Kontekst tavsiyanoma:
Kontekst tavsiyanoma darchaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o‟ng klavishasini bosish yordamida ochiladi. Bu tavsiyanoma bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog‟liq holda o‟zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so‟zni ajratib, sichqonchaning o‟ng tugmachasiga bosilsa, nusxa olish, ko‟chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o‟sha so‟zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyruqlarini) tanlash mumkin bo‟lgan tavsiyanoma paydo bo‟ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o‟ng tugmachasini bosgach, siz o‟sha onda ajratilgan element bilan bo‟ladigan ehtimoli ko‟proq operatsiyalar nomlarini o‟z ichiga olgan tavsiyanomaga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an‟anaviy tizimli tavsiyanomasidan foydalanishga qaraganda, kontekst tavsiyanoma yordami bilan buyruqlarni bajarish qulayroqdir.
Endi Windows 95 AT da olib borilgan amallarni Windows XP operatsion tizimi bilan solishtirsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |