Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Shveysariya Konfederasiyasi



Download 1,28 Mb.
bet42/64
Sana08.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#758284
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Shveysariya Konfederasiyasi
Shveysariya – Markaziy Evropadagi davlat. Territoriyasi 41,3ming km2 . Shimoldan Germaniya, janubdan Italiya, g’arbdan Fransiya, sharqdan Avstriya va Lixtenshteyn knyazligi bilan chegaradosh.
Mamlakat hayotida “G’arbning katta ettilik mamlakatlari” ni 3 tasi bilan chegaradoshligi va “Umumiy bozor” mamlakatlariga yaqin qo’shniligi muhim o’rin tutadi. Ko’plab xalqaro tashkilotlarning shtab kvartirasini Shveysariyada joylashganligi Shveysariyani jahon siyosatidagi mavqeyini oshiradi.
Aholisi 7,07 mln (1996y), 7,3 mln (2003y), 7,5 mln kishi (2006y) bo’lib, zichligi 1 km2 ga 157 kishi. Tug’ilish koeffisienti 10 ‰, o’lim 8‰. 1 ayolga 1,4 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar 17%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%. O’rtacha umr 77-83 yosh. YAMD 30970 $ (2001y). Aholisining milliy tarkibi xilma-xil. Mamlakat aholisining 14% i ajnabiy bo’lib, ular asosan Italiya va Portugaliyadan ko’chib kelganlardir. Shveysariya 3 tilli (4 retoromanskiy) mamlakatdir, bunga sabab aholisining 65% i nemislar, 18% i fransuzlar, 10% i italyan tilida so’zlashadi. Dindorlarning 48% i katoliklar, 44% i protestantlardir.
Millioner shaharlari yo’q. Yirik shaharlari: Syurix, 341 ming, Bazel, Jeneva, Lozanna.
Mamlakat janub va janubi-sharqdan Alp, shimoli-g’arbdan esa Yura tog’lari bilan o’ralgan. Mamlakat hududida Jeneva, Nevshatel, Syurix va Boden (chegarada) kabi hushmanzara ko’llar joylashgan. Hududining asosiy qismini tog’lar egallagan.
Shveysariya tabiiy resurslarga kambag’al bo’lib, na yonuvchi foydali qazilmalar na rudali foydali qazilmalar uchraydi. Lekin mamlakat gidroenergiya resurslariga boy. GES lar asosan Alp tog’ etaklariga, ya’ni janubga qurilgan. Shveysariya 1921 yil 1-avgustda 3 kantonni konfederasiyaga birlashishidan tashkil topgan.
Shveysariya 1818 yil konstitusiya qabul qilgan. 1874 yil konstitusiyaga o’zgarishlar kiritilgan bo’lib, shundan buyon o’sha konstitusiyaga amal qilib kelinmoqda.
1815 yili Vena kongressida, 1919 yilgi Versal shartnomasida tasdiqlangan doimiy betaraflik statusi Shveysariyaning tashqi siyosatidir.
Bu status 3 prinsepga: urushlarda qatnashmaslik, chet ellar bilan harbiy shartnoma tuzmaslik, o’z hududini uzil - kesil kengaytirmaslikka asoslanadi. Shunga ko’ra Shveysariya BMT ga, EIH ga, NATO ga a’zo emas.
Shveysariya – federativ parlamentli respublika. 23 kantondan iborat. Har bir kantonni o’zining konstitusiyasi, parlamenti va hukumati bor. Biroq federal konstitusiya kantonlar huquqlarini cheklab qo’ygan. Konfederasiya prezidenti parlament tomonidan 1 yilga saylanadi.
Asosiy siyosiy partiyalari:

  1. Shveysariya radikal – demokratik partiyasi.

  2. Shveysariya Demokratik – xristian partiyasi

  3. Shveysariya Sosial – demokratik partiyasi

  4. Shveysariya xalq partiyasi

  5. Shveysariya liberal partiyasi

  6. Shveysariya mehnat partiyasi.

Shveysariya – rivojlangan mamlakat. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Dunyoning asosiy moliyaviy va bank markazlaridan biri (chet el valyutalar zapasi jihatidan dunyoda 4-o’rinda turadi).
Shveysariya sanoati chet el xom ashyolariga juda qaram. Toshko’mir va temir rudasini asosan Germaniya va Fransiyadan oladi. Italiyadan rangli metallar oladi. Lekin yuqori sifatli qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: metal ishlash, stanoksozlik (dunyoda eksport qilinadigan stanokning 10% ini Shveysariya beradi), to’qimachilik mashina-uskunalari (18% ini), elektr mashinasozligi, soatsozlik.
Mamlakat yiliga 5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 37 % ini AES lar, qolganini GES lar beradi.
Shveysariya Horijiy Yevropadagi elektr-energiyasi eksport qiluvchi mamlakatlardan biri. Soatsozlik ayniqsa rivojlangan bo’lib, mashxur “Omega” firmasi ko’plab soat eksport qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi milliy mahsulotining 5 % ini beradi, Aholisining faqat 5% i qishloq xo’jaligida bant. Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, asosan qoramol, ot, qo’y, cho’chqa va parranda boqiladi. Bulardan tashqari sabzavot, meva, uzum, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi.
Daromatning muhim sohasi chet el turizmidir. Yiliga mamlakat aholisidan ko’p turist (7,5-8 mln) kelib ketadi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 5 ming km. Avtoyo’llarning uzunligi 62 ming km. Avtotransport etakchi o’rin tutadi. Dunyodagi eng uzun (17 km) avtoyo’l tonneli Shveysariyaning Sen – Gotard dovonida ochilgan.
Tashqi savdo oboroti asosan: EIH mamlakatlari avvalo Germaniya, Italiya, shuningdek, AQSH ga to’g’ri keladi. Asosiy importi: neft va neft mahsulotlari, xom – ashyo, oziq – ovqat, mashina va uskunalar. Asosiy eksporti: kapital, (Shveysariya kapitali nazorat ostida bo’lgan korxonalarda 3,5 mln ishchi ishlaydi. Bu Shveysariyaning o’zidagidan ko’p, bu milliy daromatning asosiy manbaidir).
Iqtisodiy faol aholining 22 % i chet elliklardir. Kapitaldan tashqari Shveysariya chetga to’qimachilik jihozlari, soatlar, elektr energiyasi metal kesuvchi stanoklar (metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha Shveysariya dunyoda birinchi o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi).
Pul birligi – shveysar franki.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish