3
Kirish
Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiyaning
ajralmas tarmog‘i ekanligi. Uning asosiy maqsadi aholi va xo‘jalikni butun jahonda va uning ayrim
regionlarida, mamlakatlarida joylanish va rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etadi. SHu bilan birga,
talabalar mazkur fanni o‘qish jarayonida tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorligi, ekologik muammolar,
insoniyatning global muammolari va ularning echimi masalalaridagi o‘ziga xos geografik xususiyatlar
hamda qonuniyatlar to‘g‘risida bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishlari kerak.