- Iqtisodi. Qishoq xo‘jaligi va sanoatga asoslangan. Milliy raqobatbardoshlik tasnifiga ko‘ra, 2010 yili dunyoda 44-o‘rinni egallagan. Yillik iqtisodiy o‘sishi 6,1 foiz – dunyoda 50-o‘rinda. Iqtisodiyotni tashkil etishning zamonaviy agrar-sanoat modeli 1980–1990 yillarda shakllandi. Shu yillarda davlat bozor munosabatlarini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, kredit-moliya tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. 1997–1998 yillarda yuz bergan Osiyo moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Uning asoratlari 2004–2005 yillargacha saqlanib qoldi. 2007 yilga kelibgina, inqiroz oqibatlari butunlay bartaraf etildi, yillik iqtisodiy o‘sish 6 foizga yetkazildi
Do'stlaringiz bilan baham: |