Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi



Download 161,67 Kb.
bet1/2
Sana13.03.2022
Hajmi161,67 Kb.
#492499
  1   2
Bog'liq
Masson Mixail Yevgenevich


Reja :
Masson Mixail Yevgenevich tarjimai holi


Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi
Masson Mixail Yevgenevich tarjimai holi
Tavallud topgan sana: 21 noyabr 1897 yil
Vafot etgan sana: 2 oktabr 1986 yil
Tug'ilgan joy:Sankt - Peterburg
Yo'nalishlar: Arxeologlar, Tarixchilar



Tarjimai hol
Masson Mixail Yevgenevich — arxeologiya doktori (1936), professor (1945), O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944), Turkman SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950). Turkman SSR FA akademiki (1951), 1940-68 yillar O‘ODU (ToshDU) arxeologiya kafedrasi mudiri. Uning rahbarligi ostida parfiyaning Niso va Marv qadimiy shaharlari qazilmalari o‘tkazilgan. U tomonidan O‘rta Osiyo arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlab, ular keyinchalik O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlariga aylangan.
1897 yilning 21 noyabr kuni Peterburgda, uzoq yillar davomida Samarqandda ishlagan yer o‘lchovchi-topograf oilasida tug‘ilgan. Mixail Yevgenevich Masson, deyarli, tug‘ilganidan buyon onasi bilan Samarqandda yashagan. 1916 yil Samarqand o‘g‘il bolalar gimnaziyasini bitirgan.
1916 yil Petrograd Politexnika institutida muhandis-irrigator mutaxassisligiga o‘qishni boshlagan. Harbiy xizmatga chaqiruvdan so‘ng, u Janubiy-G‘arbiy frontda xizmat qilib, 1917 yil ishchilar va askarlar deputat kengashi a’zoligiga saylanadi. 1918 yil M.E. Masson Samarqandga qaytadi.
Samarqandda M.E. Masson Samarqand viloyat muzeyiga mudirlik qiladi va uning faoliyati bois, muzey to‘plami turli eksponatlar bilan boyitiladi. 1924 yil Turkiston (keyinchalik O‘zbekiston) Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash ishlari bo‘yicha O‘rta Osiyo Markaziy muzeyining arxeologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida Toshkentga o‘tkaziladi. Bu davr mobaynida u Turkiston Sharqshunoslik institutida o‘qish barobarida, qadimiy yodgorliklarni ta’mirlashda O‘rta Osiyo bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar uyushtirgan va O‘rta Osiyo respublikalari bo‘ylab muzey ishlari bo‘yicha yo‘l boshlovchilik qilgan.
1929 yildan 1936 yilga qadar Masson O‘zbekistonning Geologiya Qo‘mitasi qoshidagi tog‘ ishi tarixi bilan shug‘ullanadi, u yerda Masson foydalanishi uchun kutubxona taqdim etilgan. Bu ishlarini u O‘zbekiston Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash arxeologiya bo‘limiga mudirlik qilish bilan birga olib borgan.
1936 yildan Mixail Yevgenevich Masson Toshketdagi O‘rta Osiyo davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri. 1940 yildan universitet professori.
M.E. Masson tomonidan kushon hamda O‘rta Osiyo Termizi (1936-1938) qazilmalari olib borilgan. 1946 yildan Janubiy-Turkmaniston arxeologik majmua ekspeditsiyasi rahbari, Turkmaniston SSR ishlari yetakchisi. Uning rahbarligi ostida parfiya Niso va Marv qadimiy shaharlarida tog‘ qazilma ishlari olib borilgan.
M.E. Masson tadqiqotlari bois, O‘rta Osiyo hududida quldorchilik tartibi hukm surganligi isbotlangan. Bunga Samarqand, Buxoro, Toshkent va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlaridagi rivojlanish, pul xo‘jaligi tarixi va tog‘ ishi, arxitektura, epigrafika, O‘rta Osiyoning jo‘g‘rofiy tarixi asosli dalil bo‘la oladi.
U tomonidan O‘rta Osiyoning arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislar tayyorlanib, keyinchalik ular O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlari bo’lib yetishgan.
Mixail Yevgenevich Masson 1986 yil Toshkentda vafot etgan. Do‘mbirobod qabristoniga dafn etilgan.

Mixail Yevgenyevich Masson (1897. 21.11, Peterburg — 1986.2.11, Toshkent) — arxeolog, tarixchi, sharqshunoye Arxeologiya doktori (1936), professor (1945). Oʻrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi mudiri (1940—68), Oʻzbekiston (1944) va Turkmaniston (1950)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspeditsiyalar — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (193638), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE, 1945 yildan) asoschisi va rahbari. 19-asr oxiridan Samarqand, Toshkentda yashagan. 1912 yilda Oʻrta Osiyoda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagan (Afrosiyob), key-ingi yillarda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Jan. Qozogʻistonda koʻplab arxeologik razvedka va qazishma ishlarini olib borgan. M. rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati bilan Niso va koʻhna Mare shahri harobalaridan topilgan osoriatiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. Oʻrta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmatikasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, konchilik tarixi, meʼmorlik, epigrafika boʻyicha ilmiy yoʻnalishlar muallifi. M. muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy toʻplamlar va monografiyalar, shuningdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan.


Download 161,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish