TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Orol bo`yining umumiy maydoni 473 ming km2 bo`lsa, uning Janubiy qismi 245 ming km2 tashkil etadi. Bunga Qozog’iston Respublikasi hududi, O`zbekistonning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshxovuz viloyatlari kiradi. Orol va Orol bo`yida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi cho’llanish hodisasi dunyo tajribasida hali uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda4. 1969-yil Amudaryo toshqini tufayli Cholish posyolkasi, Beruniy va Chorjo’y shaharlarini suv bosdi. Mo’ynoq baliq kombinati mahsulot yo’qligi–Orolning chekinishi tufayli inqirozga uchradi5.
1970-1983-yillar–Amudaryo yo’lida sig`imi 13 mlrd. kubometr bo’lgan Rog`un (Tojikiston) va 7,8 mlrd kubometr sig`imga ega Tuyamo’yin suv omborlari qurildi. Daryodan yuzlab ariq, kanallar suv oladi.Qarshi cho’lining o’zlashtirilishi, Buxoro-Amu, Tuyamo’yin-Toshhovuz singari o’nlab kanallarning daryodan xohlagancha suv olishi oqibatida atrof-muhitning ekologik vaziyati buzildi, aholi o’rtasida turli kasalliklar kelib chiqdi6.
Orol tabiiy geografik okrugidan samarali foydalanishning quyidagi imkoniyatlari mavjud: Orol tubida juda katta neft, gaz, fosforit, har xil qurilish materiallari va osh tuzi (zaxirasi 6,0 mlrd t) konlari bor; quruqlikka aylangan hududdagi balchiq va balchiqli tuzlardan davolanish maqsadida va turistik obyekt sifatida foydalanish; Orolning qurigan qismidagi hududlardan yaylov sifatida foydalanish.7
J anubiy Orol mintaqasida iqlim qurg’oqlashuvi natijasida atmosfera yog’in sochinlarning pasayishiga, o’rtacha 150-200 mm ayrim mavsumlarda undan ham kam kuzatiladi. Orol bo’yi hududlarining iqlimiga xos xususiyatlaridan biri yil davomida chang-to’zonli shamollarning (20-25 m/s) qaytalanib turishidir. Yoz oylarida havo harorati (+49°C) keskin ko’tarilib, havo namligi 10 % ga tushsa ham potensial bug’lanish yiliga 1700 mm tashkil qiladi. Bu esa Quyi Amudaryo hududidagi sho’rlanish va cho’llanish natijasida 500 ming ga ekin maydonlarini yo’qotilishiga olib keldi8.
NATIJALAR
Shunday qilib, janubiy orolbo’yi mintaqasidagi avvalgi qulay tabiiy-geografik sharoitning buzilishi va uning yangi, ushbu o’lka uchun maqbul bo’lmagan hamda tez o’zgaruvchi tabiiy-geografik muhit bilan almashishi bir necha ming yillar davomida taraqqiy qilib kelgan turg’un gidromorf tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Unda turg’un bo’lmagan va tez o’zgarib turuvchi muvozanatlik tarkib topmoqda. Bunday vaziyat Amudaryo deltasi (8 km ) hamda Sirdaryo deltasiga (3 km ) nixoyat kam darajada suv kelishi tufayli sodir bo’ldi. Bu tuproq va o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan bug’lanishlarning oshib ketishi, tuproqda tuzning xaddan tashqari ko’p to’planishiga, sizot suvlari satxining pasayib, ximyaviy tarkibini o’zgarishi va nixoyat, shu xodisalar majmuasi natijasida o’simlik dunyosining qurg’oqchil va sho’r muhitga mos keluvchi boshqa turlar bilan almashuviga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |