatni bekitib, bogMab qo'yish uchun ishlatiladigan materialdir. BogMamni jarohatga qo'yish jarayoniga bogMash, deb aytiladi. BogMam ikki qismdan: jarohatga taqalib turadigan ichki va bogMamni tutib, ushlab turadigan tashqi qismdan iborat. BogMamning ichki qismi steril bo'lishi kerak.
Birinchi marta qo'yib bogManadigan bogMam birlamchi steril bogMam, deyiladi. BogMamlarni qo'yish paytida ortiqcha og'riq boMmasligiga harakat qilish zarur. Bintni o'ng qo'lda ushlab, chap qdM bilan esa, bogMamni tutib turish va bint o'ramlarini rostlab bo- rish kerak. Bintni bogMamdan uzmasdan turib, chapdan o'ngga qarab, yozib boriladi va navbatdagi har bir o'rami bilan oldingisi- ning yannisigacha qoplab o'ralaveradi. Qon aylanishiga halal bermas- lik uchun bogMamni uncha qattiq bosmaydigan (bosib turadigan maxsus bogMam qo'yish kerak boMadigan hollardan tashqari) va jarohatdan tushib ketmasligi uchun uncha bo'sh qilmasdan qo'yiladi.
Birlamchi bogMam qo'yishdan awal, jarohatga iflos narsa tushirmay shikastlanganga ozor bermagan holda jarohatni ochib, yalang'ochlash kerak. Jarohatning ogMr-yengilligi, ob-havo va ma- halliy sharoit inobatga olinib, ustki kiyim yechib olinadi yoki qir- qib tashlanadi. Kiyim awal sogMom tomondan, keyin shikastlan- gan tomondan yechiladi.
Ayozli paytlarda jabrlanuvchi sovqotib qolmasligi, shuningdek, ahvoli ogMrlarga shoshilinch ravishda birinchi tibbiy y or dam
ko'rsatilayotganda, kiyimning jarohat sohasidagi qismi qirqib olinadi. Jarohatga yopishib qolgan kiyimni uzib olish yaramaydi, uni qaychi bilan ohista kesib olish va so'ngra bog'lam qo'yish kerak. Yechib olingan kiyimni teskari tartibda: avval shikastlangan to- monga, keyin esa sog' tomonga kiygiziladi.
Bog'lov material/va undan foydalanish qoidalari. Bog'lov mate- riali tariqasida doka, oq va kulrang paxta, kosinka (uch burchak rokmoIcha)lar ishlatiladi. Boglov materiali namni tortadigan (gig- roskopik), jarohatdan qon bilan yiringni yaxshi so'rib oladigan, yuvilganida tez quriydigan, oson sterillanadigan boMishi kerak. Tabel bog'lov vositalari: tibbiy bog'lov paketlari, har xil kattalikdagi ste- ril va sterilmas bintlar, katta va kichik steril salfetkalar, katta va kichik steril bog'lamlar dokadan tayyorlanadi.
Jarrohlik va bog'lov xonalarida doka yoki kichik salfetkalardan jarohatlarni bog'lashda va operatsiyalar vaqtida ishlatiladigan doka sharchalar, tamponlar, turundalar, tilishlar tayyorlanadi. Tibbiy bog'lov paketlari sanoatda to'rt xil ishlab chiqariladi: individual bog'lov paketlari, oddiy bog'lov paketlari, birinchi yordamda ishlatiladigan bir yostiqchali va ikki yostiqchali bog'lov paketlari.
Individual bog'lovpaketi 32x17,5 sm hajmdagi ikkita paxta-doka yostiqcha, eni 10 sm va uzunligi 7 m keladigan bintdan iborat (20-rasm). Yostiqchasining bittasi bintning uchiga tiqib qo'yilgan, ikkinchisi esa, bint bo'ylab bemalol so'riladigan bo'ladi. Paketdagi yostiqcha va bint steril bo'lib, peigament qog'ozga o'ralgan. Paketning tashqi g'ilofi rezina shimdirilgan gazlamadan ishlangan. Bog'lov materialining shu tariqa ikki qavat qilib o'rab qo'yilishi sterilligi yaxshi saqlanishini ta'miiilaydi. Paketga to'g'nog'ich solib qo'yilgan bo'ladi. G'ilofida paketdan foydalanish qoidalari ko'rsatib qo'yilgan.
Bog'lam qo'yishda paket qo'lda ushlanib, ovng qo'l bilan tashqi g'ilofi kesmasidan ochiladi va ichki o'rovi olinadi. Oldin to'g'no- g'ichni chiqarib, keyin qog'oz o'rovi olib tashlanadi va yostiq- chalarning ichki yuzasiga, ya'ni jarohatga qo'yiladigan tomoniga qo'l urmasdan bog'lov materiali ochib yoziladi. Yordam berayotganda, faqat yostiqchalarning rangdor iplar bilan chatib qo'yilgan to- monini qo'l bilan ushlashi mumkim.
Yostiqchasi bint bilan o'ralgan holda bog'lanib, bintning uchi to'g'nog'ich bilan mahkamlab qo'yiladi. Teshib o'tgan jarohatlarni bog'lashda, suriladigan yostiqchani bint bo'ylab surib, kerakli oraliqqa keltirib qo'yiladi, bu — jarohatning kirish va chiqish teshi-
Do'stlaringiz bilan baham: |